bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TARMOG‘I XIZMATLARI




Download 8.01 Mb.
bet5/16
Sana02.12.2023
Hajmi8.01 Mb.
#109628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi

bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TARMOG‘I XIZMATLARI


Internet va WWW tushunchalari bugungi kunda ko‘pchilik uchun sinonimdek tuyiladi, ammo ta'kidlash joizki, World Wide Web — o‘rgimchak to‘rining paydo bo‘lganiga atigi 20 yil bo‘lmoqda, vaholanki, global tarmoqning aksariyat boshqa servislari «nafaqa» yoshida.
World Wide Web shubhasiz Internetning eng yorqin, qulay va ommabop qismidir. WWWning o‘ziga xosligi va bosh yutug‘i shun- daki, u qisqa vaqt ichida o‘zidan oldingi tarmoq xizmatlarini chetga surib, ularning o‘rnini egallay oldi va hozirgi kunda o‘rgimchak to‘rining ushbu «sahifalari» yordamida biz elektron pochtadan foydalana olamiz, yangiliklar to‘plami bilan tanishamiz, arxivdagi fayllar bilan ishlaymiz. Serverlar, saytlar, sahifalar, million, mil- liard hisob birligidagi matn, grafika, multimedia ko‘rinishidagi axborotlar yig‘indisi. Bu qurilmaning arxitekturasi insonni larzaga soladi va hayratlantiradi.
Odamzodning butundunyo ma'lumotlarini insoniyat minglab yillar davomida terib, donalab zarrachalardan iborat to‘plangan bilimlar yig‘indisini tokchalarga joylashtirib, yaxlit bir joyda mujassam etish orzusi nihoyat ro‘yobga chiqdi. Ammo o‘rgimchak to‘rining asosiy vazifasi katta hajmdagi ma'lumotlarni bir yerga to‘plashgina emas (buni jahonning yirik kutubxonalari ham uddalaydi), balki ushbu ma'lumotlarni tezkor yetkazish va uning kerakli qismini aniq izlab topish texnologiyasini yaratishdan iborat. Chunki axborot kutubxona mulki bo‘lmish qog‘ozda bitilgan kitoblarda qanchalik ko‘p axborot bo‘lmasin, ulardan yaxlit axborot hududini tashkil etib bo‘lmaydi. Axir uyni faqatgina qum yoki loydan qurishning iloji yo‘q! Internet esa, nafaqat, qisqa muddatda axborot olish, balki istalgan katta-kichik asarning kerakli betigacha topish va buning boshqa manbalarini ham ko‘rib chiqish imkonini tug‘diradi.
WWW tushunchasi. WWW (World Wide Web) — Butunjahon o‘rgimchak to‘ri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW — bu Internetga ulangan turli kompyuterlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan hujjatlarga murojaat qilishni ta'minlab beruvchi tarqoq tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to‘rt poydevor mavjud:

    1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli);

    2. Gipermatn;

    3. Hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar (brauzer);

    4. Yagona manzilni ko‘rsatish tizimi (domen).

Internet provayderlari va ularning va!ifalari. Provayder. Internet tuzilishi bilan provayder ham shu vaqtda paydo bo‘lgan. Dastlabki ARPANET tarmog‘iga ulangan kompyuterlar doimiy ulanish rejimida ishlagani ma'lum. Ulardan har biri o‘zining aniq manzili, domen nomiga ega bo‘lgan. Keyinroq seansli (soatbay) ulanish uchun Internetga telefon aloqasi yordamida ulanish g‘oyasi tug‘ildi. Natijada biz global tarmoqning bir qismiga, deyish mumkinki, doimiy «fuqarosi»ga aylanib oldik. Buning uchun esa provayder tashkilotlari katta imkoniyatlar yaratdi. Ana shu tarzda ilk provayder paydo bo‘lgan.
Istalgan odam, hatto siz ham provayder bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun ko‘pgina telefon tarmoqlarini birlashtira oladigan kuchli server kerak bo‘ladi. Eng muhimi, ajratilgan aloqa kanalidir. Xuddi shu kanal provayderni oddiy foydalanuvchilardan ajratib turadi.
Provayderlar bir necha o‘n va yuz ming mijozga xizmat ko‘r- satib, axborotlarni yuborish uchun maxsus, yuqori tezlikdagi aloqa kanallari, masalan, shisha tolali kabellar yoki sun'iy yo‘ldosh aloqalaridan foydalanadilar. Ushbu kanallar bir vaqtning o‘zida Internetda yuz, ming va undan ortiq foydalanuvchilarga hech qanday muammosiz ishlash imkonini beradi.
Internet provayder — Internet tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder, ya'ni Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan WWW, elektron pochta, xosting (web-resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Internetga ulangan tar- moqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab
olinadi.
Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo‘lmagan kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zaxiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo‘lishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin:
Ho!irda O‘!bekistonda mavjud provayderlar

  • (arkor Telecom


  • T(hTT (Toshkent shahar telefon tarmog‘i)


  • (harq (tream




  • Comnet




  • (OHO Networks




  • TP( (Texno pro sistem)




  • Platinum Connect




  • Bilayn (Golf (tream)


  • EVO



  • elektron pochta xizmati;

  • shaxsiy web-saytlarni Internetga joylashtirish;

  • Internet orqali konferensiyalar tashkil etish;

  • Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish.

Bugun zamonaviy provayderlar Internet bilan ta'minlashning bir necha turlarini taqdim etishmoqda. Mamlakatimizning ko‘p hududlarida Dial-up, ADSL, lokal tarmoq orqali ulanish imkoni mavjud bo‘lsa, poytaxt va yirik shaharlarda mobil Internet, Wi-Fi, 3G, 4G kabi ulanish turlari joriy etilgan.
Internet tarmog‘i xi!matlari va ulardan foydalanish. Internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilar: web-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, Internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta'minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish.
Katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi Internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga ma'lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko‘chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi Chat dasturlari, uzoq masofadagi do‘stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o‘rnini bosmoqda. Buning uchun Internetga bog‘langan kompyu- terda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo‘lishi kifoya.
Brau!er tushunchasi va uning va!ifasi. Internetda ishlash uchun maxsus dastur zarur. Bunday dastur «brauzer» deb nomlanib,
«Microsoft»dan tarjima qilinganda «kuzatuvchi» ma'nosini bildiradi. Bugungi kunda brauzerlarning turi ko‘p. Birinchi brauzer das- turi — NGSA Mosaic 1993-yil 22-aprelda Mark Andressen va Erik Bina tomonidan yaratilgan.
Brauzer xuddi «kalit» singari Internetga kirish uchun birinchi va asosiy vazifani bajaradi, uning yordamida tarmoqdagi barcha xizmatlardan foydalanish: sahifalarni ko‘rish, pochtani tekshirish, suhbatlashish, kerakli fayllarni ko‘chirib olish mumkin. Inter- netning alohida xizmatlaridan foydalanish uchun turli dasturlar mavjud bo‘lishiga qaramay, aynan brauzer bizga WWWning barcha xizmatlariga to‘liq yo‘l ochib beradi.
Bu borada muhim savol tug‘iladi: foydalanish uchun qanday
«kalit»ni qo‘llagan ma'qul? Ularning orasida farq mavjudmi? Yoki barchasining imkoniyatlari bir xilmi? Quyida brauzerlarning turlari, ularning imkoniyatlari, o‘ziga xos yutuq va kamchiliklari keltiriladi. Internet tarmog‘ida foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish uchun Web-serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish
tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog‘liq.
WEB texnologiyasining hozirgi kunda brauzerlar deb ataladigan axborotni ko‘rish uchun mo‘ljallangan o‘ndan ortiq turli vositalar mavjud. Brauzer web-sahifalarni ko‘rish dasturi hisoblanadi. Bunda brauzerga yuklangan web-sahifadagi giperbog‘lanishga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik ravishga ushbu bog‘lanishda ko‘rsatilgan sahifa brauzerga yuklanadi. Bunday hollar hech qanday sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog‘lanish barcha kerakli ma'lumotga ega hisoblanadi. Brauzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo‘yicha ma'lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o‘zi esa ekranda aks ettirilmaydi.
Bugungi kunda brauzerlarning juda ko‘plab turlari mavjud. Eng mashhurlari: «Internet Explorer» 1990-yildan boshlab Windows platformasining barchasiga o‘rnatilib kelgan standart brauzer hisoblanadi. Uning asoschilaridan biri axborot kommunikatsiya sohasida eng muvaffaqiyatli biznes boshlagan multimilliarder — tadbirkor Bill Geytsdir. U Internetning imkoniyatlaridan boxabar bo‘lib, uning ishlashini tobora chuqurroq o‘rgangani sayin o‘z investitsiyalarining ko‘p qismini Internet rivojiga kirita boshladi. Mashhur moviy rangdagi «e» harfi bilan ifodalanuvchi brauzer aynan uning harakatlari natijasi bo‘lib, 1998-yildan 2009-yilgacha Microsoft kompaniyasi «Internet Explorer»ni har bir kompyuterga o‘rnatilgan Windows operatsion tizimiga Internetni aks ettiruvchi ramz sifatida kirita boshladi.
Bugungi «Internet Explorer»ning ayrim texnik jihatlaridagi kamchiliklarini sanab o‘taylik:

  • www standartga to‘liq javob bermaydi (ba'zi sahifalar ochiq

tasvirlanmaydi, ba'zi saytlar ko‘rsatilmaydi);

  • brauzerning himoya vositasida bir qancha «teshik» (nosozliklar) bo‘lib, ular ishlayotgan paytda namoyon bo‘ladi;

  • aksariyat foydalanuvchilar fikriga ko‘ra, u web-saytlarni

yuklashda noqulay bo‘lib, sekin ishlaydi;

  • kompyuter ishini ham biroz sekinlashtirishi mumkin.

Ushbu kamchiliklariga qaramay, «Internet Explorer»ning ustun tomoni ham bor — u tarmoqda mavjud va biz undan foydalanishda davom etmoqdamiz. Statistika bo‘yicha so‘nggi yillarda «Internet Explorer»ning hammabopligi 15 martaga pasaygan. 2006-yilda
«Internet Explorer»da 75—80 % foydalanuvchilar ishlayotgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 50 % ga kamaygan.
YireYox — ingliz tilidan tarjima qilinganda «olovrang tulki» ma'nosini bildiruvchi brauzer bo‘lib, «Internet Explorer»ning
jiddiy raqibi. U Mozilla loyihasidan hosil bo‘lib, avval «Netscape Communicator» deb nomlangan.
Uning faoliyat tarixi noodatiy. Gap shundaki, «Netscape Com- municator» kompaniyasining juftligidan «Netscape» chekkaga chiqqanidan keyin, «Communicator» o‘rnini tijoriy brauzer
«Mozilla» egalladi.
Lekin foydalanuvchilar yangi brauzer uchun pul to‘lashni istashmadi, natijada «Netscape» o‘z ishini jonkuyar dasturchilarga foydalanishga topshirdi. Loyiha Open Course — «foydalanish uchun ochiq» tarziga o‘tkazilib, Internetga ochiq tarzda joylashtirildi. Shundan keyin uni «FireFox» deb nomlashdi. Dasturni takomillashtirish uchun yer yuzidan 100 mingdan ortiq jonkuyar dasturchilar ishga kirishishdi. Ularning har biri dasturdagi biror elementni rivojlantirish, kuchaytirish, takomillashtirish bilan shug‘ullandi. Natijada, «olovrang tulki»ning birinchi ko‘rinishi omadsiz chiqqaniga qaramay, u «Internet Explorer»ni ortda qoldira oldi.
Brauzerning dizaynini foydalanuvchi o‘ziga moslashtirishi uchun imkoniyatlari ko‘proq. Hozirgi kunda nisbatan xavfsiz brauzerlardan biridir. «FireFox»da «Internet Explorer»da mavjud bo‘lmagan jihatlar ham bor. Masalan, ma'lumotlarni yuklab olish uchun maxsus vositalar, qulay filtrlar, tasvirlarni yuklashga mo‘ljallangan menejer va RSS yangiliklar lentasi xizmati shular jumlasidan.
«Opera» — dunyo bo‘yicha birinchi o‘rindagi brauzerdir.
«Internet Explorer» va «Mozilla/FireFox» bir-biridan orqada qolmaslik uchun harakat qilayotgan bir paytda, yana bir raqib sezdirmasdan paydo bo‘ldi. «Opera Software» komandasi yuqorida keltirilgan ikki brauzerdan farqli o‘laroq, yangi mahsulotni ancha yengil, ixcham va tezkor qilib yaratdi. Uning «og‘irligi» 1,5 megabayt, brauzer sahifalarni tez yuklaydi, ishni sekinlashtiruvchi ortiqcha elementlari yo‘q, grafikli sahifalar mukammal yaratilgan.
«Internet Explorer»dan farqli ravishda, Operada dastavval matn ko‘rinadi, keyin esa tasvir, keraksiz ma'lumotlar tez o‘chiriladi, zarur ma'lumot va tasvirlarni tanlash va saqlab qo‘yish mumkin. Opera hammada mavjud bo‘lgan standartda ishlay oladi. Nout- buk — portativ kompyuterlar uchun ham u afzal hisoblanadi. Sababi, Opera noutbuklar, ofis kompyuterlari va sekin ishlaydigan kompyuterlar uchun juda qulaydir. Windows uchun «Opera»ning so‘nggi versiyasi — «Opera 34» ishlab chiqildi. Uning imkoniyatlari
foydalanuvchilarga qisqa vaqt ichida istalgan fayllarga kirish, fotoalbom, musiqalarni tez izlab topishga yordam beradi.
Internet radio va televideniye. WWW tarmog‘idagi ma'lu- motlardan foydalanish uchun faqatgina brauzerlarning xizmati kamlik qiladi. Ya'ni audio hamda video hujjatlarni aks ettiruvchi tezkor dasturlar ham mavjuddir. Bu dasturlar serverlarda joylashgan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatilayotgan audio hamda video hujjatlardan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Real player, Quick player, Cosmo player, Media player dasturlari shu kabi vazifalarni bajaradi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham Internet texnologiyalarining rivojlanishi natijasida ko‘pgina radio eshittirishlarini Internet orqali tinglash mumkin. Avvaliga brauzer yordamida kerakli radiokanalning web-sahifasi topiladi va shundan so‘ng eshittirish to‘g‘ridan to‘g‘ri Internet tarmog‘iga uzatilayotgan kanalga bog‘lanadi. Shunda operatsion tizimda mavjud bo‘lgan namoyish dasturlaridan biri ishga tushishi natijasida foydalanuvchi ushbu radiokanalni tinglash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, Internet tarmog‘i orqali televizion ko‘rsa- tuvlarni ham tomosha qilish mumkin. Ushbu holatda ham radio- eshittirishlar kabi ma'lum web-saytlarga bog‘lanish va ular orqali ko‘rsatuvlarni tomosha qilish imkoni mavjud. Bunday web-saytlarga mtrk.uz, oriat.uz saytlarini misol qilib keltirish mumkin.
Xosting xi!mati va axborotlarni joylashtirish. Foydalanuvchi web- sahifalarini Internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va joriy qilish amali xosting deb ataladi. Xosting so‘zi to‘la qonli ikki tomonlama aloqa bilan ta'minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‘zidan olingan. Xosting xizmati pulli va tekin hamda oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin. Xosting xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi zarur:

  1. Axborot makoni;

  2. Internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi);

  3. Fayllarni boshqarish usullari;

  4. Standart skriptlar to‘plami;

  5. Server tomonida dasturlash mumkinligi;

  6. Serverda ma'lumotlar bazalaridan foydalanish;

  7. Bir yoki bir necha pochta qutilarini tashkil etish;

  8. Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash.

Proksi xi!mati, anonim proksilar va ularning va!ifalari, ijobiy va salbiy tomonlari. Proksi kompyuter tarmog‘i xizmatidir. Bunda proksi xizmati orqali kompyuter tarmoqlari mijozlariga boshqa
tarmoq xizmatlaridan bevosita foydalanish imkoni beriladi. Mijoz avval proksi serverga ulanadi va u orqali boshqa serverda joylashgan biron-bir resursga murojaat qiladi. Bunga misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, ko‘pgina hollarda kompyuter tarmoqlaridagi bir guruh foydalanuvchilar yagona Internetga ulangan kompyuter orqali kompyuter xizmatlaridan foydalanishadi.
Ba'zi hollarda mijoz so‘rovi yoki server javobi proksi-server tomonidan muayyan maqsadlarda o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Proksi-server, shuningdek, mijoz kompyuterini ba'zi tarmoq hujumlaridan himoyalashga imkon beradi.
Anonim proksi-serverlar (Anonymous Proxy Servers). Anonim proksi-serverlar ba'zi manzillarni berkitish yoki biror hujjatlarni olishda o‘zini oshkor qilmaslik imkonini beradi.
Yuklash va ko‘chirib olish (upload, download) tushunchalari. Internet tarmog‘ida ma'lumotlar bilan ishlash vaqtida «Upload» va «Download» tushunchalariga juda ko‘p duch kelinadi.
«Upload» yuklab qo‘yish. Ma'lumotlar (fayllar)ni kompyuterdan tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterga yoki serverga yuklab qo‘yish.
«Download» yuklab olish. Ma'lumotlar (odatda, fayl)ni tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterlar va serverlardan o‘z kompyuteriga yuklab olish.
Internet konferensiyalar. Internet konferensiyalar — bu muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog‘i orqali o‘zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini ko‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter konfe- rensiyalarini oladi.
Audiokonferensiyalar. Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo‘linmalari o‘rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foy- dalanadi. Audiokonferensiyalarni o‘tkazishning eng oddiy texnika vositasi so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qatnashuvini ta'minlaydigan qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi.
Audiokonferensiyalarni tashkil etish kompyuter bo‘lishini talab etmaydi, faqat uning ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini yengillashtiradi, u arzon hamda qulay.
Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljallangan, lekin bunda videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab etadi. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan uning ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlari va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib turishadi. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi.
Videokonferensiyalar transport va xizmat safari xarajatlarini ancha qisqartirish imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sababga ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlar va boshqa
xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko‘radilar.
? NAZORAT SAVOLLARI

    1. WWW nimani anglatadi?

    2. Internet provayderlari va ularning vazifalarini aytib bering.

    3. Internet tarmog‘i xizmatlarini bayon eting.

    4. Brauzer nima?

    5. Xosting xizmati va axborotlarni joylashtirish haqida gapirib bering.

    6. Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy tomonlarini so‘zlab bering.

    7. Yuklash va ko‘chirib olish qanday amalga oshiriladi?

    8. Internet konferensiyalarni amalga oshirish yo‘llarini aytib bering.




  1. Download 8.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 8.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET TARMOG‘I XIZMATLARI

Download 8.01 Mb.