bob. INTERNET TARMOG‘INING BIBLIOGRAFIH RESURSLARI




Download 8.01 Mb.
bet6/16
Sana02.12.2023
Hajmi8.01 Mb.
#109628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Internet Server Kutubxona a
Aka uka Grimmlar \'\'Botir tikuvchi\'\' dars ishlanma, 13-MAVZU FARM TEXn, 48 dars J, dj undoshlarining talaffuzi va imlosi, Biokimyo, ЯДА буйруги-2023 NamMTI, Laboratoriya ishi, 7488-3264-f863-72dc-d185-6538-2192, оила ишчи дастур 18-19 янги2, O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi t, Akkreditatsiya, NATURAL VA TOVAR XOʼJALIGI ULARNING BELGILARI yangilangan, O’zbekistonda uchraydigan baliqlar, tur tarkibi va ularning tarqalishi

bob. INTERNET TARMOG‘INING BIBLIOGRAFIH RESURSLARI


Web-sahifa tushunchasi va shakli. Man!il qatori (aapecnaя cmpoкa). Internetga sayohat qilishdan oldin kerakli manzil tan- lanadi (masalan, yandex.ru), so‘ng Enter tugmasi bosiladi. Sahifa- larni yangilash uchun manzilni yangidan kiritish kerak bo‘lmaydi,


ishni sichqoncha yordamida davom ettiramiz. Manzil qatoridagi manzilning to‘liq shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin, ammo, http:// prefiksini yozish ko‘p hollarda shart emas, chunki u manzildan oldin avtomatik ravishda qo‘yiladi, ba'zan WWWni ham yozish shart bo‘lmaydi, negaki, brauzer uni o‘zi qo‘shib, manzilni aks ettiradi. Elektron manzilni yozayotganda harflarning katta yoki kichikligi ham muhim emas. Internetda davomiy ishlab, turli sahifalardan foydalanish natijasida brauzerning manzil qatori kengayib, keyingi safar manzillar kiritilganda, brauzer foyda- lanuvchiga yordam tariqasida o‘xshash e-manzillarning ro‘yxatini taklif etadi, bu esa, o‘z navbatida, ish faoliyatini ancha yengil- lashtiradi.
Internet manzili (UPL) bilan bir xil ma'noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U web-saytning tarkibiy qismidir. Web-sahifa biror voqelik, hodisa yoki obyekt to‘g‘risida ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayldir. Web-serverlar bazasi web-saytlardan iborat bo‘lsa, web saytlar esa, o‘z navbatida, sahifalardan iborat bo‘ladi. Fizik nuqtayi nazardan u HTML turidagi fayldir. Web-sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo‘lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.
Web-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha «site» (joy, joylashish) so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjahon o‘rgimchak to‘ri ma'lum axborotni topish mumkin bo‘lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Ushbu manzil web-saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo‘ladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP texnologiyalari yor- damida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma'lumot- lardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Web-saytni ochish uchun brauzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli web-saytning manzili kiritiladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Web-portal tushunchasi. Web-portal (ing. «portal» — darvoza so‘zidan olingan) — bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, yangiliklar, forumlar va h.k) ko‘rsa- tuvchi yirik web-sayt. Portallar gorizontal (ko‘p pejani qamrovchi) va vertikal (ma'lum mavzuga bag‘ishlangan, masalan, avtomobil
portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan, uznet yoki runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek, ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin.
Web-saytlarning toifalari va va!ifalari. Web-saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va hodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imijini yaratadi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:

  1. Ta'lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta'lim muassasalari, ilmiy- tadqiqot muassasalari va masofaviy ta'lim saytlari kiradi, masalan, edu.uz, eduportal.uz

  2. Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga, asosan, reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.

  3. Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga Internet do‘konlar, Internet to‘lov tizimlari va Internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan, websum.uz, webmoney.ru, egold.com

  4. Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yin- lariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kino- namoyishlarga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan, mp3.uz, melody.uz, cinema.uz

  5. Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do‘stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan, sinfdosh.uz, ud.uz, odnoklassniki.ru

  6. Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.

