bob. INTERNET TARIXI VA IMHONIYATLARI




Download 8.01 Mb.
bet2/16
Sana02.12.2023
Hajmi8.01 Mb.
#109628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi

bob. INTERNET TARIXI VA IMHONIYATLARI




Internet — bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butundunyo kompyuter tarmog‘idir. O‘tgan asrning 60-yillarida AQSH Mudofaa vazirligi qoshidagi markazlardan birida RAND GORPORATION korxonasi birinchi marta, butun mamlakatni qamrab olgan markazlashmagan kompyuter tarmog‘ini yaratishni taklif qildi. Bu loyihani amalga oshirishdan maqsad, harbiy muassasalar blokida o‘quv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirib, boshqarishni markaz- lashtirish edi. Bundan ko‘zlangan maqsad, yadro quroli hujumida ham, tarmoqning bir nechta qismi ishdan chiqqan holda ham ishlash xususiyatini saqlab qoladigan tizimni yaratish bo‘lgan. Bu
tizim uchun ko‘plab tarmoqlar zarur edi.
1969-yilda AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentliligiga mamlakatdagi barcha harbiy muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq (ARPANET) harbiy mutaxassislarga axborot almashishga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan edi.
Dastavval Internet tarmog‘i harbiy maqsadlarni ko‘zlab yaratilgan bo‘lsa-da, uning faoliyati keyinchalik fan va ta'lim sohasida axborot almashish, o‘zaro aloqaga ega bo‘lish uchun ishonchli va mukammal ishlaydigan tizim sifatida qo‘llanila boshladi. Shu o‘rinda Internetning asosiy xizmatlari yaratilishi bilan bog‘liq sanalarga to‘xtalib o‘tamiz.
1971-yilda elektron pochta jo‘natmalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan birinchi dastur yaratildi. 1972-yilga kelib, oliy ta'lim tizimida ham keng qo‘llanila boshladi — AQSHning 50 universiteti va tadqiqot markazlari yangi tarmoqqa ulanib, ilmiy axborot almashinuvidan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
1973-yilda esa Atlantika okeani tubidan o‘tgan telefon kabeli orqali bu tizimga Buyuk Britaniya va Norvegiyaning xorijiy tashki- lotlari ulanishi tufayli tarmoq xalqaro maqomga ega bo‘ldi.
1984-yilda domen nomlari tizimi ishlab chiqildi. Xuddi shu yilda ARPANET tarmog‘iga jiddiy raqib paydo bo‘ldi, AQSHning
Milliy ilmiy fondi Internet katta universitetlararo tarmog‘ini tashkil etdi. Shu paytdan boshlab NSYNet keng ijtimoiy muloqot vositasiga aylanib, jadal kengayib bordi.
1990-yil ARPANET o‘zining nisbatan yosh raqobatchisi NSYNet tarmog‘iga yutqazib, o‘z ishini tugatdi. 1991-yilga kelib esa Internetda gipermatn tuzilmasi asosida ishlaydigan umumjahon o‘rgimchak to‘ri (WWW) foydalana boshladi.
Ikki yildan so‘ng (1993-yil) mashhur NGSA Mosaic brauzeri paydo bo‘ldi. Bugungi kunda Internetdan vaqtichog‘lik va pochta xizmatidan tashqari, turli kuch va manfaatlar to‘qnashuvidagi axborot quroli sifatida samarali foydalanib kelinayotganini ko‘rish mumkin. Internet tarmog‘ining mohiyatini tushuntirish uchun uning mantiqiy tuzilishini anglab olmoq kerak. Internetda axborotni paketli uzatish tamoyilidan foydalaniladi. Internetda tarmoqning samarali ishlashi uchun mavjud axborotni qanday qilib paketlar holatiga uzatish va yetkazilgan axborotni qayta tiklash hamda bo‘laklangan paketlarni foydalanuvchiga qanday yetkazish kerakligi muammosini
hal qilish lozim bo‘ladi.
Internet (International Network — xalqaro kompyuter tarmog‘i) butundunyoni qamrab qolgan global kompyuter tarmog‘idir. Hozirgi kunda Internet dunyoning ko‘plab (150 dan ortiq) mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Internet dastlab faqat tadqiqot va o‘quv yurtlariga xizmat qilgan bo‘lsa, u ishlab chiqarish doirasida ham keng tarqalmoqda. Internet bir qancha qulayliklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bular tarmoqning tezkorligi, arzonligi, aloqaning keng qamrovli ekanligidir.
Internetning erkin kiriladigan arxivida inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab qoladigan axborotgacha, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma'lumotigacha bilib olish mumkin.
Internetda ulanish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi zarur:

