bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET SERVERLARI




Download 8.01 Mb.
bet3/16
Sana02.12.2023
Hajmi8.01 Mb.
#109628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi

bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET SERVERLARI


Axborot-kutubxona muassasalarida Internet tizimidan foyda- lanish foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyoj va talablarini qisqa vaqt ichida ta'minlash vositasidir.
Internetdan unumli foydalanish uchun, dastlab, uning tuzili- shini tasavvur qilish kerak. Internet — millionlab ishlab turgan, butundunyo bo‘yicha joylashgan va har xil aloqa vositalari yordamida yagona tarmoqqa birlashgan kompyuterlar. Internetga bog‘lan- ganingizda ana shu millionlab kompyuterlarda joylashgan ma'lu- motlardan foydalana olasiz. Buning uchun kerakli kompyuterning manzilini kiritsangiz, bir necha soniyadan keyin istagan ma'lu- motni olishingiz mumkin. Masalan, Hindistonning Tojmahal obidasi haqidagi ma'lumotni bir zumda bilib olish mumkin.
Internetda ishlash uchun uning asosiy tushunchalari bilan yaqindan tanishish lozim.
Server. Tarmoqqa ulangan, doimiy ishlaydigan va tarmoqning turli xizmatlarini bajaradigan kompyuterga Server deyiladi. Server
tarmoqdagi ma'lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi. Asosiy xizmati — foydalanuvchilarni Internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni provayder deb atashadi. Ularning serverlari Internetga kirish darvozalari hisoblanadi. Bundan tashqari, server so‘zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi.
Ajratilgan server. Yirik kompaniyalar ko‘plab kompyuterlarga ega bo‘lishadi. Tashkilotning barcha tarmoq xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter ajratilib, unga maxsus dasturlar o‘rnatilgan holda Internetga doimiy ulanadi va uni ajratilgan server deb atashadi. Bu server orqali barcha kompyuterlar Internetga chiqa olishadi.
Virtual server. Kecha-yu kunduz Internetga ulangan kompyuterni ishlatish oddiy foydalanuvchiga qimmatga tushadi. Shuning uchun, ular boshqa serverning xotirasidan bo‘sh joyni ijaraga olishadi va virtual serverga ega bo‘lishadi. Bu bamisoli Internetdagi o‘z vakolat xonangizga o‘xshaganday. Albatta, foydalanuvchi jismoniy server bilan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi, lekin tarmoq orqali virtual serverga kirib, kerakli ma'lumotlarni yozib qo‘yishi mumkin. Keyin tarmoqqa kiritilgan ma'lumotlarni boshqa foydalanuvchilar kun davomida o‘qishi mumkin.
Odatda, bunday xizmatni provayderlar ko‘rsatadi va uni
«xosting» (ing. — hosting) deb atashadi.
Serverdagi xosting xizmatlari ikki xil bo‘ladi: pulli va bepul. Pulli xosting xizmatlarga boy va tez ishlaydi, bepulida esa xizmat turlari kam, ishlash tezligi past va saytingizda o‘zgalarning reklamalari paydo bo‘lib turadi. O‘rganishga bepul xosting bo‘la- veradi, lekin jiddiy loyihalar uchun pulli serverlar zarur.
Proksi-server. Proksi-server — foydalanuvchi va Internet orasi- dagi maxsus vositachi dastur. Uni ishlatish shart emas, lekin bu dastur yordamida web sahifalarining yuklash jarayonini tezlashtirish mumkin. Proksi-server Internetdan ko‘p ko‘radigan sahifalarni qattiq diskdagi omborga saqlaydi va yana shu sahifalar so‘ralganda Internetdan emas, balki xotirasidan ko‘rsatadi. Odatda, proksi- server ajratilgan serverga o‘rnatiladi va tarmoq xizmatlarini ham bajaradi, ya'ni mahalliy tarmoq kompyuterlarini Internetga ulaydi. Tarmoqdagi kompyuterlar Internet so‘rovlarini ajratilgan serverga uzatishadi, serverda esa proksi dasturi so‘rovlarni Inter- netga chiqaradi va tashqaridan kelgan ma'lumotlarni tarmoq kompyuterlariga yetkazib beradi. Yana proksi dasturi yordamida kompyuterlarning tarmoqdagi ish jarayonini boshqarib, kuzatib turish ham mumkin.
Ajratilgan server. Protokol har xil kompyuterlar va turli dasturlar tarmoq aloqasi jarayonida bir-birlarini tushunish uchun maxsus texnik qoidalar qo‘llaniladi. Tarmoq sohasida bunday qoidalar to‘plami protokol (bayonnoma) deb ataladi. Hozirgi kunda eng ko‘p qo‘llanilayotgan protokol — TSP/IPdir. Bu protokol funksiyasini oddiy pochta xizmatiga o‘xshatsa bo‘ladi. Agar xatni jo‘natmoqchi bo‘lsangiz, uni xatjildga joylashtirasiz, ustiga jo‘natuvchi va qabul qiluvchining manzilini yozib, pochta qutisiga tashlaysiz. Xatingiz qanday qilib manzilga yetadi, qaysi pochta bo‘limida bo‘ladi, kim olib boradi ishingiz bo‘lmaydi. Asosiysi, xat tez yetib borishi.
Xuddi shunday TSP/IP protokoli tarmoqda ishlaydi. Jo‘natila- digan ma'lumot paketga joylashtirilib, unga jo‘natuvchi va qabul qiluvchi kompyuter manzillari yozilgan holda tarmoqqa uzatiladi. Shunday qilib, tarmoqning bitta marshrutizatoridan (yo‘l ko‘r- satadigan maxsus qurilma yoki kompyuter) manzilga qarab, eng qisqa yo‘llarini tanlaydi va keyingi marshrutizatorga uzatilib, paket kerakli manzilga yetkaziladi. Faqat oddiy pochtadan farqi ma'lu- motni yetkazish vaqti kunlar bilan emas, soniyalar bilan o‘lchanadi. Tarmoqning uzatish yo‘llari tiqilib qolmasligi uchun TSP protokoli katta hajmli ma'lumotlarni kichik qismlarga bo‘lib, alohida paketlarda uzatadi. Har bir paket Internetda IP protokol xizmati yordamida alohida sayohat qiladi. Paketlar manzilga yetgach, TSP protokoli bo‘lingan ma'lumotni yig‘adi va boshlang‘ich holatiga keltiradi. Agar qandaydir paket manzilga yetib kelmasa, TSP protokol uni takroran jo‘natishni talab etadi, toki, ma'lumot butun yetib kelmagungacha. Shuning uchun
TSP/IP ishonchli protokol deb aytiladi.
Aslida, TSP/IP bu protokollar oilasi hisoblanadi. Uning ichida bir necha boshqa protokollar ham mavjud:

  • UDP (User Datagram Protocol) — TSP protokoliga o‘x-

shash, lekin ishonchsiz (paket yetib borganini e'tiborga olmasdan ishlaydi). Bu protokol baland tezlikda ishlaydigan jarayonlarda, masalan, videokonferensiyalarda va tarmoqning maxsus xizmatlari uchun qo‘llaniladi.

  • YTP (File Transfer Protocol) — bu fayllarni tarmoqda uzatish

protokoli. Kompyuterdan kompyuterga fayllarni uzatish imko- niyatini yaratadi va o‘z ishida TSP protokoliga tayanadi.

  • SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) — elektron poch-

taning uzatish sodda protokoli. Tarmoqning ikki ixtiyoriy nuqtasi orasida pochta jo‘natuvini ta'minlaydi.

bajarilishini ta'minlaydi. Bu holatda foydalanuvchining kompyuteri
terminal (ma'lumot jo‘natuvchi) rolini o‘ynaydi. Siz buyruqlarni kiritasiz, ular masofadagi kompyuterda bajariladi va ekraningizda ularning natijasi namoyon bo‘ladi.

  • TTP (Text Transfer Protocol) — gipermatnni uzatish

protokoli. WWW texnologiyasi asosida ishlaydi.
Bundan tashqari, ko‘plab boshqa protokollar ham mavjud, lekin ular bilan foydalanuvchilar kamroq uchrashishadi. Kerak bo‘lsa, maxsus adabiyotlardan ma'lumot olish mumkin.
Internet fazosida juda ko‘p serverlar mavjud va ular o‘zaro aloqa yo‘llari bilan bog‘langan. Serverlarni shaharlarga o‘xshatsak, aloqa tarmoqlari esa shaharlararo yo‘llarga o‘xshaydi. Shaharlararo yo‘llar oraliq har xil katta va kichik yuklarni jo‘natish, tashish, qabul qilish mumkin. Yuk tashishda turli transport xizmatlari mavjud, masalan, taksi, avtobus, yuk mashinasi va h.k. Shunga o‘xshab, Internetda ham har xil xizmatlar bor.
Kompyuterlar yordamida so‘!lashish. IRS (ing. Internet Relay Chat — eshittiradigan Internet suhbat) — Internetning boshqa odamlari bilan real vaqtning o‘zida suhbat qilish xizmati.
Chat foydalanuvchilari faqat Internetga ulangan holda so‘zlashishadi va konferensiyalardan farqli savolga javob joyida, o‘sha vaqtning o‘zidayoq olinadi. Birinchi Chatni 1988-yili finlan- diyalik talaba Yarkko Oikarinen (Jarkko Oikarinen) yaratgan.
IRS serverlardan tashkil topib, ular o‘zaro bog‘langan bo‘lishi mumkin. Ulangan serverlar majmuyi IRS tarmog‘ini hosil qilib, hozirda dunyoda o‘nlab tarmoqlar mavjud. Eng mashhurlari Irchet va Efnet. Bu tarmoqlarda ishlash uchun maxsus mijoz dasturi kerak, masalan, Windows operatsion tizimi uchun MIRS dasturi. Albatta, Umumjahon tarmoqning Chatida asosiy suhbat tili — ingliz.
Chat serverlarida suhbatlashish kanallari mavjud. Kanallarni alohida xonalarga o‘xshatish mumkin. Kimdir gapirsa, uni xonadagilar barchasi eshitadi. Kanallar nomlangan bo‘ladi va nomi, odatda, suhbat mavzusini bildiradi (masalan, #linux, #uake).
O‘zbekiston Chatlarida suhbatlashmoqchi bo‘lsangiz, maxsus dasturlarsiz, web-brauzer yordamida www.chat.uz ga kirishni tavsiya qilish mumkin.
? NAZORAT SAVOLLARI

    1. Internet tuzilishi haqida gapirib bering.

    2. Serverlar va ularning turlarini bilasizmi?

    3. Ajratilgan server protokol haqida so‘zlab bering.

Download 8.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 8.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. AXBOROT-HUTUBXONA MUASSASALARIDA INTERNET SERVERLARI

Download 8.01 Mb.