Internetga resurslarni joylashtirish va ko‘chirib olish. Yayllarni ko‘chirib olish. Internet sahifalarida nafaqat matnli, balki video, audioformatdagi foto va grafika ko‘rinishidagi cheklanmagan ma'lumotlar mavjud.
Foydalanuvchilar ularni tomosha qilibgina qolmay, hatto o‘zlariga ko‘chirib olishi ham mumkin. Buning uchun brauzerga maxsus rukn orqali buyruq berish kifoya. Ammo biz yuqorida keltirib o‘tgan aksariyat brauzerlarda bunday imkoniyat biroz cheklangan. Masalan, «Internet Explorer»dagi ko‘chirish qismi u qadar qulay- liklarga ega emas, «Opera»da esa bu xizmat biroz mukammallashgan. Bu brauzer istalgan faylni ko‘chirib olishdan avval, foydala- nuvchidan saytni ochib berish yoki ko‘chirish zarurligi haqida ma'lumot so‘raydi.
Berilgan buyruq asosida u birinchi holda saytni yuklab, yangi oynada ochib beradi, ikkinchi holatda esa uni qayerga va qaysi
formatda saqlash kerakligi borasida ma'lumot so‘raydi. Foy- dalanuvchi buyrug‘iga ko‘ra, faylning ko‘chirilish jarayoni boshlanadi. Alohida oynada esa foizlarda faylni ko‘chirilish darajasi, bunga sarflangan vaqt va ulanish tezligi kabi axborotlarni kuzatish mumkin.
Axborotni serverga joylashtirish bir necha usulda amalga oshiri- ladi. Masalan, «Plesk» tizimi, FTP mijoz dasturlari yoki web- interfeys orqali resurslarni Internetga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma'lumotlar server kompyuter xotirasi- dagi ajratilgan joyga joylashtiriladi. Biror ma'lumotni Internetdagi kompyuterga joylashtirish uchun foydalanuvchi, albatta, shu tizimda qayd qilingan bo‘lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi.
Ma'lumotlarni yuklab olish web-interfeys yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘rilgan web-saytdagi ma'lumotlarni Internet brauzerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko‘rinishidagi ma'lumotlarni yuklab olish kerak bo‘lsa, u holda fayllarni yuklab olishga mo‘ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Internetda man!il tushunchasi va Internet resurslari man!ili. Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil — URL deb ataladi. Internetdagi manzil, odatda, quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL manzil deb ham ataladi.
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi quyida- gicha: http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz.
Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma'lumotlarning tagiga chiziladi.
Namunadan ko‘rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismdan iborat. O‘ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) — domenning ikkinchi sathi va h.k. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon reja yoki geografik joylar bo‘yicha nomlanadi.
Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko‘rinishda ifodalanadi: http://www. sayt nomi. sayt sohasi. davlat kodi.
Yangi saytni tashkil qilishdagi tashkiliy masalalardan biri bu domen nomini tanlash va uni ro‘yxatga olishdir. Ushbu jarayon O‘zbekistonda ham nomarkazlashgan tartibda tashkil etilgandir. Ya'ni Internetning UZ hududida taqsimlangan ro‘yxatga olish tizimi amal qiladi. Unga ko‘ra, uch darajali o‘zaro aloqalar modeli tashkil etilgan.
UZ domenining administratori UZ domenining asosiy ro‘yxati (reyestr)ni boshqaruvchi davlat tomonidan vakolatlangan tashkilot bo‘lib, u UZ domenining rivojlanish yo‘nalishlarini ham belgilaydi. Milliy axborot resurslarining rivojlanishi va jahon axborot hamjamiyatiga kirib borishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘i milliy segmentni rivojlantirish dolzarb masala hisoblanadi.
2000-yil 27-martda Internet manzillari va nomlarini belgilash Korporatsiyasi (ICANN) tomonidan imzolangan ccTLDuz ga homiylik qilish kelishuviga ko‘ra, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi O‘zbekistonning yuqori darajali UZ (ccTLDuz) domen zonasi- ning ma'muri etib belgilangan.
Milliy axborot resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarorlari va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida UZ milliy domen hududidagi domen nomlarining soni yildan yilga ortmoqda. Jumladan, 2015-yil 4-dekabr holatiga ko‘ra, UZ milliy domen hududidagi domen nomlarining soni 25060 tani tashkil etadi, yil boshiga nisbatan bo‘lgan o‘sish 124 % ga teng.
Ro‘yxatga oluvchi UZ domenlarini ro‘yxatga oluvchi yuridik shaxs bo‘lib, UZ domenining ma'muriyati bilan o‘zaro shartnoma asosida domenlarni ro‘yxatga olish va domen nomi haqidagi zarur ma'lumotlarni asosiy ro‘yxat (reyestr)ga kiritilishini ta'minlovchi xizmatni amalga oshiradi. Domen nomining ma'muriyati (sayt egasi) — yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lib, domen uning nomiga ro‘yxatga olinadi. Demak, mazkur uchlikdagi har bir a'zo o‘z vazifasi va o‘z vakolatlariga egadir. Ta'kidlash kerakki, bizning UZ milliy Internet hududimizning tarkibi ko‘p jihatdan bularning eng so‘nggisi, ya'ni domen nomining ma'muriyatiga bog‘liq. Negaki, aynan sayt egalari mamlakat axborot makonining mazmuni va tarkibini yaratadi.
O‘!bekiston Respublikasi hukumat portali. Vazirlar Mahka- masining 2007-yil 17-dekabrdagi «Internet tarmog‘ida O‘zbekiston
Respublikasining hukumat portalini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan.
Asosiy maqsadlari:

    1. Respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasi hukumati faoliyati to‘g‘risida, respub- likaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini ta'minlash;

