896
boshqa muassasalarni barcha zarur tovarlar, yuqori sifatli ishlar hamda xizmatlar
bilan zarur miqdorda va maqbul narxlarda ta’minlaydi.
Bugungi kunda davlat xaridlari sohasida kuzatilayotgan muammo va
kamchiliklar koʼplab noqulaylik va eʼtirozlarni keltirib chiqarayotgani hech kimga sir
emas. Masalan, xaridlarning aksariyat qismi ularning ochiqligini
va shaffofligini
taʼminlovchi axborot-kommunikatsiya tizimidan foydalanmagan xolda amalga
oshirilishi, xarid qilish tartib-taomillarini, shartnoma majburiyatlarini monitoring va
nazorat qilish tizimi bugungi kun talablariga javob bermayotganligi, shu bilan birga
davlat xaridlari jarayonidagi shikoyatlarni koʼrib chiqish tizimining samaradorlik
koʼrsatkichi pastligi hamda davlat buyurtmachilari
tomonidan davlat xaridlari
sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etmaslik xolatlari ham mavjud. Bu esa
oʼz navbatida davlat buyurtmachilari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishda
vaqtdan yutqazishiga, shuningdek investitsiya dasturlari doirasidagi loyihalarning
kechikishiga olib kelmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati davlat
xaridlari tizimini takomillashtirish masalalariga katta e’tibor qaratmoqda, masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi PQ–4544-sonli
“
Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga
tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
, 2021 yil 24
iyuldagi
PQ–5197-sonli
“E
lektron
onlayn-auksionni
o‘tkazish
tartibini
soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar
huquqlarining
ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori,
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi 276-sonli “
Davlat
xaridlarini amalga oshirish bilan bog’liq tartib-taomillarni tashkil etish va o’tkazish
tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori
va boshqa bir qator
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ularga muvofiq davlat xaridlari bo‘yicha
Respublika komissiyasi tuzildi. Ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani
yaxshilashga doir takliflarni ishlab chiqish ushbu Respublika komissiyasining
vazifalari doirasiga kiradi.
897
Davlat xaridlari bo‘yicha
Respublika
komissiyasining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat
44
:
davlat xaridlarining ochiq va shaffof o‘tkazilishini, davlat buyurtmachilari
tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi
ustidan tizimli nazoratni
amalga oshirish;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridining maqsadga muvofiqligini, davlat
buyurtmachilari tomonidan boshlang‘ich narxlarning qonunchilik hujjatlariga
muvofiq shakllantirilishini monitoring qilish;
korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat kafolatisiz tashqi qarz
mablag‘lari jalb qilinishini nazorat qilish;
davlat buyurtmachilarining qiymati 1 million AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan
shartnomalarini, shu jumladan import shartnomalarini xatlovdan o‘tkazish, ularni
maqbullashtirish choralarini ko‘rish;
korporativ buyurtmachilar tomonidan tashqi qarz mablag‘larining jalb
qilinishi, ushbu mablag‘lar hisobidan loyihalarning moliyalashtirilishi va amalga
oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish,
shuningdek, ularning samaradorligi va
natijadorligini tahlil qilib borish hamda tashqi qarz hajmlarini maqbullashtirish
bo‘yicha choralarni ko‘rish;
davlat buyurtmachilari rahbarlarining davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash
va samaradorligini oshirish bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish.
Davlat xaridlarini amalga oshirishda g‘aznachilik tizimidan foydalanishni
kengaytirish borasida aloxida mexanizm ishlab chiqilishi va amalda qo‘llanilishi,
kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xarid
qilish, ko‘rsatilayotgan ish va xizmatlarga doir davlat buyurtmalarini joylashtirish
bo‘yicha ochiq elektron tizimning bosqichma-bosqich joriy etilishi natijasida davlat
byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishga erishiladi.
44
Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi
Nizom. O‘zR.
Prezidentiining “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori. 2021-yil 2 iyul, 5171-son. 3-ilova.
898
«O‘zbekistonda byudjet tizimini isloh qilish» loyihasi
faoliyatining asosiy
yo‘nalishlaridan biri davlat xaridlari tizimini takomillashtirishda O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatiga ko‘mak berishdan iboratdir. Loyihaning ushbu
yo‘nalishdagi faoliyati 2025 yilga qadar Davlat xaridlari tizimini yanada
rivojlantirish
strategiyasini,
«Davlat
xaridlari
to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni hamda xaridlarning asosiy tartib-taomillariga doir qonun osti
hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishga, shuningdek metodik materiallarni
tayyorlashga qaratilgan.
Bu borada rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanish va
ulardan mintaqamiz sharoitiga to’g’ri keladiganlaridan foydalanish amaliyotini
yo’lga
qo’ishimiz
lozim.
Xorijiy
mamlakatlarda
byudjet
mablag'lari
sarflanishining samarali yo'lga qo'yilganligi ularning
sezilarli amaliy tajribasi
bilan ifodalanadi. Byudjet mablag'larining asosiy xarajatlari turkumida davlat
xaridlari o'ziga xos o'ringa ega. AQSH, Avstraliya, Kanada, Argentina, Xitoy,
Germaniya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarning davlat ehtiyojlarini qondirish
uchun tovar, ish, xizmatlar xaridi tashkilotlarining o’ziga xos tajribasi bizda
qiziqish uyg'otadi. Quyida bir necha xorijiy mamlakatlarning davlat xaridi
jarayonidagi o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqamiz: