• Korporativ boshqaruv
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/447
    Sana15.07.2024
    Hajmi9,47 Mb.
    #267669
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   447
    Bog'liq
    Сборник готовый

    Urmanova Dilbarxan Teshabayevna,
    katta oʻqituvchi TDTU 
    Xayitova Dilnura Ikromjon qizi
    3-kurs talabasi, Islom Karimov nomidagi TDTU 
    KORPORATİV BOSHQARUV TIZIMIDA RAQAMLASHTIRISH 
    Korporativ boshqaruv tizimida raqamlashtirish
    - korxonalarda korporativ boshqaruvga doir 
    tizimlar va jarayonlarni raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish, boshqarish, monitoring oʻtkazish 
    kabi jarayonlardan iborat. 
    Korporativ boshqaruv
    esa qimmatbaho qogʻozlarni sotish orqali 
    aksiyadorlarni korxonani moliyalashtirishda ishtirokini ta'minlash va buning asosida korxona 
    belgilangan maqsadlarga erishishda oʻz faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan boshqaruv 
    jarayonidir. 
    Hozirgi jahon iqtisodiyotining jadallik bilan integrasiyalashuvida korxona oʻz biznesini 
    rivojlantirish uchun albatta zamonaviy va ilgʻor raqamlashtirish texnologiyalaridan samarali 
    foydalanishni yoʻlga qoʻyish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu masalaning echimi orqali korxona 
    strategik rejalarni bajarish, ishni samaradorligi va sifatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish 
    xarajatlarini kamaytirish kabi jarayonlarni samarali amalga oshiradi.
    Korporativ boshqaruv tizimidagi raqamlashtirish turli jihatlarda o‘zini namoyon qiladi. 
    Raqamlashtirishning 
    asosiy 
    jihatlaridan 
    biri 
    biznes 
    jarayonlarini 
    avtomatlashtirishdir. 
    Avtomatlashtirish jarayonlarni tezlashtirish va ularni amalga oshirish xarajatlarini kamaytirish 
    imkonini beradi. Masalan, moliyaviy operatsiyalarning buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish 
    moliyaviy hisobotlarni tayyorlash vaqtini qisqartirishi, shuningdek ularni tuzishdagi xatolar sonini 
    kamaytirishi mumkin. 
    Raqamli texnologiyalar korporativ boshqaruvning ajralmas qismiga aylandi, chunki raqamli 
    texnologiyalar global operatsiyalarni yanada samarali boshqarish imkonini beradi va global ulanish 
    va sinxronizatsiyani ta'minlaydi; aksiyadorlar, mijozlar, xodimlar, hamkorlar va umuman jamiyat 
    korporativ tashkilotlarda shaffoflik, barqarorlik va mas'uliyatni tobora ko'proq talab qilmoqda va 
    raqamli texnologiyalar ushbu yangi ehtiyojlarni qondirishga yordam beradi. Asosan, jahonda 
    COVID-19 pandemiyasi masofaviy ishlash va biznes jarayonlarini qayta ishlab chiqishda raqamli 
    texnologiyalar muhimligini ko‘rsatdi. 


    197 
    Boshqaruvning raqamli texnologiyalarini rivojlantirish korporativ boshqaruv samaradorligini 
    oshirish va innovatsion iqtisodiyotni yaratishning asosiy omiliga aylanmoqda. Bugungi kunda 
    korporativ boshqaruvda raqamlashtirishni qo‘llash kompaniyani boshqarishning zamonaviy 
    strategiyalarining asosiy elementi bo‘lib, biznesni samarali va innovatsion boshqarish imkonini 
    beradi, shaffoflikni oshiradi va ma’lumotlarning aniqroq tahlilini osonlashtiradi. Bundan tashqari, 
    jahon hamjamiyati hozirda barcha mamlakatlarda biznesni boshqarishda innovatsion yondashuvlar 
    muhimligini ta’kidlamoqda. 
    Korporativ boshqaruvda raqamlashtirishni qo‘llashni ikki segmentga bo‘lish mumkin:
    1.
    Qabul qilingan qarorlar samaradorligini oshirishga qaratilgan axborot va operatsion 
    jarayonlarni raqamlashtirish:

    katta ma’lumotlarga asoslangan raqamli ma’lumotlarni tahlil qilish;

    sun’iy intellekt;

    bulutli texnologiyalar;

    mobil ilovalar;

    blokcheyn. 
    2.
    Mulkdorlar va menejerlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni soddalashtirishga qaratilgan 
    korporativ boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish:

    virtual yigʻilishlar va muloqotlar;

