bob. ELEHTRON POCHTA XIZMATIDAN AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA FOYDALANISH




Download 8.01 Mb.
bet7/16
Sana02.12.2023
Hajmi8.01 Mb.
#109628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi

bob. ELEHTRON POCHTA XIZMATIDAN AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA FOYDALANISH




An'anaviy pochta xi!mati. An'anaviy pochta xizmati bizga ma'lum bo‘lgan va har bir shahar va markazlarda joylashgan pochta aloqasi korxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda jo‘natilishi reja- lashtirilayotgan xat maxsus xatjildga solinib, yuboruvchi va qabul qiluvchining indeksi, manzili va kimga mo‘lljallanganligi yoziladi. Shu ma'lumotlarga asoslangan holda pochta korxonasi kelgan xatni markaziy pochta korxonasiga yuboradi va u yerda saralanib, tegishli manzilga eltib berishni ta'minlaydi. Kamchiligi shundaki, yuborilgan xabar yoki xat manzil uzoqligiga qarab kunlab, oylab
borishi, ba'zi hollarda umuman yetib bormasligi ham mumkin.
Elektron pochta xi!mati va uning af!alliklari. Xalqaro Internet tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) — elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, ma'lum elektron yozuv ko‘rinishiga keltiriladi.
Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya'ni ixtiyoriy ma'lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkisi ham foydalanayotgan kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi zarur.

5-rasm. Elektron pochta xizmati qutisi.


Xabar va pochta qutisi tushunchalari. Xabar, umuman olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak bo‘lgan ma'lumot hisoblanadi va oldindan boshqa dasturda (masalan, Word) tayyor- lab, keyin elektron pochta orqali jo‘natish maqsadga muvofiqdir. Pochta serveri ham o‘zining matn terish oynachasiga ham ega bo‘lib, xabarni shu oynada yozish mumkin.


Pochta qutisi — bu foydalanuvchi uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir. Ushbu nom kompyuter xotirasida papka ko‘rinishida shakllantiriladi va u o‘zida kiruvchi va chiquvchi xabarlarni vaqtinchalik saqlaydi. Elektron pochta manzillaridagi elektron pochta manzili belgisidan ( @ . ) oldin kelgan yozuv pochta qutisi nomini anglatadi.
Xabarlarning turlari. Xabarlar turli ko‘rinishda bo‘lishi mum- kin, masalan, matn, grafik, rasm, ovoz va video ma'lumotlar. Yuborilishi rejalashtirilayotgan ma'lumotlarning hajmi bo‘yicha ham chegaralanish mavjud. Har bir pochta provayderi o‘zining siyosatiga ega bo‘lib, 2, 5, 10 Mb hajmgacha bo‘lgan xabarlarni yuborishni ta'minlaydi. Agarda bu hajm oshib ketsa, katta hajmdagi Rar yoki Zip dasturlari yordamida arxivlab yuborish tavsiya etiladi.
Elektron pochta man!ili. Elektron manzil @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat, ya'ni manzilgoh @ foydalanuvchi nomi. Elektron manzilga misol tariqasida tuit@tuit.uz, tuit@inbox.uz larni keltirish mumkin, bu elektron manzillar «tuit» nomli ishlatuvchining http://mail.tuit.uz, http://inbox.uz pochta serverida joylashgan pochta qutisi hisoblanadi.
Xabarlarni u!atish va qabul qilish. Tashkil qilingan elektron pochta orqali boshqa elektron manzilga xat jo‘natish ketma-ketligini ko‘rib chiqamiz. Dastlab, mail.ru web-sahifasi ishga tushiriladi va ekranda hosil bo‘lgan ishchi oynaning «Nmя» darchasida foydalanuvchi elektron manzili va «Mapoль» darchasida paroli kiritiladi, so‘ng «Boйти» tugmachasi bosiladi. «Komy» darchasiga xat jo‘natilishi kerak bo‘lgan elektron manzil, «Koпия» darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, «Tema» darchasiga xat mavzusi yoziladi.
Xat mazmuni pastki bo‘sh oynaga yoziladi va «Oтпpabить» tugmachasi bosiladi. Agar xat to‘g‘ri jo‘natilgan bo‘lsa, u holda ekranda «Ycпemнo oтпpabлeн» ma'lumoti paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompyuter xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo‘natishi mumkin. Buning uchun «Mpи- kpeпить» tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni jo‘natish kerak bo‘lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi.
Foydalanuvchi elektron pochtasiga kelgan xatlarni ko‘rishi uchun «Bxoдящий» buyrug‘i tanlanadi. Ekranda pochtaga kelgan xatlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda xat kimdan, mavzusi, pochtaga qachon kelib tushgan va fayl o‘lchami to‘g‘risida ma'lumot saqlandi. Foydalanuvchi xatni o‘qishi uchun, «Tema» bandida sichqon- chaning chap tugmachasi bosiladi.
Ekranda xat mazmuni paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi xatni o‘qishi va agar zaruriyat bo‘lsa, «Фaйл  Meuaть» buyrug‘i orqali printerda chop qilishi mumkin. Elektron pochtadagi keraksiz xatni o‘chirish uchun dastlab u belgilanadi va «Yдaлить» tugmachasi bosiladi. O‘chirilgan fayl «Korzina»ga borib tushadi. «Kopзинa»ni tozalash
«Ouиcтить kopзинa» buyrug‘i orqali amalga oshiriladi.
Xabarlarni ko‘pchilikka yuborish. Ma'lum bir sabablarga ko‘ra, bir xil mazmundagi xabarlarni bir necha manzil yoki pochta qutisiga yuborish zaruriyati paydo bo‘ladi. Shunda, «Komy» darchasiga xat jo‘natilishi kerak bo‘lgan elektron manzillar « ; » (nuqta vergul) belgilari bilan ajratiladi.
Masalan, (tuit@tuit.uz; tuit @inbox.uz; va boshqa manzillar),
«Koпия» darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, «Tema» darchasiga xat mavzusi yoziladi. Ushbu vazifadan biror e'lon yoki yangilikni ko‘pchillikka birdan yuborish uchun foydalaniladi.
«Spam» tushunchasi, spamlarning turlari va ularga qarshi kurashish. «Spam» atamasi yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta chiqindilari ma'nosini anglatadi. «Spam»lar 1993-yilda paydo bo‘lgan. «Usenet» kompyuter tarmog‘i ma'muri Richard Depo yaratgan dasturdagi xato — 1993-yil 31-mart kuni konferensiyalardan biriga ikki yuzta bir xil xat jo‘natilishini keltirib chiqardi. Uning norozi suhbatdoshlari jonga teguvchi xabarlarga tezda «spam» degan nom topishdi. «Kasperskiy laboratoriyasi» tushunchasiga ko‘ra, «spam» — bu so‘ralmagan anonim ommaviy tarqatmalardir.
«Spam» (foydalanuvchi tomonidan so‘ralmagan axborot) jo‘natuvchining (spamer) maqsadi va vazifalariga qarab tijorat axborotiga ega bo‘lishi yoki unga hech qanday aloqasi bo‘lmasligi mumkin. Shunday qilib, mazmuniga qarab, xabarlarning «tijorat» spami — «unsolicited commercial e-mail» (umumiy qabul qilingan abbreviaturasi — UCE) va «notijorat» — «unsolicited bulk e-mail» (UBE) turlari mavjud:

  • anonim: barcha ko‘pincha aynan yashirin yoki qalbaki- lashtirilgan qayta aloqa manzili ko‘rsatilgan avtomatik tarqat- malardan jabrlanadi;

  • ommaviy: ushbu tarqatmalar aynan ommaviy va faqatgina

shular spamerlar uchun haqiqiy biznes hamda foydalanuvchilar uchun haqiqiy muammo hisoblanadi;

