BYUDJET TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDIT TADBIRLARINI




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/452
Sana27.06.2024
Hajmi8,84 Mb.
#265988
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   452
Bog'liq
QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

BYUDJET TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDIT TADBIRLARINI 
O’TKAZISHDA AUDITORLIK TANLASHDAN FOYDALANISHNING 
AHAMIYATI 
Xamidova Z.U. 
TMI, “Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi”
kafedrasi dotsenti, PhD.
Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi ko‘p hollarda mavjud bo‘lgan 
barcha ma’lumotlarni tekshirmaydi, chunki bu odatiy usul hisoblanmaydi va audit 
o‘tkazishda auditning tanlov usulidan foydalanib ishonchli xulosa chiqarish mumkin. 
Tanlab tekshirish bu ham muvofiqlik ham asosli testda foydalanish mumkin 
bo‘lgan ma’lumotlar testidir. 
Tanlab tekshirish ko‘p hollarda asosli test sifatida qo‘llanadi va u hisob-kitob 
qaydlarining to‘g‘riligi haqida audit dalillarini taqdim qiladi. Biroq bu uzoq vaqtni 
oladigan jarayondir (agar ob’ekt 100% tekshirish mumkin bo‘lgan katta vositalardan 
tashkil topmagan bo‘lsa). 
Tanlab olish shuningdek muvofiqlik testi sifatida ham qo‘llanishi mumkin.
Yaxshi ishlab chiqilgan va ahamiyatga ega bo‘lgan mavjud tizimni testlash yo‘li 
bilan nazorat qilish orqali audit samaradorligi oshadi.


118 
Izohlar
Auditda tanlab tekshirish audit jarayonining tekshirilayotgan 100% elementlari 
ichidan ma’lum qismini tanlab olib, tanlangan qismni to‘liq tekshirish imkoniyatini 
yaratadi. Bu auditorga tanlangan elementlarning ba’zi xususiyatlari haqida audit 
dalillarini qo‘lga kiritish hamda ularni baholash imkonini berib, shular asosida 
auditor butun holat haqida xulosa chiqarishi mumkin bo‘ladi. 
Ba’zi tegishli izohlar: 
● Jami ma’lumotlar to‘plami: Barcha ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, undan 
tegishli qism tanlab olinadi hamda auditor shu namuna orqali tegishli xulosa 
chiqaradi. 
● Tanlov riski: Auditorning tanlab tekshirishga asoslangan xulosalari jami 
ma’lumotlar to‘plamiga huddi shu audit jarayoni qo‘llanilganda farqlanishi 
mumkinligi riskiga aytiladi.
● Tanlov birligi: Jami ma’lumotlar to‘plamni tashkil qiluvchi individual 
qismlar. Bu moddiy vosita (bank balansidagi kreditlar, oldi-sotdi schet-fakturalar, 
debitorlik qarzlari) yoki monetar birlik ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
● Statistik tanlov: Tanlab olingan elementlarini tasodifiy tanlash va tanlov 
riskini o‘lchashni o‘z ichiga oluvchi tanlov natijalarini baholashda ehtimolllar 
nazariyasidan foydalanishdir. Ushbu xususiyatlarga ega bo‘lmagan tanlab olish usuli
statistik bo‘lmagan tanlab olish usuli hisoblanadi.
● Tabaqalash: Ma’lumotlar jami to‘plamlarni o‘xshash jihatlarga, odatda 
monetar qiymatga ega tanlab olish guruhlari hisoblangan kichik ma’lumotlar 
to‘plamga ajratish jarayonidir. 
● Qoniqarli xatolar/farqlar. Tanlab tekshirishda aniqlangan hamda auditor 
tomonidan tegishlicha ishonch hosil qilingandan so‘ng qabul qilinadigan 
xato/farqlarning umumiy miqdori. Qoniqarli xatolar ahamiyati past bo‘lib, auditorga 
individual audit jarayonlari natijalarini baholash imkonini beradi, so‘ng ushbu 
natijalarni birlashtirish va auditda natijaga erishishga imkon beradi.
Tanlab olish turlari. 
Tanlab olish turlari quyidagilardan iborat: 