  • telefon tarmog‘i;

  • modem (tashqi yoki ichki);

  • tashqi modem uchun ketma-ket portga, ichki modem uchun uni qo‘shish uchun joyga ega bo‘lgan kompyuter;

  • SLIP yoki PPP qaydnomalar dastur ta'minoti;

  • Internet provayderda almashinish qaydnomasi;

  • ro‘yxatdan o‘tkazish. Internetda ishlash uchun:

  • dunyo tarmog‘ining ma'lum bir tuguniga kompyuterni ulash;

  • vaqtincha yoki doimiy IP manzil bilan ta'minlanish;

  • dasturiy ta'minotni o‘rnatish va uni yuklash hamda kerakli mijoz dasturlar bilan boyitish.

IP manzil bilan ta'minlaydigan va o‘zini tuguniga ulanishga imkoniyat yaratadigan tashkilot servis provayder deb ataladi.
Internetga ajratilgan holda yoki kommutativ ko‘rinishda ulanish mumkin. Ajratilgan holda ulanish uchun yangi yoki ijaraga olingan fizik aloqa (kabelli, shisha tolali, radiokanal, yo‘ldoshli kanal va boshq.) bo‘lishi kerak.
Kommutativ aloqa uchun maxsus aloqa tarmog‘i bo‘lishi shart emas. U telefon aloqasi orqali ulanadi.
Kompyuterga Internet xizmatini to‘g‘ri o‘rnatish uchun tar- moqqa ulanadigan dasturni quyidagi tartibda yuklash zarur: «Moй komпьютep», «Yдaлeнный дocтyп k ceти», «Hoboe coeди- нeниe». Dasturni yuklashda Internet xizmatini berayotgan kishi quyidagi ma'lumotni berishi kerak:

  • telefon raqami;

  • foydalanuvchining ismi (login);

  • parol (password);

  • DSN serverning IP manzili.

Ushbu ma'lumotlar Internetga ulanish uchun yetarli.
Internet yoki har qanday boshqa TSPli tarmoqlarga ulangan har bir kompyuter «tushunadigan» bo‘lishi kerak. Ushbu holat bo‘lmasa, tarmoq xabarlarni kompyuteringizga qanday yuborishni bilmaydi. IP manzili ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq manzili va xost manzili IP manzilining tuzilishiga asosan har xil tarmoqdagi kompyuter nomlari bir xil bo‘ladi. Manzillarni sonli belgilash kompyuter uchun tushunarli bo‘lsa-da, foydalanuvchi uchun aniq ma'lumot bermaydi. Shuning uchun manzillashning domen usuli foydalaniladi.
Internetning informatsion funksiyasi, birinchi navbatda, tar- moq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo‘lsa, ikkinchidan, u axborotlarni keng ommaga, jahon miqyosidagi nihoyatda tez sur'atda e'lon qilish (nashr qilish) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Internetning yuqori sifatlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va nashrchiligida keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, Internet yordamida Nyu-York yoki Parijdagi eng so‘nggi xabarlarni Tosh- kentga yetkazib berish, gazeta va o‘quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish hamda ularni keng o‘quvchilar ommasiga tarqatish, hozirgi mavjud usullardan bir necha o‘n barobar arzon, tez va samara- liroq bo‘ladi. Internetning kommunikatsion funksiyasi foydalanuv-
chilarning masofadan turib o‘zaro muloqot qilish imkonini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida Internet elektron pochtasi, Internet-telefon va real vaqt oralig‘idagi bevosita xabar almashish, Ghat — konferensiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin.
Bundan tashqari, Internetning kommunikatsion funksiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqot qilish, videokonferen- siyalar uyushtirish, bir shahardan turib ikkinchisining ko‘chalarini (masofadagi web-kameralar yordamida) tomosha qilish va muzeylarga tashrif buyurish hamda tabiat manzaralaridan rohat- lanish imkonini beradi. Internet yordamida ma'lumotlarni uzatish,
qabul qilish, boshqarish va tasvirlash mumkin.
? NAZORAT SAVOLLARI

    1. Internet nima?

    2. Internet tarixini bilasizmi?

    3. Internet tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

    4. Internetning qanday imkoniyatlari bor?

    5. Internetning axborot va kommunikatsion funksiyalari qanday?

    6. Internetga ulanish usullari qanday?




  1. Download 8.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 8.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. INTERNET TARIXI VA IMHONIYATLARI

Download 8.01 Mb.