194
Urmanova Dilbarxan Teshabayevna,
katta oʻqituvchi TDTU
Murtazayeva Xusniya Shavkat qizi,
3-kurs talabasi, Islom Karimov nomidagi TDTU
KORXONA AKSIYALARIGA BOʻLGAN TALABNI OSHIRISHGA
YOʻNALTIRILGAN DIVIDEND SIYOSATI
Dividendlar korxonalar aksiyadorlarga aksiyalariga mutanosib ravishda foyda toʻlash shakli
boʻlib, moliyaviy bozorlar faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Jumladan, aksiyalarning
bozor qiymatini
maksimal darajada oshirish korporativ boshqaruv asosida faoliyat yuritayotgan barcha korxona va
tashkilotlarning biznesidagi asosiy maqsadlaridan biri boʻlib, bunda samarali dividend siyosati ushbu
maqsadga erishishda muhim vosita hisoblanadi.
Korxonalar samarali dividend siyosatini ishlab chiqishda korxonalarning bozor qiymatini
maksimal darajada oshirishdan manfaatdor bo'lgan korxona egalari tomonidan iqtisodiy faoliyat
natijasida olingan foydaning iste'mol qilingan va kapitallashtirilgan qismlari o'rtasidagi nisbatni
o'rnatishiga qaratilgan boʻlishi kerak.
Aksiyalarga bo'lgan talab, birinchi navbatda, korxonalar tomonidan olib boriladigan dividend
siyosati bilan belgilanadi. Bunda asosan, aksiyalarga nisbatan toʻlanadigan
dividendlar miqdori
muhim ko'rsatkich boʻlib, uning toʻlov miqdori va oʻz vaqtida toʻlanishi korxonaning samarali ishlash
darajasini va daromadlar hajmini ko'rsatadi.
Dividend siyosati korxonaning subyektiv siyosati, chunki u korxonaning o'ziga xos
xususiyatlarini, uning o'sish sur'atlarini, olingan daromadlarning barqarorligini, tashqi manbalardan
moliyalashtirishning real imkoniyatlarining mavjudligini, daromadlarning ko'lamini hisobga olgan
holda ishlab chiqiladi.
Korporativ boshqaruvda optimal dividend siyosatini shakllantirishdagi
uchraydigan
muammolarni tadqiq qilish borasida xorijiy mamlakatlarning ko‘plab mashhur olimlari shugʻulangan.
Masalan, Nobel mukofotining sovrindorlari Merton Miller va Franko Modilyani to'lanadigan
dividendlar miqdori bo'yicha qabul qilingan qarorlar korxona aksiyalarining bozordagi oʻzgaruvchan
narxlariga asoslanib, uning aksiyadorlari farovonligiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi va shuning uchun
korxona aksiyadorlarga dividendlar to'lash shart emas, deb hisoblaydilar. Lekin ushbu guruh olimlari
dividend siyosatining ustav kapitali narxiga ta'sirini tan oladilar, ammo dividendlar miqdori ta'sirida
emas, balki uni axborot effekti mavjudligi bilan izohlaydilar (masalan, dividendlarning o'sishi
haqidagi ma'lumotlar aksiyalar qiymatining oshishiga hissa qo'shadi).
Garvard universitetining iqtisodiyot va biznes boshqaruvi professori Jon Lintner dividend
siyosati boʻyicha taklif etgan modelida, korxona dividend siyosatini
belgilashda doimiy dividend
stavkasini saqlab qolishi kerak deb hisoblaydi. Uning ilmiy-amaliy mulohazalarida bunday model
korxona aksiyasining bozor qiymatini oshishiga imkoniyat yaratishi bilan izohlaydi. Shuningdek,
ushbu modelda dividendlar quyidagi ikki omilga ko'ra to'lanishi belgilanishi taklif etiladi.
Birinchisi,
daromadning sof joriy qiymati bo'lib, yuqori qiymatlar yuqori dividendlarni
ko'rsatadi.
Ikkinchisi
esa, daromadlarning barqarorligi, ya'ni kompaniya menejerlari
daromadni saqlab
qolishda davom etishiga ishonch hosil qilmaguncha, dividend to'lovlarini oshirmasdan o'z
daromadlarini oshirishi mumkin.
Ushbu modeldan uzoq muddatlarda daromad olishini rejalashtirgan va ushbu rejalarning
amalga oshishiga erishgan korxonalar foydalanadilar.
Quyidagi jadvalda xorijiy olimlarning dividend siyosati boʻyicha taklif etgan nazariyalarini
aks ettiramiz. (1-jadval)
Ushbu dividendni toʻlash boʻyicha nazariyalardan korxonalar bozor muhitiga,
raqobat
sharoitiga, aksiyalarga boʻlgan talab-takliflarga va aksiyadorlarning dividend siyosatiga boʻlgan
munosabatiga koʻra amaliyotda qoʻllaniladi. Biz esa, ushbu dividend siyosatining nazariyalaridan
195
shunday foydalanishimiz kerakki, unda fond bozorida aksiyalarga boʻlgan talablarni oshirish va
aksiyalarni bozordagi qiymatini koʻtarishga erishishimiz kerak.
Korxonalar investorlarni faol jalb qilishda ham dividend siyosatini reklama qilish orqali
foydalanishi mumkin. Bunda investorlarga korxonalar dividendlar tarixini tahliliy ma'lumotlarni,
asosan, tahliliy ma'lumotlarda korxona yillar davomida dividendlar toʻlovlarini taqdim qilish
maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda dividend toʻlovlarining barqarorligi korxonaning daromadini
barqaror oʻsishidan dalolat beradi.
Investisiyalar portfelini diversifikasiya qilish ham maqsadga muvofiqdir. Bunda aksiyalarga
jalb etilgan investisiyalardan foydalanishda xavf-xatarni kamaytirish choralarini yoʻlga qoʻyish kerak
boʻladi. Bunday chora investorlarga barqaror dividendlar olishda manbalarning kengayishidan dalolat
beradi.