  • so‘ralmagan: imzolangan tarqatmalar va konferensiyalar

bizning tushunchamizga kirmasligi kerakligi yaqqol tushunarli.
Har bir elektron pochta xizmati o‘zining foydalanuvchilariga
«spam»dan himoyalanish vositalarini taklif qilishadi. Ya'ni «spam»ga taalluqli bo‘lgan elektron manzillar «spam» filtriga kiritiladi va ushbu manzillardan kelayotgan «spam»lar xabarlar vaqtincha saqlanuvchi katalogga avtomatik tarzda joylashtiriladi va 30 kundan keyin o‘chirib tashlanadi.
Yiltrlar va qora ro‘yxat. Filtrlar, asosan, kelayotgan xatlarni saralash, tartiblash funksiyasini bajaradi. Qora ro‘yxat esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib, bu manzildan boshqa xat olmaslik maqsadida ishlatiladi.
Milliy elektron pochta xi!matlari. Hozirgi kunda milliy pochta xizmatlari ham rivojlanib bormoqda. O‘zbekistondagi har bir Internet provayder o‘zining pochta serveri va xizmatiga ega bo‘lib, asosan, o‘zining mijozlariga xizmat ko‘rsatadi. Ularning ichidan
mail.uz, inbox.uz kabilari ochiq hisoblanadi va bu tizimdan xohlovchilar bepul foydalangan holda xat va xabarlar jo‘natishi yoki qabul qilishi mumkin.
Xalqaro pochta xi!matlari: mail.ru, gmail.com, yahoo.com. Elektron pochta orqali ma'lumot yuborish uchun ikki yo‘nalish mavjud, bulardan biri bepul elektron pochta xizmati deb yuritilib, undan foydalanish uchun Internetda ma'lum bir web-sahifalar mavjuddir. Bular mail.ru, yahoo.com, mail.uz, gmail.com va
h.k. Foydalanuvchi dastlab, pochta manziliga ega bo‘lishi kerak. Pochta manzilini tashkil qilish uchun Internet Explorer dastu- rining asosiy oynasiga ushbu web-sahifalaridan biri chaqiriladi va ishga tushiriladi.
Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish madaniyati. Hayotda bo‘lganidek, elektron pochtada ham mantiq mavjud. Ularning ba'zilariga to‘xtalib o‘tamiz:

  • pochtangizni tez-tez o‘qib turing. Ko‘pchilik foydalanuvchilar

o‘z xatlarini faqat bo‘sh vaqtdagina o‘qishadi. Bu korrespondentlarga nisbatan bo‘lgan behurmatlikdir. Buning oqibatida juda ham muhim bo‘lgan axborotni boy berish mumkin. Foydalanuvchi pochtasini har doim, o‘z vaqtida o‘qib borishi lozim;

  • xatda, albatta, sarlavha (subject) ko‘rsatish zarurdir. Bu

mijozlarni ortiqcha ishlardan qutqaradi;

  • xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling;

  • xatni xatosiz yozing. Mazmun va imlo xatolar bilan yozilgan xat jo‘natuvchi to‘g‘risida yaxshi taassurot qoldirmaydi;

  • qisqa yozing. Elektron pochtada yozayotgan xatingizning

mazmunini qisqa va aniq ko‘rsata biling. Xatingizdagi xatolar va fikrdan chiqib ketish, eng avvalo, xatni emas, balki sizni xarak- terlaydi;

  • xatingizni boshqa manzilga ko‘chirishdan saqlaning. Xatingizni

faqat tegishli bo‘lgan manzilga jo‘nating. Aks holda, xatni ko‘p manzilga jo‘natish hamkorlarda yaxshi taassurot uyg‘otmasligi mumkin;

  • kerak bo‘lmagan taqdirda xatga javob va so‘rovlar yo‘llamang.

Kerak bo‘lmagan taqdirda «iltimos, javob bering» yoki «iltimos, xatni tasdiqlang» kabi so‘rovlarni yo‘llamang;

  • so‘rovlarga to‘liq javob bering. So‘rovlarga javob berishda qisqa

«ha» yoki «yo‘q» kabi javob bermang. Bu hol xat oluvchida tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.
? NAZORAT SAVOLLARI

  1. An'anaviy pochta deganda nimani tushunasiz?

  2. Elektron pochta xizmatiga nimalar kiradi?

  3. Xabarlarning turlari haqida aytib bering.

  4. Xabarlarni uzatish va qabul qilish qanday amalga oshiriladi?

  5. «Spam» turlarini aytib bering.

  6. Milliy elektron pochta xizmatlarini aytib bering.

  7. Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish madaniyati haqida so‘zlab bering.




  1. Download 8.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Download 8.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. ELEHTRON POCHTA XIZMATIDAN AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA FOYDALANISH

Download 8.01 Mb.