193
shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan
ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
-
lizing shartnomasining muddati
tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo‘lib
o‘tsa;
-
lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq
bo‘lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning
boshlang‘ich qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa;
-
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor
qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga
oshirish kunidagi lizing ob’ekti qiymati asos bo‘ladi;
-
lizing shartnomasi davri uchun lizing to‘lovlarining joriy diskontlangan (hisobga olingan)
qiymati lizing ob’ektining lizingga topshirish paytidagi joriy qiymatining to‘qson
foizidan ortiq
bo‘lsa. Joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Lizing uch taraflama (sotuvchi-lizing beruvchi-lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing
beruvchi-lizing oluvchi) lizing shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida
qo‘shimcha ravishda lizing ob’ektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar,
shu jumladan korxonalar,
mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari
hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing ob’ektlari bo‘lishi mumkin.
Kompaniyalar loyihani amalga oshirishda korxonaning xususiy mablag‘i etarli bo‘lmagan
taqdirda innovatsion lizingdan foydalanish mumkin. Lizing kapital kuyilmalarni moliyalashtirishning
an’anaviy bank krediti va xususiy moliyaviy resurslardan foydalanish usullariga muqobil bo‘lgan
o‘ziga xos shaklidir. Lizing kompaniyasi, lizing oluvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida, buyurtma
berilgan
qurilmalar, mashinalar, asbob
-
uskunalar (shu jumladan import bo‘yicha olingan)ni
ta’minotchi korxonalardan sotib oladi va ijaraga beradi. Lizing korxonalarga zarur jihozlarni yoki
transport vositalarini bir vaktda katta miqdordagi xarajatlarsiz olish hamda ishlab chiqarish
vositalarining ma’naviy eskirishi bilan bog‘liq yo‘qotishlardan xalos bo‘lish imkoniyatini beradi.
Lizing bo‘yicha ijara to‘loviga shartnomada belgilangan normativlar bo‘yicha
amortizatsiya
ajratmalari, shuningdek, lizing kompaniyasining daromadi kiradi. Agar shartnomada, ijaraga berilgan
mulklarga lizing kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilgan bulsa, lizing
bo‘yicha to‘lov miqdori xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar plyus shu summaga olingan
foyda miqdoriga ortadi.
- kelishuv ob’ektini topshirish, tashish, qabul qilib olish, o‘rnatish, xizmat ko‘rsatish va
saqlash bo‘yicha tomonlarning
xuquqlari va majburiyatlari;
- lizing to‘lovlarining miqdori, ularni to‘lash muddatlari va tartibi;
-lizing bo‘yicha shartnoma muddati;
- mulkni sug‘urta qilish shartlari;
- shartnoma muddati tugaganidan so‘ng tomonlarning xuquqlari;
- shartnomani muddatidan oldin bekor qilish shartlari.
Lizing bo‘yicha mulkni ijaraga olish uni sotib olishdan ko‘ra korxonaga qimmatga tushadi:
lizing qiymatiga
mulk baxosidan tashqari, lizing kompaniyasining daromadi va sug‘urta to‘lovlari
qo‘shiladi. SHunday bo‘lsada, lizing bir qator afzalliklarga ega, jumladan:
mashina va qurilmalarni vaktinchalik foydalanishga olish imkoniyati tug‘iladi; mulkni tulik
sotib olishdan ko‘ra farqli ravishda mulk qiymatini birdaniga emas, balki qismlarga bo‘lib to‘lash;
lizing kompaniyalari tomonidan moliyaviy va ayrim hollarda muhandislik-texnologik yordam
olish hisoblanadi.