    elektron ovoz berish. 
    Korporativ boshqaruv tizimidagi korxonalar raqamli boshqaruv texnologiyalarini 
    muvaffaqiyatli joriy etish uchun korporativ yig‘ilishlarni oʻtkazish va elektron ovoz berishni tashkil 
    etish boʻyicha raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishlari va ushbu 
    xaritada quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni rejalashtirishlari kerak: 
    1.
    Dastlabki tayyorgarlik:

    raqamli texnologiyalarga ehtiyojlarni baholash:
    yig'ilishlarda va ovoz berishda raqamli 
    texnologiyalardan foydalanishning ehtiyojlarini aniqlash va samaradorligini baholash uchun tadqiqot 
    o'tkazish;

    ishchi guruhni shakllantirish:
    turli bo'limlar vakillarini o'z ichiga olgan ko'p funksiyali 
    jamoani yaratish va jamoaga mas'ul shaxsni tayinlash.
    2.
    Masofaviy yig‘ilishlar va elektron ovoz berishni o‘tkazishni tartibga soluvchi ichki 
    hujjatlarni ishlab chiqish.
    3.
    Raqamali texnologiyalar asosida masofaviy yig‘ilishlar va elektron ovoz berishni o‘tkazish 
    uchun dasturiy ta'minotni tanlash va uni amaliyotga tatbiq etish. 
    4.
    Raqamali texnologiyalar asosida bozorlarni tadqiq etish. 
    5.
    Korxonada raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish uchun
    malakali personallarni ishlarga jalb etish, ayniqsa, oʻz vaqtida raqobat muhitiga moslashish uchun 
    yuqori reytingga ega professional kurslarda oʻqigan yoki malakasini oshirgan mutaxassislarni jalb 
    etish.
    6.
    Bir nechta tanlangan yigʻilishlarda raqamli texnologiyalarni joriy etish, bu boʻyicha 
    yigʻilish ishtirokchilarining fikr-mulohazalarini yig'ish va ularning fikr-mulohazalaridan kelib 
    chiqqan holda raqamli texnologiyalarni joriy etishni yaxshilashga yoʻnaltirilgan amaliyotni joriy 
    etish. 
    7.
    Raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalashtirilgan loyihalarni amalga 
    oshirishning samaradorligini baholash, ya’ni:

    korporativ munosabatlardagi ishtirokchilarning korporativ boshqaruv tizimiga joriy etilgan 
    raqamli texnologiyalar toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalarni yig'ish; 

    yigʻilgan fikr-mulohazalar asosida ma'lumotlarni shakllantirish hamda ishtirokchilarning 
    mazkur jarayondan qoniqish darajasini baholash; 

    natijalarni taqqoslash; 

    shakllantirilgan strategiyaga tuzatishlar kiritish; 

    samarali loyihalarning mashtabini kengaytish. 
    Korporativ boshqaruv tizimini raqamlashtirish toʻgʻrisidagi qaror, eng avvalo, masofaviy 
    yig‘ilishlar o‘tkazish va elektron ovoz berishni tartibga soluvchi ichki hujjatlarni ishlab chiqish, ya'ni 
    aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi oʻtkazishni tartibga soluvchi nizom, korporativ boshqaruv kodeksi, 
    boshqaruv organlarining faoliyatini tartibga soluvchi nizomlar, dividend siyosatini amalga oshirish 


    198 
    boʻyicha nizom kabi hujjatlar ishlab chiqiladi, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi va 
    mazkur hujjatlarga rioya qilingan holda korporativ boshqaruv amalga oshiriladi. Shunday qilib
    raqamlashtirishni rivojlantirish tufayli amalga oshirilayotgan elektron ovoz berish va masofaviy 
    yigʻilishlar pandemiya davrida faol foydalanildi va samarali korporativ boshqaruvning asosiy 
    resursiga aylandi.
    Korporativ boshqaruv tizimida biznes jarayonlarini optimallashtirish va operatsion 
    samaradorlikni oshirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan raqamli texnologiyalarning ko'plab turlari 
    mavjud. Ushbu tizimlarning har biri biznesni boshqarish uchun yagona raqamli platformani yaratib, 
    boshqa tizimlar bilan birlashtirilish mumkin.
    Raqamlashtirish korporativ boshqaruv tizimida shaffoflik va ochiqlikni ham oshirishi 
    mumkin. Masalan, hujjat aylanishi uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish axborotni qidirish 
    va qayta ishlash vaqtini qisqartirish, shuningdek, barcha manfaatdor shaxslar uchun zarur hujjatlardan 
    tezkor foydalanish imkonini beradi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, korporativ boshqaruv tizimida 
    raqamlashtirish ayrim salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

    Download 9,47 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   447




    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

    Download 9,47 Mb.
    Pdf ko'rish