bob. INTERNET ORQALI MULOQOT, XALQARO HONFERENSIYA VA FORUMLARDA




Download 8.01 Mb.
bet9/16
Sana02.12.2023
Hajmi8.01 Mb.
#109628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi

bob. INTERNET ORQALI MULOQOT, XALQARO HONFERENSIYA VA FORUMLARDA


ISHTIROH ETISH

Yorum tushunchasi. Internet tarmog‘ida forumlar web-sayt ko‘rinishida bo‘ladi va Web-forum deb ataladi. Web-forum — web- sayt tashrif buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan web-sayt sahifalari va uskunalari majmuyi. Qisqacha aytganda, forum bu web-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum web-saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o‘rtaga tashlashi va web-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin.


Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo‘lib, unda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biron-bir
mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo‘yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib, o‘z fikrlarini jo‘natishlari mumkin. Bu usulda muhokamada qatnashayotganlarni ko‘rmaysiz, faqat ularning fikrlari bilan tanishib chiqish mumkin. Forumda turli-tuman reja muhokama qilinadi. Bunda biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etish mumkin.
Milliy va xalqaro Internet forumlari. Internet forumlari alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlariga tibbiyot, dasturlash texno- logiyalari, dizayn va moda, kompyuter o‘yinlari va transport vositalariga bag‘ishlangan forumlar misol bo‘ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqat mo‘ljallangan sohaga oid reja muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o‘rtaga tashlash mumkin.
Xalqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • Medicinform.ru forumi — tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan bo‘lib, kasalliklar va ularni davolash, dori vositalar va ularni to‘g‘ri qo‘llash hamda tibbiyot bo‘yicha yuridik maslahat olish mumkin.

  • Progz.ru forumi — dasturlash texnologiyalaridan foydalanish,

kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo‘l- jallangan.

  • Avtomobili.by forumi — avtomobil ishqibozlari forumi bo‘lib,

unda avtomobil brendlari, rusumlari va turlari hamda ularni ta'mirlash, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish mumkin.

  • Stopforum.ru forumi — kompyuter o‘yinlari forumidir. Bunda

o‘yinlarning turlari, ularni o‘ynash sirlari va yuzaga kelgan muam- molar muhokama qilinadi.

  • Wild Design.ru forumida dizayn, moda va tasviriy san'at

ixlosmandlari va ijodkorlari fikr almashishadi. Bundan tashqari, ijodkorlar asarlaridan bahramand bo‘lish mumkin.
Uforum.u! — milliy forumi. Uforum.uz — milliy forum hisoblanib, u respublikamizning axborot texnologiyalari, ta'lim, madaniyat, moliya, sog‘liqni saqlash sohalarida hamda davlat sektori va elektron hukumat tuzilmasida ro‘y berayotgan masalalar muhokamasini o‘z ichiga oladi.
Forumlarda ishtirok etish tartibi:

  • forumdan ro‘yxatdan o‘tish. Forum qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga rioya qilish shart;

  • forumdan ro‘yxatdan o‘tishda rasmiy shaxslar login uchun o‘zlarining haqiqiy ma'lumotlarini ism-sharifi, shuningdek, ish joyi va lavozimi ham majburiy shartlarga kiradi;

  • ma'lumotlarni kiritish bilan birga foydalanuvchi profil uchun

avatar sifatida surat ham taqdim etishi lozim;

  • ma'lumotlarini oshkor qilishni istamagan foydalanuvchilar esa o‘zlari ma'qul deb topgan niklarni tanlashlari mumkin;

  • senzuraga oid so‘zlashuv, haqorat, fleym, offtop, spam va

reklama taqiqlanadi;

  • insonlar shaxsiyatiga tegadigan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid muhokamalar, resurslarga ishoralar, fayllar va tasvirlar nashr qilish taqiqlanadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq tarzda faoliyat

olib bormaydigan saytlarga ishorat joylash yoki shunday ma'lumotlarga ega bo‘lgan saytlardan ma'lumot joylash taqiqlanadi.
Bloglar va viki-saytdagi materialga i!oh berish hamda ma'lumot qoldirish.
Blog — bu tarkibi matn, tasvir va multimedia ma'lumotlaridan iborat bo‘lgan doimiy ravishda qo‘shilib turiladigan ma'lumotlar yoki izohlardan iborat bo‘lgan sayt. Bloglar, odatda, u yoki bu material web-sahifasi tarkibida mavjud bo‘lib, materialga berilgan izohlarni o‘zida mujassamlaydi.
Viki — bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘lgan web-sayt.
Ghat tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish. Chat deganda real vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta'minlab beruvchi dasturiy ta'minot tushuniladi. Forumlarga nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida sodir bo‘ladi.
Ghat — bu bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar, odatda, matn yozishish orqali yangiliklar bilan almashishadi yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, gaplashishadi. Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o‘zaro yozuv ko‘rinishidagi xabarlarni almashish orqali muloqot qiladi.
Internet orqali so‘!lashuv. Internet orqali o‘zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir-
birlari bilan aloqa o‘rnatishi tushuniladi. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya'ni ular qayerda bo‘lishidan qat'i nazar, Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skype, Mail Agent, Google Talk, ICQ kiradi.
Internet orqali so‘zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini kompyuterga ulab keltirilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so‘zlashib muloqot qilishlari mumkin. Bunda Internet orqali muloqot jarayoni foydalanuvchiga tezkorligi, arzonligi hamda sifatliligi bilan qulayliklar yaratib beradi.
Internet orqali video muloqot. Internet orqali video muloqot deganda foydalanuvchilar bir-birini kompyuter ekranida (onlayn tarzda) ko‘rib turishadi, ya'ni foydalanuvchilarning harakatli tasviri uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi qurilma web- kamera deb nomlanadi. Internet orqali video muloqot jarayonida muloqotda qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir-birining gapini eshitib qolmay, balki ko‘rib ham turishadi.
Web-kamera va uning ahamiyati. Web-kamera alohida qurilma bo‘lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va Internet tarmog‘i orqali muloqotda ishlatiladi.
Web-kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida web-kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.

6-rasm. Web-kamera.


Web-kamera foydalanuvchilarga ko‘p qulaylik yaratib beradi, ya'ni suhbat jarayonida foydalanuvchilar qayerda joylashganligidan qat'i nazar, bir-birlarini ko‘rib turishadi. Internet tarmog‘i orqali video muloqotlar Skype, Mail Agent, Google Talk, ICQ dastur- lari orqali amalga oshiriladi.

Skype, Mail Agent, Google Talk, ICQ daxturlari va ular orqali muloqot o‘rnatixh


Skype dasturi. Skype — bu Internet orqali kompyuterlararo so‘zlashuv aloqasini ta'minlab beruvchi tizimdir. Skype tizimi Internet orqali mobil va uy telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishda pulli xizmat ham ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bu tizim yordamida chat sifatida matn xabarlarini yuborish, video qo‘ng‘iroqlar hamda konferens aloqani ham amalga oshirish mumkin. Video qo‘ng‘i- roqlarni amalga oshirishda web-kameradan foydalaniladi.


Mail Agent dasturi. Mail.ru Agent — Mail.ru kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.ru dasturi tezkor xabarlarni almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari yordamida so‘zlashish, video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS xabarlarni jo‘natish hamda elektron pochtaga kelib tushgan xatlar to‘g‘risida ogohlantirish imkoniyatini ham taqdim etadi.
Google Talk dasturi. Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi. Google Talk dasturi matn ko‘ri- nishidagi xabarlarni almashish va tovushli so‘zlashish imko- niyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, Google Talk dasturi Gmail elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi bo‘lib, pochta qutisini boshqarish vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish uchun Gmail tizimida elektron pochta qutisiga ega bo‘lish kerak.
IGQ — hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan Internet muloqot dasturi hisoblanadi. Bu dasturning foydalanuvchilar soni 38 mln. dan oshib ketgan. Bu dasturda har bir foydalanuvchi shaxsiy raqamiga ega bo‘ladi. Qidiruvni amalga oshiradigan vaqtda ham ICQ raqamidan foydalaniladi. Foydalanuvchilar Internetga ulangan kompyuterda ushbu dasturni ishga tushiradi, shundan so‘ng dastur
avtomatik ravishda ICQ xizmati serveri bilan bog‘lanadi. Bog‘lanish amalga oshirilgandan so‘ng xabarlar almashish mumkin.
Twitter ommaviy axborotlarni jo‘natish ti!imi, undan to‘g‘ri foydalanish. Internet tarmog‘ida blog degan tushuncha ko‘p uchraydi. Blogda har bir foydalanuvchi o‘z fikrini qoldirishi va unga tahlil olishi mumkin. Twitter fikr almashish uchun mo‘l- jallangan kichkina blog hisoblanadi. Kichkina blog deyilishiga sabab belgilar soni 140 tani tashkil etadi, ya'ni siz 140 tadan ortiq belgini kirita olmaysiz.
Shundan qilib, Twitter axborotlarni jo‘natish tizimi web-sayt orqali matn xabarlarni, SMS xabarlarni, tabriklarni, minnat- dorchiliklarni hamda shunga o‘xshash turli ma'lumotlarni jo‘natish mumkin. Shuni unutmang, siz jo‘natgan xabar yoki ma'lumot barchaga Internet orqali ko‘rinadi. Shuning uchun xabarlarni yozishda va jo‘natishda axborotlardan foydalanish hamda ishlash madaniyati qoidalariga rioya qiling.
Internet orqali muloqot qilish va i!oh qoldirish madaniyati. Axborot saytlari tomonidan taklif qilinayotgan yoki ushbu axborot saytidan foydalanish oqibatida paydo bo‘layotgan barcha sharhlar, o‘zaro aloqa, taklif va fikrlar axborot saytining shaxsiy mulki hisoblanadi va ulardan axborot sayti tomonidan istalgan yerda va istalgan maqsadda dunyoning istalgan yerida ruxsatsiz ham foydalanish mumkin.
Shuning uchun saytlarda o‘zingiz to‘g‘ringizdagi ma'lumotlar yoki materiallarga izohlar kiritishda ehtiyot bo‘ling. Izohlar qoldirishda birovning nafsoniyatiga tegadigan ma'lumotlarni, har xil nojo‘ya so‘zlarni yozishdan saqlaning. Axborotdan foydalanish madaniyatiga rioya eting.
? NAZORAT SAVOLLARI

    1. Forum tushunchasiga izoh bering.

    2. Milliy va xalqaro Internet forumlari haqida so‘zlab bering.

    3. Forumlarda ishtirok etish tartibi qanday?

    4. Chat tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish qanday amalga oshiriladi?

    5. Internet orqali video muloqot amalga oshirish usullari.

    6. Web-kamera va uning ahamiyati nimalardan iborat?

  1. bob. INTERNETNING AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH

Axborot xavfsi!ligini ta'minlash. Axborot xavfsizligini ta'min- lash — bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga qo‘yilgan me'yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun'iy xarakterga ega tasodifiy hamda uyushtirilgan ta'sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim obyektlarining himoyalanganligidir.


Login tushunchasi. Login — shaxsning, o‘zini axborot kom- munikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foyda- lanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
Parol tushunchasi. Parol — uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma- ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi maxfiy so‘zdan iborat. Avtori!atsiya tushunchasi. Avtorizatsiya — foydalanuvchining resursdan foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba'zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi. Avtorizatsiya shaxs harakati
doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi. Ro‘yxatdan o‘tish — foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va ularga dasturlar va ma'lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim web-saytlar foydalanuvchilarga qo‘shimcha xizmatlarni olish va pulli xizmatlarga obuna bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya'ni o‘zi haqida ayrim ma'lumotlarni kiritishni (anketa to‘ldirishni) hamda login va parol olishni taklif qiladi. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizimda unga qayd yozuvi (account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli axborotlar saqlanadi.
Login va parolga ega bo‘lish shartlari. Biror shaxs o‘zining login va paroliga ega bo‘lishi uchun u, birinchidan, axborot kommuni- katsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak va shundan so‘ng u o‘z logini va parolini o‘zi hosil qilishi yoki tizim tomonidan berilgan login parolga ega bo‘lishi mumkin. Login va parollar ma'lum uzunlikdagi belgilar ketma-ketligidan tashkil topadi. Login va parol-
larning uzunligi hamda qiyinligi uning qanchalik xavfsizligini, ya'ni buzib bo‘lmasligini ta'minlaydi.
Login va parolni bu!ish. Login va parolni buzish — bu buzg‘unchining biron maqsad yo‘lida axborot-kommunikatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish uchun qonuniy tarzda foydalanuv- chilarga tegishli login va parollarini buzishdir. Bunda maxsus dastur yordamida login va parollar generatsiya qilib topiladi. Login va parollarning uzunligi bu jarayonning uzoq vaqt davom etishiga yoki generatsiya qila olmasligiga ishora bo‘ladi.
Login va parolni o‘g‘irlash. Login va parolni o‘g‘irlash — bu foydalanuvchilarning maxfiy ma'lumotlari bo‘lgan login va parollarga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan Internet firibgarligining bir turidir. Bu mashhur brendlar, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, banklar va boshqa servislar nomidan elektron xatlarni ommaviy jo‘natish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Xatda, odatda, tashqi ko‘rinishi asl saytdan farq qilmaydigan saytga to‘g‘ri ishora mavjud bo‘ladi.
Bunday saytga tashrif buyurgan foydalanuvchi firibgarga akkauntlar va bank hisob raqamlariga kira olishga ega bo‘lishga imkon beruvchi muhim ma'lumotlarni bildirishi mumkin. Fishing — ijtimoiy injeneriyaning bir turi bo‘lib, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan. Jumladan, ko‘pchilik servislar qayd yozuvisiz ma'lumotlari, parol va shu kabi ma'lumotlarni yuborishni so‘rab hech qachon xat yubormaydi.
Resurslardan ruxsatsi! foydalanish va uning oqibatlari. Axborot- kommunikatsiya tizimining ixtiyoriy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan hamda axborot tizimi taqdim etadigan imkoniyat mavjud bo‘lgan resurslardan belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lmagan holda foydalanishni cheklash qoidalariga rioya qilmasdan foyda- lanish — bu resurslardan ruxsatsiz foydalanish toifasiga kiradi. Bunday foydalanish natijasida quyidagi oqibatlar yuzaga kelishi mumkin:

  • axborotning o‘g‘irlanishi;

  • axborotni o‘zgartirish;

  • axborotning yo‘qotilishi;

  • yolg‘on axborotni kiritish;

  • axborotni qalbakilashtirish va h.k.

Kompyuter virusi. Virus — bu fayl va tizimni zararlovchi dasturdir. Shuni ham unutmang, viruslar qaysidir ma'noda «mustaqil» das- turdir, ya'ni ular o‘zini o‘zi boshqaradi, bajarilishi lozim bo‘lgan
amallar esa (zararli yoki zararsiz bo‘lishi mumkin) viruslarni yaratuvchi mutaxassislar tomonidan ularning tarkibiga oldindan kiritiladi. Shu sababdan foydalanuvchi istagidan qat'i nazar, o‘zini o‘zi yuklovchi dasturlar ham virus sirasiga kiradi.
Virus qanday ishlaydi? Ma'lumki, kompyuterda dasturiy va oddiy fayllar mavjud. Odatda, virus o‘z «tana»sini dasturiy faylga joylashtiradi va tizim ish jarayoni boshlanganidan, ya'ni kompyuter yuklanishi bilan faollashadi. Bundan tashqari, viruslar yuklovchi vositalarga o‘rnashib, tizim ishga tushgan vaqtda uni ham ishga tushiradi.
Virus infeksiyasi obyektga o‘z tanasini joylashtirish orqali yuqib, o‘z nusxasini yaratadi va qo‘shimcha fayllarga birikish tarzida kelgusi
«hayoti»ni kechiradi. Dastavval, viruslar disketalar orqali yuqqan bo‘lsa, bugun ularning aksariyati Internet orqali tarqaladi. Ularning funksional imkoniyatlari ham tobora kengayib, hatto bir-birlarini to‘ldirishga ham qodir dasturlar yaratilmoqda.
Viruslarning «biologik turlari» va tarqalish yo‘llariga ko‘ra, bir necha xili mavjud. Viruslarni quyidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra farqlash mumkin:

  • zararlovchi obyektlarga ko‘ra (fayl viruslari, yuklanuvchi

viruslar, skript-virus, makroviruslar, dastlabki kodni zararlovchi viruslar, tarmoq qurtlari);

  • zararlantiruvchi operatsion tizim va platformalarning turiga

ko‘ra (DOC, Microsoft Windows, Unix, Lynux);

  • virus tomonidan qo‘llaniladigan texnologiyaning turiga ko‘ra (polimorf viruslar, stels-viruslar, rutkitlar);

  • virus yozilgan dasturiy tilga ko‘ra (assembler, dasturlashning

yuqori darajali tillari, skript tili va boshqalar);

  • qo‘shimcha zararli vazifalarga ko‘ra (bekdorlar, keyloggerlar, shpionlar, botnetlar va h.k.).

Ularning har biri bir xilda zararli bo‘lishi bilan birga, vazifalariga ko‘ra alohida, o‘ziga xos harakatlarni amalga oshiradi. Viruslarning eng keng tarqalgan turlari quyidagilardir: troyan viruslari, polimorf va polimorf bo‘lmagan shifrlanuvchi viruslar, stels-viruslar, retro- viruslar, tarkibiy viruslar va makroviruslar.
Kompyuter virusi — bu o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot, dasturlarga zarar yetkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisob- lanadi.
Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o‘zidan nusxa ko‘chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U o‘zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta ko‘paytirib va tarqatib hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va buzilishlarga sabab bo‘ladi va biror hodisa yuz berishi bilan, masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin.
Viruslarning turlari va va!ifalari. Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash mumkin:

    • yashash makoni;

    • operatsion tizim;

    • ishlash algoritmi xususiyati.

Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda, viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi obyektlarining xili bo‘yicha turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi.
Fayl viruslari turli usullar bilan bajariluvchi fayllarga kiritiladi (eng ko‘p tarqalgan viruslar xili) yoki fayl yo‘ldoshlar (kompanon viruslar) yaratadi yoinki faylli sistemalarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.
Yuklama viruslar o‘zini diskning yuklama sektoriga (boot sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bo‘lgan sektorga yozadi. Yuklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi.
Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini va fayllarini, xususan, Microsoft Word, Microsoft Excel kabi ommaviy muharrirlarning fayl-hujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq viruslari o‘zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari, elektron pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba'zida tarmoq viruslarini «qurt» xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet bo‘yicha tarqaladi), IRS- qurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat) bo‘linadi.
Kompyuter viruslarining vazifalari, odatda, to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi:

    • virusni xotiraga yuklash;

    • qurbonni qidirish;

    • topilgan qurbonni zaharlash;

    • destruktiv funksiyalarni bajarish.

Viruslarga qarshi kurashish usullari. Hozirgi kunda kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus
dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu dasturlar kompyuter viruslarini aniqlash va yo‘qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar yoki antiviruslar deb yuritiladi. Antivirus dasturlariga AVP, Doctorweb, Nod 32 dasturlarini kiritish mumkin. Umuman, barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta'minlaydi.
Viruslarga qarshi kurashishning quyidagi usullari mavjud:

  1. Muntazam profilaktika ishlarini, ya'ni virusga tekshiruv ishlarini olib borish.

  2. Taniqli virusni zararsizlantirish.

  3. Taniqli bo‘lmagan virusni zararsizlantirish.

Hujum tushunchasi. Hujum tushunchasi — buzg‘unchining biron-bir maqsad yo‘lida axborot-kommunikatsiya tizimlarining mavjud himoyalash tizimlarini buzishga qaratilgan harakati.
Axborot hujumlari va undan saqlanish qoidalari. Axborot hujumlari, odatda, uchga bo‘linadi:

  1. Obyekt haqida ma'lumotlar yig‘ish (razvedkalash) hujumi.

  2. Obyektdan foydalanishga ruxsat olish hujumi.

  3. Xizmat ko‘rsatishdan voz kechish hujumi.

Axborot hujumlaridan saqlanishda, birinchi navbatda, axborot- kommunikatsiya tizimi obyektlariga qilinayotgan hujumlarni topib olishda qo‘llaniladigan mexanizm va vositalarni qo‘llash kerak. Bularga tarmoqlararo ekran (FIREWALL) va hujumlarni aniqlash (IDS) vositalarini misol tariqasida keltirish mumkin.
? NAZORAT SAVOLLARI

    1. Axborot xavfsizligini ta'minlash qanday amalga oshiriladi?

    2. Login, Parol, Avtorizatsiya tushunchalariga izoh bering.

    3. Ro‘yxatdan o‘tish tartibini tushuntiring.

    4. Login va parolga ega bo‘lish shartlari nimalardan iborat?

    5. Kompyuter viruslari haqida nimalarni bilasiz?




  1. Download 8.01 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 8.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. INTERNET ORQALI MULOQOT, XALQARO HONFERENSIYA VA FORUMLARDA

Download 8.01 Mb.