bob. INTERNETDA AXBOROT-BIBLIOGRAFIH QIDIRISH TIZIMLARI




Download 8.01 Mb.
bet8/16
Sana02.12.2023
Hajmi8.01 Mb.
#109628
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi

bob. INTERNETDA AXBOROT-BIBLIOGRAFIH QIDIRISH TIZIMLARI


Qidiruv tushunchasi. Internet ma'lumotlari tubsiz va cheksizdir. Tarmoqdan istalgan mavzu va masala bo‘yicha ma'lumot topish mumkin. Ammo Internetdan biror narsani topish uchun ma'lum vositalar kerak. Internetning izlash tizimlari ana shunday xiz- matlardan biri sanaladi.


Qidiruv tizimi keng Internet fazosida ma'lumotlarni qidirish, to‘plash, tartiblash, foydalanuvchilarni kerakli ma'lumot bilan tez va qulay ravishda ta'minlash vazifasini bajaradi.
Har bir mijozni faqat o‘ziga kerakli bo‘lgan ma'lumot qiziqtiradi. Qidiruv tizimlari bilan ishlaganda kerakli so‘zni aniq tanlay bilish kerak. Bu qanday amalga oshiriladi? Google, Yandex, Rambler va boshqa xizmatlarning «Moиck» (qidiruv) katakchasiga kalit so‘z, masalan, «Internet yaratilish tarixi» deb yozasiz, so‘ng Enterni bosasiz. Natijada qidiruv tizimi turli xil manbalardan bir nechta ma'lumotlar ro‘yxatini taqdim etadi. Siz savolni bergach, qidiruv tizimi o‘zining ma'lumot jamg‘armasidan unga mos natijani, topilgan web-sahifalarni ro‘yxat tarzida taqdim etadi. Ro‘yxatning birinchi bandlarida so‘rovga eng mos kelgan web- sahifalar joylashadi.
Lekin shuni aytib o‘tish kerakki, turli qidiruv tizimlari har xil tartiblash qoidalarini ishlatadi, shuning uchun bitta so‘rov bo‘yicha turli qidiruv tizimlaridan har xil natijalar olish mumkin. Internet tarmog‘idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan biror ma'lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga
ega bo‘ladi.
Internet tarmog‘i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan web-saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi.
Axborotlarni qidirish. So‘rovlarni tuzish paytida agar o‘ylanmay, tezda savol bermoqchi bo‘lsangiz, qidiruv tizimining satriga fikrlarni so‘zma-so‘z tushirish mumkin. Masalan, «Qanday qilib a'lochi bo‘lish mumkin?», «Marsda hayot bormi?» kabi savol berilsa, uning natijasi samarali bo‘lmasligi aniq.
Afsuski, o‘zbek tilida Internet fazosi keng emas, shuning uchun savolni rus yoki ingliz tilida berish kerak. Ammo www.google.uz ga kirib, o‘zbek tilida ham sizni qiziqtirgan savol yoki so‘zni satrga kiritib, kerakli ma'lumotni olish mumkin.
Aniq bo‘lmagan umumiy savollarga qidiruv tizimi kerak bo‘lgan va bo‘lmagan ma'lumotlarni topib beradi. Donolar: «To‘g‘ri berilgan savolda javobning yarmi bor» deyishi bejiz emas. Bu gap qidiruv mashinalariga ham taalluqli. Shuning uchun savol tuzayotganda, ko‘proq kalitli, aniqlashtiruvchi so‘zlarni qo‘shish kerak. Natija qoniqarli bo‘lmasa, kalitli so‘zlarni boshqa sinonim so‘zlarga almashtirish mumkin.
Internet tarmog‘i shunday bir muhitki, u o‘zida turli ko‘ri- nishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo‘ladi. Internet tarmog‘ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o‘zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan so‘rov- lardan foydalanadi.
Ya'ni ma'lumotlarni uning sarlavhasi yoki tarkibida ishtirok etgan so‘zlar va jumlalar bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalanuvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydo- niga kerakli ma'lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng, qidiruv tizimi foyda- lanuvchiga kiritilgan so‘z yoki jumlaga mos keluvchi ma'lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning ro‘yxatini hosil qiladi. Ro‘yxatdagi ma'lumotlar ketma-ket ko‘rib chiqilib, kerakli bo‘lganlari saqlab olinadi.
Navbatma-navbat qidirish usuli. Bu usulning ma'nosi, so‘rov bo‘yicha natija olingandan so‘ng, topilgan natijalar ichidan so‘rovga yangi kalitli so‘zlar qo‘shib, toki, kerakli ma'lumot topilmaguncha qidirishni davom ettirishdir. Usul yordamida har bir qidiruvda
kerakli natijaga yaqinlashaveriladi. Masalan, siz menejer ishini o‘rganish uchun qo‘llanma axtarmoqchisiz. Bu ishni amalga oshirish uchun qidiruvni «menejment» kalitli so‘zi bo‘yicha bajarasiz. Natijada
«menejment» so‘zi 100 mingdan ortiq web-sahifalarda topiladi. Qidiruvni aniqlashtirish uchun so‘rovga «yueбниk» (darslik)
so‘zini qo‘shib, yana izlashni davom ettirasiz. Natijada topilgan saytlar ro‘yxati kamayadi, lekin ularning ko‘pi Internet do‘kon- larini, ya'ni qayerda kitoblar sotilishini ko‘rsatadi. Agar kitobni sotib olmoqchi bo‘lmasangiz, unda so‘rovga «бecплaтнo» (bepul) kalitli so‘zini qo‘shib, qidiruv mashinani ishga tushiring va natijada Internet do‘kon ko‘rsatkichlari ro‘yxatdan tushib qolib, kerakli sahifalar qoladi.
Endi kitobni Internetda o‘tirib o‘qimoqchi bo‘lmasangiz (Internet uchun sarflangan har bir daqiqa uchun pul to‘lanadi), uni o‘z kompyuteringizga ko‘chirib olish tavsiya etiladi. Buni amalga oshirish uchun so‘rovingizga «ckauaть» (yuklash) so‘zini qo‘sh- sangiz, menejment haqida bepul ko‘chiriladigan elektron kitoblar ro‘yxatiga ega bo‘lasiz.
Aniq so‘rov usuli. Agar qidirilayotgan ma'lumotning nomi aniq bo‘lsa, unda so‘rov satriga qo‘shtirnoq qo‘shiladi. Masalan, aniq bir shaxs haqida ma'lumot topmoqchisiz va so‘rov satriga qo‘sh- tirnoq yordamida uning ismi-sharifini, masalan, «Nozima Mura- tova» so‘zlarini kiritib, axtarish jarayonini ishga tushirasiz. Oddiy ravishda, agar so‘rov qo‘shtirnoqsiz bo‘lganda, qidiruv mashina
«Nozima» va «Muratova» so‘zlarini alohida uchratgan holda saytlar ro‘yxatiga qo‘shadi va natijada tarmoqdagi barcha qismlar ham topiladi. Qo‘shtirnoqli so‘rovda esa qidiruv mashina faqat berilgan shaklda, «Nozima Muratova» jumlasi bor saytlarni natija ro‘yxatiga qo‘shadi. Shunday qilib, aniq so‘rov usulini «цитaтa» (matn parchasi)ni qidirishda ham qo‘llasa bo‘ladi.
Kataloglar yordamida qidirish. Internetdan ma'lumot olish uchun qidiruv mashinalaridan tashqari, kataloglardan foydalanish mumkin. Internet-katalog — bo‘limlardan iborat tizimli ko‘rsat- kichlar to‘plamidir. To‘plam bir necha katta bo‘limlardan tashkil topdi. Masalan, biznes, san'at, kompyuter, sport va h.k. Bunda har bir bo‘lim bir necha qism bo‘limlaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Masalan, sport ko‘rsatkichiga chertsangiz, futbol, basketbol, tennis va h.k. bo‘limlarni topasiz. Shunday qilib, katalog daraxtsimon tizimga ega va har bir sichqoncha chertilishida ko‘rsatkichlar
shoxlanib ketaverishi mumkin. Shuni aytish kerakki, Internetda kataloglar va qidiruv mashinalar birlashgan holda ishlaydi. Masalan, dunyodagi eng katta katalog Yahoo saytida joylashgan — dir.yahoo.com.
Avvalgi mavzularda qidiruv mashinalarining manzillari kelti- rilgan ro‘yxat bo‘yicha kataloglarni ham ochish mumkinligi bayon etilgan. Masalan, www.rambler.ru manzili qidiruv mashinani va katalogni ochadi. O‘zbekiston saytlari katalogini ochish uchun www.uz, www.vse.uz, www.search.uz, katalog.doda.uz manzillariga murojaat qilish mumkin.
Yorumlar yordami. Agar biror mavzu bo‘yicha qidiruv mashina yoki kataloglar kerakli natija bermasa, bilingki, Internetda siz yagona emassiz, balki bunga o‘xshash mavzu bo‘yicha kimdir ma'lumotni qidirib topgandir. Umumjahon tarmog‘ida har soniyada millionlab foydalanuvchilar ma'lumot qidiradi, bir-biri bilan so‘zlashadi, axborot almashinadi. Ana shunday foydalanuvchilarga savol bilan murojaat qilish mumkin. Deyarli barcha yirik saytlarda fikr almashish uchun maxsus bo‘lim mavjud bo‘lib, u «FORUM» deb ataladi. Forumlarni tajribali Internet mutaxassislari boshqaradi. Forumda foydalanuvchi savol berishi va istagan odam unga javob qaytarishi mumkin.
Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish. Ko‘rib o‘tilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin, lekin Internet tarmog‘ida ma'lumotlar shunchalik ko‘pki, ta'kidlab o‘tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:

  1. Ma'lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;

  2. Ma'lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;

  3. Ma'lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;

  4. Ma'lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;

  5. Ma'lumotlarni uning joylashgan Internet hududi bo‘yicha qidiruv;

  6. Ma'lumotlarni xavfsiz qidiruv.

Rasmlarni qidirish. Rasmlar ma'lumotlarning grafik yoki tasvir ko‘rinishi hisoblanadi. Internet tarmog‘ida grafik ma'lumotlarning ko‘plab turlari uchraydi, ya'ni chizma (vektor), foto (rastr),
harakatlanuvchi (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Bunday grafik ma'lumotlar tarkibida matnli axborot mavjud bo‘lmaydi. Shundan ko‘rinib turibdiki, rasm ko‘rinishidagi ma'lumotlar ustida faqat uning nomi yoki turi bo‘yicha qidirish mumkin.
Ko‘pgina Internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko‘ri- nishidagi ma'lumotlarni qidirish uchun alohida bo‘limga ega bo‘lib, bu bo‘lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin.
Musiqalarni va filmlarni qidirish. Internet tarmog‘ida matnli yoki rasm ko‘rinishidagi ma'lumotlardan tashqari, musiqa va video ma'lumotlarning ham ko‘plab manbalari mavjud. Internet tarmog‘i orqali har bir foydalanuvchi musiqa eshitishi, radio tinglashi, teledasturlar yoki videofilmlarni tomosha qilishi mumkin. Internet orqali radioeshittirish va teledasturlar namoyishi ma'lum, ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi tizimlar (serverlar) tomonidan amalga oshiriladi.
Internet orqali radio tinglash yoki teleko‘rsatuvni tomosha qilish uchun ushbu tizimga bog‘lanishni o‘zi kifoyadir. Ammo musiqa va filmlar Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlarda alohida mate- rial ko‘rinishida saqlanadi. Ularni tinglash, tomosha qilish yoki kompyuterga ko‘chirib olish uchun kerakligini qidirib topish zarur. Musiqa va video materiallari ustida ham grafik (rasm) materiallar kabi uning nomi yoki izohi bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin. Bunda musiqa va filmlarni qidirib topish uchun qidiruv tizimi maydoniga materialning nomi yoki uning izohiga taalluqli biror jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng qidiruv tizimi tomonidan kiritilgan jumlaga mos keluvchi musiqa va video materiallar joylashgan web-saytlarning ro‘yxati shakllantiriladi. Ro‘yxatdagi web-saytlar foydalanuvchi tomonidan birin-ketin ko‘rib chiqilib, kerakli materiallar kompyuterga saqlab
olinadi.
WWW.u! milliy axborot-qidiruv ti!imi. WWW.uz — bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog‘idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining asosiy xususiyatlaridan biri — uning ko‘p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o‘zbekcha) va boshqa milliy
axborot tizimlari hamda ma'lumot omborlari bilan o‘zaro ishlay olishidadir.
WWW.uz Internet tarmog‘i foydalanuvchilariga milliy segmentda joylashgan web-saytlar bo‘yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni web-sayt manzili va ichki ma'lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, WWW.uz qidiruv tizimi Internet resurslari (web-saytlari) katalogini va web-saytlar reytingini yuritadi, saytlar bo‘yicha jamlangan statistik ma'lumotlarni to‘playdi hamda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi. WWW.uz «Katalog» bo‘limi — Internet tarmog‘ida ochiq holda joylashgan, O‘zbekiston Respublikasiga aloqador bo‘lgan, ro‘yxatga olingan, izohlari keltirilgan va katalog rejasi bo‘yicha saralangan
web-saytlar to‘plami.
WWW.uz katalogi foydalanuvchilari o‘zlariga kerak bo‘lgan saytni reja bo‘yicha (iqtisod, OAV, madaniyat va boshq.) qidirish orqali tezroq topishlari mumkin. Katalog har kuni qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi.
Shu bilan birga WWW.uzning har bir foydalanuvchisi «Top- reyting» bo‘limiga kirib, barcha ro‘yxatga olingan saytlar reytingini ko‘rishi, «Jamlangan statistika» bo‘limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin.
Mashhur Internet qidiruv ti!imlari. Internet tarmog‘i yirik ma'lumotlar ombori hisoblanadi. Undan kerakli ma'lumotlarni qidirib topish foydalanuvchining oldiga qo‘yilgan asosiy masalalardan biridir. Bunday hollarda yirik ma'lumotlar omboridan kerakli ma'lumotlarni qidirib topishda axborot-qidiruv tizimlari muhim ahamiyatga ega. Internet tarmog‘ida bunday tizimlarning ko‘plab turlarini uchratish mumkin. Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qidiruvni olib boradigan eng mashhurlari hisoblanadi.
Ushbu qidiruv tizimlarining har biri oddiy va batafsil kengay- tirilgan qidiruv hamda matnli, rasm, musiqa, video va boshqa turli shakldagi axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanib, ixtiyoriy foydala- nuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan ixtiyoriy turdagi ma'lumotni qidirib topishi va undan foydalanishi mumkin. Agar sizga biror ma'lumot
kerak bo‘lib, lekin uning qayerda va qanday ko‘rinishda joy- lashganligini bilmasangiz, u holda shu kabi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalaning.
Ixtisoslashgan axborot-qidiruv ti!imlari. Axborot-qidiruv tizim- lari — bu web-sayt hisoblanib, Internet tarmog‘ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunga yuqorida sanab o‘tilgan Google va Yahoo qidiruv tizimlari kiradi. Bizning WWW.uz axborot-qidiruv tizimi qidiruv so‘rovlari bo‘yicha ilg‘orlardan biridir. Bundan tashqari, Internet tarmog‘ida ma'lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bulardan eng ommaboplari:

  • «KmoTam» — inson to‘g‘risidagi axborotlarni qidirishga

mo‘ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda ularni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi, unvoni hamda tashkilot va boshqalar orqali topish mumkin.

  • «Tagoo» — musiqalarni qidirishga mo‘ljallangan qidiruv tizimi.

Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o‘zining kengay- tirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 resurslari- dan qidirib, ularning ro‘yxatini shakllantiradi. So‘rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.

  • «Truveo» — Internetning turli resurslaridagi videomateriallarni

qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Bu tizim orqali onlayn video hamda teledasturlar namoyishlarini qidirib topish mumkin.

  • «Kinopoisk» — filmlar to‘g‘risidagi axborotlarni qidirish tizimi.

Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan mamlakat, kompaniya, aktyorlar, rejissorlar va ssenariy mualliflari ism-sharifidan foydalanish mumkin.

  • «Ebdb» — elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga

ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma'lumotlar bazasida elektron ko‘rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko‘plab mashhurlari to‘plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo‘yicha guruhlanadi.

  • «Ulov-Umov» — rezume va vakant joylarni qidirish tizimi.

Bunda qidiruv jarayonida karyera va ishga bag‘ishlangan hamda ijtimoiy tarmoq va boshqa saytlar vakansiyalari tekshiriladi va ro‘yxati shakllantiriladi.
Qidiruv ti!imlaridan to‘g‘ri maqsadda foydalanish. Afsuski, bugungi kunda yoshlar ayrim kompyuterga va Internetga ko‘ngil-
ochar vosita deb qarashmoqda. Ayniqsa, bolalar kompyuterga ko‘zi tushgan zahoti darrov o‘yinlarni so‘rashadi. Ko‘p yigit- qizlar esa Internetga ulangani zahoti rasmlar tomosha qilishga ruju qo‘yishadi.
Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida ham foydali, ham zararli bo‘lgan ma'lumotlar uchraydi. Internet tarmog‘idagi axborot-qidiruv tizimlari esa Internet resurslari ichidan so‘ralgan ixtiyoriy ma'lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so‘zlar bo‘yicha qidirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qanday ma'lumot kiritilsa, xuddi shu ma'lumotga mos ma'lumotlarni qidirib topadi. Shu narsani eslatib o‘tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to‘g‘ri, rost hisoblanavermaydi. Axborot-qidiruv tizimlaridan faqat to‘g‘ri va foydali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli nojo‘ya ma'lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan saqlanish lozim.
? NAZORAT SAVOLLARI

    1. Axborotlarni qidirish qanday amalga oshiriladi?

    2. Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish qanday amalga oshiriladi?

    3. Rasm va musiqa qidirish yo‘llarini aytib bering.

    4. WWW.uz milliy axborot-qidiruv tizimi haqida gapirib bering.

    5. Ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimlariga nimalar kiradi?




  1. Download 8.01 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Download 8.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. INTERNETDA AXBOROT-BIBLIOGRAFIH QIDIRISH TIZIMLARI

Download 8.01 Mb.