    2. Tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;

    3. Axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashkilotlarning xabardorligi darajasi o‘sishi hisobiga tashki- lotlar faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko‘mak- lashish;

    4. Axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillash- tirish.

O‘tgan vaqt mobaynida portal yangi ma'lumotlar bilan to‘ldirilib, kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarini mukammallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb, tezkor ma'lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-yanvar- dagi «Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan
«Qo‘shimcha modullar (G to B va G to C) kiritilgan yangi platformadagi yangi hukumat portalini ishga tushirish» loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009-yil 1-oktabrdagi Internet tarmog‘ida asosiy domen www.gov.uz manzili bo‘yicha joylashtirildi.
ZiyoNet ta'lim tarmog‘i va undan foydalanish. ZiyoNet jamoat axborot ta'lim tarmog‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A. Karimovning 2005-yil 28-sentabrdagi «O‘zbekiston Respub- likasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘ri- sida»gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
ZiyoNet tarmog‘ining asosiy maqsadi ta'lim tizimida respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot- kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
ZiyoNet portali. ZiyoNet axborot ta'lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek, aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta'minlash, AT sohasida kerakli ma'lumotlarni berish, muloqot qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z zimmasiga oladi.
Yoydalanuvchilar. ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan foyda- lanuvchilarga ZiyoNet portali o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan:

  • ZiyoNet portalining kutubxonasiga axborot-ta'limiy ma'lu-

motlarni joylashtirish;

  • uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satellitlarni yara- tish;

  • ZiyoNet portalining yopiq bo‘limlariga kirish va u yerdan

ma'lumot olish;

  • ZiyoNet axborot-resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida qat- nashish.

ZiyoNet tarmog‘iga ulanish. Hukumat qaroriga muvofiq, barcha ta'lim muassasalari (ulanish obyektlari) ZiyoNet axborot ta'limiy tarmog‘i negizida birlashishlari kerak.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim Markazi, Xalq ta'limi vaziriligi va Davlat test markazi web- saytlari va ulardan foydalanish.
Ushbu ta'lim vazirliklari saytlari o‘zlarida oliy ta'lim va uning faoliyati, oliy ta'lim muassasalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va uning faoliyati, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari, xalq ta'limi va uning faoliyati, respublika maktablari, ta'limning me'yoriy hujjatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni mujassamlagan.
Ta'lim muassasalari vazirliklari saytlari manzillari:

  1. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi web-sayti: www.edu.uz.

  2. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi web-sayti: www.markaz.uz.

  3. Xalq ta'limi vazirligi web-sayti: www.eduportal.uz.

  4. Davlat test markazi web-sayti: www.dtm.uz.

Masofaviy ta'lim va uning ahamiyati. Masofaviy ta'lim — bu o‘qituvchi va o‘quvchi bir-biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgani sababli, axborot texnologiyalardan foydalanilgan holda ta'lim berish mexanizmi.
Bu ta'lim turining bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta'lim tashkil qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan mintaqalar mavjudligi), mamlakatni kompyuter- lashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommuni- katsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta'lim uchun muta- xassislar mavjudligi, ta'lim sohasida informatsion va kommu- nikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta'lim sohasidagi odatlari.
Masofaviy ta'lim modellari:

    1. birlamchi model;

    2. ikkilamchi model;

    3. aralashgan model;

    4. konsorsium;

    5. franchayzing;

    6. validatsiya;

    7. uzoqlashgan auditoriyalar;

    8. proyektlar.

Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo‘lgan web-saytlar va ularning ahamiyati. Internetning ichki tahdidlari tarmoq axborot mako- nining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlardir. Bular: tarmoqning ortiqcha yuk- langanligi tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning ma'lu- motlarni yo‘q qilishi yoki o‘zgartirishi, bog‘lamalar va trafikni
«chetlab o‘tish» yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyush- tirgan hujumlari; kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avariyalari; axborot-izlash tizimlarining mukam- mal emasligi; protokollarning «ma'naviy» eskirib qolishi va boshqalar.
Internetning tashqi tahdidlari foydalanuvchilar uchun salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar. Tashqi tahdidlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin:

  • texnologik: tezligi sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning

unumsiz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot «toshqini» va h.k.;

  • ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga

bo‘lgan ta'sir; insonning shaxsiy ongiga bo‘lgan ta'sir; axborot terrori, jinoyati va boshqalar.
? NAZORAT SAVOLLARI

  1. Web-sahifa haqida ma'lumot bering.

  2. Web-sayt turlarini ayting.

  3. Web-portal nima?

  4. Web-saytlarning toifalarini aytib bering.

  5. Manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili haqida aytib bering.

  6. ZiyoNet qanday tarmoq?

  7. Masofaviy ta'lim nima?

  8. Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo‘lgan web-saytlar va ularning ahamiyati haqida so‘zlab bering.




  1. Download 8.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 8.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



bob. INTERNET TARMOG‘INING BIBLIOGRAFIH RESURSLARI

Download 8.01 Mb.