416
Shuni inobatga olgan holda, mamlakatimizda mazkur sohani yanada rivojlantirishni
ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar izchil ro‘yobga chiqarilmoqda. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi PQ–2687-son qarori bilan 2017-2019-yillarda
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.
Bugungi kunda respublikada 7 mingga yaqin korxona faoliyat olib borayotgan yuqori ishlab
chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgan to‘qimachilik tarmog‘i shakllantirildi. 1,4 million tonna hajmdagi
paxta tolasini ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi, shundan 60 foizga yaqinidan mahalliy
to‘qimachilik korxonalarining ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanilmoqda.
Eng avvalo, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish, tarmoqni boshqarishni
tashkil etish, resurs va ishlab chiqarish quvvatlarining taqsimlanishi,
kadrlar malakasining yuqori
emasligi bilan bog‘liq tizimli muammolarning mavjudligi paxta xom ashyosini yetishtirishning past
rentabelligiga va uni qayta ishlashga, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishning yetarli
darajada emasligiga olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “To‘qimachilik va tikuv-
trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon mavjud muammolarni hal
etish, shuningdek, yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va uni
jahon bozorlariga ilgari surish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar kompleksini belgilab
berdi. Ushbu hujjat bilan to‘qimachilik sanoatini yanada isloh qilishning quyidagi muhim
yo‘nalishlari belgilandi, xususan:
– to‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, mamlakatda ishlab
chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining
hajmi va sifatini oshirish;
–to‘qimachilik sanoatining boshqaruv tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish;
–to‘qimachilik sanoati sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini yanada
takomillashtirish;
–tarmoqqa ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning klaster modelini amalga oshirish;
–logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikda xom
ashyo resurslari taqsimotining va tashkil etilayotgan tarmoq korxonalari joylashuvining muvozanatini
ta’minlash;
–ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or innovatsiya texnologiyalari, nou-xau, dizaynerlik
ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish;
–to‘qimachilik sanoati
uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimini tubdan takomillashtirish.
Ta’kidlash joizki, mazkur Farmon iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni
yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirishni nazarda tutadigan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF–5185-son Farmoni bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amaliy ro‘yobga
chiqarishda muhim qadam hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashabbus qilingan eksperimentga muvofiq,
to‘qimachilik sanoati korxonalari fermer xo‘jaliklari paxta xom ashyosini yetishtirish bo‘yicha asosiy
xarajatlarining tuzilgan shartnoma qiymatining kamida 60 foizini avans berish yo‘li bilan
moliyalashtirishni amalga oshiradi. Bunda korxonalarga yetkazib berilgan paxta xom ashyosidan
faqatgina keyinchalik chuqur qayta ishlash va tayyor raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish
maqsadida foydalaniladi.
Bundan
tashqari, Davlat rahbari o‘zining Farmonida to‘qimachilik sanoati korxonalari,
“O‘zbekengilsanoat” AJ aksiyadorlari yig‘ilishining va qator idoralarning “O‘zto‘qimachiliksanoat”
uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bunda davlatning tartibga solish
va xo‘jalik funksiyalarini o‘z ichiga olgan “O‘zbekengilsanoat” AJ tugatiladi.Mazkur uyushmaga
respublika to‘qimachilik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish bo‘yicha keng doiradagi vazifalar
yuklatildi.
417
Sohani boshqarish tizimi to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning zamonaviy
tendensiyalariga javob bermasligi, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qodir emasligi
mazkur qarorning qabul qilinishini taqozo etdi. Masalan, “O‘zbekengilsanoat” AJ tarkibiga 436 ta
korxona kiradi, bu esa ular umumiy sonining atigi 6 foizini tashkil etadi. Ushbu jamiyatning faoliyati
asosan statistikani to‘plash, turli xil yig‘ilishlar o‘tkazish, ko‘rgazmalarni
tashkillashtirishga
qaratilgan. Uning tashkiliy shakli ham aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holatiga mos kelmaydi.
Xorijiy mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatdiki, to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning
samarali shakllaridan biri klasterlarni tashkil etish hisoblanadi. Mazkur model paxta xom ashyosini
yetishtirish, dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va
yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan
yagona ishlab chiqarish siklini tashkil etishni ko‘zda tutadi.
Ta’kidlash joizki, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha laboratoriyalarning past
samaradorligi, ularning ko‘pchiligida xalqaro akkreditatsiyaning mavjud emasligi mahalliy
to‘qimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorlarga chiqishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Ushbu muammolarni hal qilish uchun to‘qimachilik sanoati sohasida standartlashtirish va
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish nazarda tutildi:
–tarmoqning boshqaruv tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish, narxlarni
-hakllantirish va paxtani sotish jarayoniga bozor mexanizmlarini
bosqichma-bosqich joriy
etish;
– paxta eksporti hajmini tobora qisqartirish va ichki bozorda uni chuqur qayta ishlashning
o‘sishini ta’minlash;
– mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallarni ishlab chiqarishni, shu
jumladan mahsulotning alohida turlarini mahalliylashtirish orqali rag‘batlantirish;
–texnologik va marketing innovatsiyalarini keng joriy etish;
– davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda to‘qimachilik komplekslarini
qurish;
– xalqaro akkreditatsiyaga ega mahalliy laboratoriyalar sonini ko‘paytirish, to‘qimachilik
sanoati milliy standartlarini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish hisobiga to‘qimachilik
sanoatining jadal rivojlanishini ta’minlaydi.