119 
● Tasodifiy tanlash: Bunda tanlov oldindan belgilab olinmaydi; jami 
ma’lumotlar to‘plamidagi har bir birlik bir xil tanlanish imkoniyatiga ega. 
● Tabaqalangan tanlash: Jami ma’lumotlar to‘plamini kichik to‘plamlarga 
ajratish uchun hizmat qiladi; odatda har bir kichik guruhdan tasodifiy tanlov amalga 
oshiriladi va tekshiriladi. 
● O‘lchov namunalarini olish: Baho berilayotgan jami ma’lumotlar to‘plami 
xususiyatlarini aniqlash uchun hizmat qiladi. 
● O‘zgaruvchan tanlash: Jami ma’lumotlar to‘plami xususiyatlarining monetar
ta’sirini aniqlash uchun hizmat qiladi.
● Baholangan tanlash: Auditorning malakali xulosalariga asoslanadi; mavjud 
deb hisoblangan holatga diqqatni qaratish hamda uni tasdiqlashni nazarda tutadi. 
Tanlov shakli 
IAMNB yetarli, ishonchli, tegishli hamda foydali audit dalillarini qo‘lga kiritish 
uchun audit namunalarini ishlab chiqadi hamda tanlaydi. 
Namunalashni ishlab chiqishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar: 
● Ahamiyatga ega bo‘lgan xatolar va nomutanosibliklar riski. 
● Audit jarayonining maqsadlari hamda tanlab olinishi ko‘zda tutilgan jami 
ma’lumotlar to‘plamining jihatlari. 
● Tanlash riskini mumkin bo‘lgan quyi darajaga tushiruvchi tanlab olingan 
ma’lumotlar hajmi. 
● Tanlov natijalari, tabiati va aniqlangan har qanday xatoning sababi hamda 
ularning audit maqsadlariga va auditning boshqa sohalariga mumkin bo‘lgan ta’siri.
● Tafsilotlar tekshiruvi uchun, audit maqsadlari va auditning boshqa sohalari 
bo‘yicha prognoz qilingan xato ta’siri. 
● Jami ma’lumotlar to‘plamning tegishli xususiyati tasdiqlanganligi yoki qayta 
ko‘rib chiqish talab etilishi. 
Audit tanlovining tuzilishi hamda o‘lchamini ishlab chiqayotganda, IAMNB 
maxsus audit maqsadlari, jami ma’lumotlar to‘plamining tabiati, hamda namuna olish 
va tanlash usullariga e’tibor qaratadi.


120 
Tanlab olish usuli tanlashning maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Nazoratning 
muvofiqlik testi uchun odatda o‘lchov namunalarini olish qo‘llanadi, bunda tanlab 
olish usuli biror tadbir yoki tranzaksiya ko‘rinishida bo‘ladi (masalan, schet-
fakturani rasmiylashtirish kabi nazorat). Asosli test uchun turli tanlab olish
usullaridan foydalanilib, bunda ko‘p hollarda tanlov birligi monetar ko‘rinishda 
bo‘ladi. 
Auditor kerakli namunani olib tegishli xulosa chiqarishi kerak bo‘lgan jami 
ma’lumotlar to‘plami berilgan bo‘lsa, ana shu to‘plam ma’lum audit maqsadi nuqtai 
nazaridan to‘g‘ri hamda to‘liq deb tasdiqlangan bo‘lishi zarur. 
Tanlab olishning samarali ishlab chiqilishini ta’minlash uchun tabaqalash 
usulidan foydalanish to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Tabaqalash bu, jami ma’lumotlar 
to‘plamini o‘xshash jihatlariga qarab kichik to‘plamlarga bo‘lib chiqish hisoblanib, 
tabaqalash uchun qo‘llanilgan shartlardan kelib chiqib har bir tanlov birligi faqatgina 
yagona kichik to‘plamga tegishli bo‘la oladigan jarayondir. 

Download 8,84 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   452




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BYUDJET TASHKILOTLARIDA ICHKI AUDIT TADBIRLARINI

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish