S-bob. INTERNET TARMOG‘I VA AXBOROT - HUTUBXONA MUASSASALARIDA




Download 8.01 Mb.
bet4/16
Sana02.12.2023
Hajmi8.01 Mb.
#109628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi

S-bob. INTERNET TARMOG‘I VA AXBOROT - HUTUBXONA MUASSASALARIDA

UNDAN FOYDALANISH


Axborotga bo‘lgan talabning oshishi, tezkor axborot olish va undan foydalanishni taqozo etmoqda. Har qanday axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z qiymatini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun tezkor axborot vositasi bu — Internet tizimidir.
Axborot-kutubxona muassasalarida Internet tizimining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Axborotni foydalanuvchilarga yetkazishda, axborotni qabul qilish, to‘plash, qayta ishlash va yetkazish katta rol o‘ynaydi. Istalgan foydalanuvchi axborot-kutubxona muassa- salarida yoki xonadonida o‘ziga kerakli bo‘lgan axborotni axborot kutubxona muassasasining web-sayti yoki www natlib.u! ga kirib, ma'lumotlarni olish mumkin.
Internet — bu Butunjahon kompyuter tarmog‘idir. U katta va kichik lokal kompyuter tizimlarning o‘zaro aloqasini bog‘lab, global miqyosda axborot almashinuvini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Undagi protokollar tizimi orqali boshqariladigan barcha tarmoqlar bir-biri bilan o‘zaro aloqada ishlaydi va foydalanuvchilar uchun ma'lumotni saqlash, izlash, chop etish, ko‘chirish, jo‘natish va qabul qilish, matn, tovush, foto, grafika, musiqa va boshqa shakllardagi ma'lumotlar bilan interfaol ravishda almashish amallarini bajara oladi. Internet vaqt, makon va geografik chegara bilmaydi, u tun-u kun, har qanday ob-havoda, har qanday mamlakatda ishlayveradi. Buning uchun zarur texnik ta'minot bo‘lsa bas.
Mamlakatimizda Internetni rivojlantirish davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Birinchi navbatda muhim qonunlar, qarorlar va boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilinib, mustahkam huquqiy poydevor yaratildi.
Internet tarmog‘i bugungi kunda bir vaqtning o‘zida bir necha sifatlarda namoyon bo‘lmoqda:

    • axborot va bilim manbayi;

    • ommaviy axborotning interfaol vositasi;

    • inson faoliyatining barcha jabhalari — ma'rifiy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, sport, turistik va ko‘pgina boshqa sohalarga ta'sir ko‘rsatuvchi axborot xizmatlari tizimi sifatida.

Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya'ni «International Network» — xalqaro
tarmoq va «International Network» «tarmoqlararo» ma'nosini anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlash- tiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi.
Internet tarmog‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining har bir mijozi o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqish, Nyu-Yorkdagi «Metropoliten» muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va, hatto, boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan shaxmat o‘ynash mumkin.
Global tarmoq tushunchasi. Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i — bu global tarmoq vakili hisoblanadi.

1-rasm. Global Internet tarmog‘i.


Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita Internetga ulangan bo‘lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stan- siyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Shuningdek, Internet tarmog‘iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud bo‘lib, ularni xost kompyuterlar (host — asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o‘z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin.


Internet tarmog‘ining tu!ilishi. Internet o‘z-o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan, uch tarkibiy qismdan tashkil topgan: texnik, dasturiy, axborot.
Internet tarmog‘ining texnik ta'minoti har xil turdagi kompyu- terlar, aloqa kanallari (telefon, sun'iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuyidan tashkil topgan.
Internet tarmog‘ining dasturiy ta'minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta'minlovchi dasturlar. Internet tarmog‘ining axborot ta'minoti unda mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, web-sayt va h.k. ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Internetning birinchi vazifasi axborot makoni bo‘lsa,
ikkinchisi kommunikatsion vositasidir.
Internetga bog‘lanish. Internetga ulanish uchun avval tarmoqqa ulanish va kompyuter orqali axborot almashishni tashkil etib beruvchi vositachini, ya'ni provayderni tanlash lozim. So‘ng kompyuterni tarmoqqa ulanishi uchun zaruriy uskunalar (modem, kabel, adapter)ni xarid qilish lozim. Tashkiliy masalalar hal etilganidan keyin web-sahifalar bilan ishlash uchun brauzer dasturini o‘rnatish va sozlash kerak. Bundan tashqari, shaxsiy kompyuterni Internetning ayrim xizmatlaridan foydalanish uchun (masalan, e-pochta, fayllarni ko‘chirish, videoma'lumotlar namoyishi, animatsion va flesh fayllarni aks ettirishga ko‘maklashuvchi) bir necha qo‘shim- cha dasturlar bilan ta'minlash kerak bo‘ladi.
Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (shisha tolali, sun'iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiya- lanmaydigan telefon tarmog‘i) bo‘yicha doimiy ulanish, shu- ningdek, kommutatsiyalanadigan, ya'ni uzib ulanadigan ulanish (Dial-up access, Dial-up) ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Internetga ulanish turlarining hammasi ikki katta guruhga mansub — seansli va doimiy ulanish.
Seansli ulanish. Bu ulanish turida foydalanuvchi Internetga doimiy emas, qisqa muddatga telefon tarmog‘i orqali ulanadi. To‘lov esa Internetda qancha muddat bo‘lishga qarab, ya'ni soatbay amalga oshiriladi. Ma'lumotlar tarmoq orqali analog aloqa tartibida uzatiladi. Doimiy ulanish. Bunda kompyuter Internetga doimiy va tezkor kanal orqali ulangan bo‘lib, yuborilayotgan va qabul qilinayotgan
ma'lumotlar raqamli tartibda bo‘ladi. To‘lov esa faqat «trafik» — qabul qilingan ma'lumotlar hajmi uchun amalga oshiriladi.
Bu ikki xildagi ulanish, nafaqat, Internetdan foydalanish vaqti bilan, balki tarmoqning ishlash tezligiga ko‘ra ham farqlanadi. Bundan tashqari, doimiy ulanish rejimida kompyuteringiz Internetga to‘laqonli qayd qilinib, o‘zining doimiy IP manzili (shaxsiy raqami)ga ega bo‘ladi va undan boshqalar ham foydalanishi imkoni mavjud. Bu, ayniqsa, kompyuter server hisoblanib, u web-saytning faoliyatini ta'minlovchi asosiy vosita, fayl arxivlari saqlanadigan kompyuter bo‘lganida muhimdir. Seansli ulanish turida IP manzil kompyuterga faqat Internetdan foydalanish vaqti uchungina ajratiladi, shu sababdan, u dinamik IP manzil deb yuritiladi.
Telefon tarmog‘i orqali Internetga ulanish. Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon tarmog‘i orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon tarmog‘i band qilinadi, seans tugagandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va unda boshqalar foydalanishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi.
Telefon tarmog‘i orqali «Chaqiruv» bo‘yicha bog‘lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanadi.
Kompyuter

2-rasm. Telefon tarmog‘i orqali bog‘lanish.


Mobil aloqa vositalari yordamida Internetga ulanish. «Telefon orqali ulanuvchi» Internetdan mobil aloqa va tarmoqda ishlash imkonini beruvchi uyali telefon yoki kommunikator bo‘lgan hamma joyda foydalanish mumkin. Uyali aloqa orqali Internetga


ulanish bir qancha o‘ziga xoslikka ega. Birinchidan, telefonning ekrani juda kichkina bo‘lib, u grafika va suratlar bilan haddan ziyod boyitilgan web-saytlarning namoyishini qiyinlashtiradi, ikkinchidan, mobil aloqa vositasi orqali ma'lumotni uzatish kanali unchalik tezkor emas. Ammo bugungi kunga kelib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish imkoni tug‘ildi va hozirgi kunda katta ekranli «telefon» orqali simsiz Internetga ulanib, tezkor kanallar orqali ishlash mumkin. Mobil Internetdan foydalanish uchun endilikda uyali telefonning zarurati yo‘q, ulanish uchun noutbuk va USB-mo- dem maxsus ta'riflari mavjud sim-kartalar kerak. Hozir buni barcha yirik mobil aloqa operatorlari taklif etmoqda.
Bugungi kunda tobora ommalashib borayotgan sensor (sezgir) ekranli IPAD planshet kompyuterlari ham simsiz tarmoq tizimidan foydalanish uchun qulaydir. Uning oxirgi modellari, nafaqat, Wi-Fi tartibda, balki 3G uyali tarmoqlarida bemalol ishlash imkonini beradi. Internet tarmog‘iga, nafaqat, kabel yoki telefon liniyasi orqali simli, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Internet tarmog‘iga simsiz ulanish kompyuter orqali yoki mobil telefonning o‘zida amalga oshiriladi. Agar kompyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo‘lsa, u holda kompyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani
bajaruvchi mobil telefon apparati zarur.
Agar mobil telefon bilan Internetga bog‘lanish yoki undan foydalanish kerak bo‘lsa, u holda xizmat ko‘rsatuvchi mobil opera- torning mijozi bo‘lish va unda GPRS xizmati yoqilgan bo‘lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rov va ma'lumotlarni uzatish uchun GPRS xizmatidan foydalaniladi.
Modem tushunchasi va uning va!ifasi. Modem modulator- demodulator so‘zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu quril- maning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni undan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishdan iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo‘ylab uzatishni ta'minlaydi. Modem yordamida Internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali bog‘lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jihatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/s.ni tashkil etadi.

