934
3. O'zbekistondagi byudjet hisobi va hisobotlarini xalqaro moliyaviy hisobot
standartlariga muvofiq avtomatlashtirish uchun “DMBAT” va “O`zASBO” kabi
dasturiy majmualarni yanada modernizasiyalash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu esa
albatta iqtisodiyot va moliya vazirligining tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Har bir
byudjet tashkiloti jumladan oliy ta`lim muassasalari ham “O`zASBO” dasturiy
majmuasida hisob va hisobot ishlarini yuritishda dasturga o`zgartirishlar kiritish
imkoniyati mavjud emas.
Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida, “UzASBO" dasturiy majmuasida
oliy ta`lim muassasalarida to`lov-kontrakt shakli mablag`lari bo`yicha daromadlar va
ularning birlamchi hisob-kitob ishlarini to'g'ri, aniq va o'z vaqtida sifatli yuritilishi,
to`lov-kontrakt mablag`lari harakati to`g`risidagi moliyaviy hisobotlarni tuzilishida
aniqliklarga erishiladi.