S-rasm. Simsiz tarmoq orqali ulanish
(GPRS, EDGE, GSM, 3G, 4G, CDMA, Wi-Fi, WiMax).


Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linib, har ikkisi ham Inter- netga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.
Tashqi faks — modem Simsi! modem Ichki modem

4-rasm. Ulanish vositalari.


O‘!bekiston Respublikasida Internet tarmog‘ining rivojlanishi. Respublikamizda milliy Internet-segmentini rivojlantirish bo‘yicha ishlar Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi «Kompyuter- lashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «2002—2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi»ga asosan amalga oshirilmoqda.


Respublika telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mam- lakatimiz aholisining keng qatlamlari uchun Internet xizmatlaridan foydalanish borgan sari yengil bo‘lib bormoqda. Hozirgi vaqtda
respublikamizda Internet foydalanuvchilarining umumiy soni 7,3 mln.dan ortdi, shundan 3,5 mln.i, ya'ni har 1000 fuqarodan 111 nafari aloqa tarmoqlari orqali Internetga ulanadi. Mobil Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 3,8 mln.ni tashkil etadi. Respublikamizda AKTni rivojlantirishga bo‘lgan e'tibor tufayli, Internet tarmog‘ida milliy resurslar soni yildan yilga ortmoqda. Hozirgi kunda respublikada Uz domen hududida ikkinchi darajali domen nomlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha 7 ta registrator faoliyat ko‘rsatadi: Tomas, Billur. com, Arsenal-D, Sarkor Telecom, VSS,
TV-Inform va Simus.
Milliy axborot resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarorlari va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida domen nomlari soni yildan yilga ortmoqda.
Ma'lumotlarni uzatish, jumladan, Internet tarmog‘iga ulash xizmatlarni taqdim etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soni bugungi kunda 982 tani tashkil etadi, jamoa foydalanish punkt- larining umumiy soni esa 1025 taga yetdi.
Provayder va operatorlarning aksariyat qismi Toshkent shahrida joylashganligiga qaramay, respublikamizning boshqa hududlari, ayniqsa, Samarqand, Buxoro viloyatlarida ham provayder va opera- torlarning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.
Internet tarmog‘i va!ifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet tarmog‘ining vazifasi mijozga web-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko‘r- satishdan iborat. Internet tarmog‘idan axborotlarni almashish, masofaviy ta'lim olish, konferensiyalar o‘tkazish, web-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot o‘rnatish va shu kabi maqsadlarda foydalaniladi.
? NAZORAT SAVOLLARI

      1. Global tarmoq deganda nimani tushunasiz?

      2. Internet tarmog‘ining tuzilishini bayon eting.

      3. Internetga bog‘lanishni gapirib bering.

      4. Telefon tarmog‘i orqali Internetga qanday ulanadi?

      5. Mobil aloqa vositalari yordamida Internetga ulanish usulini bayon eting.

      6. Modemning vazifasi nima?

      7. Internet tarmog‘ining vazifasi va undan foydalanish maqsadlarini bilasizmi?

  1. Download 8.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 8.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



S-bob. INTERNET TARMOG‘I VA AXBOROT - HUTUBXONA MUASSASALARIDA

Download 8.01 Mb.