Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

 
 
 
 
 


477 
Samanov Abdurashid Andamovich
TDTU dotsent 
QISHLOQ XO‘JALIGI SOXASIDA RAQOBATBARDOSHLIK 
MUVAFFIQIYAT OMILIDIR 
Mamlakatimizdagi yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi an’anaviy xom 
ashyo tarmoqlari yoki, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xom ashyo turlari hamda 
materiallar narxining yuqoriligi xisobidan emas, balki, birinchi navbatda, raqobatga bardoshli tayyor 
mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni 
belgilab beradigan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga 
ta’minlanmoqda. 
Mahsulot raqobatbardoshliligi sanoat korxonalari ho‘jalik faoliyatining asosiy va eng muhim 
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Raqobatbardosh mahsulot mamlakatda ishlab chiqarilgan, o‘z 
sifat ko‘rsatkichlari, tannarxi jihatidan milliy va jahon bozorida shunday mahsulotlar bilan raqobat 
qila oladigan mahsulotdir. 
Mahsulotning raqobatbardoshliligiga quyidagi yo‘llar bilan erishish mumkin: a) yangi 
mahsulotlarni iste’molchilarga arzon narxda sotish; b) mahsulot sifatini yaxshilash; v) qo‘shimcha 
xizmat ko‘rsatish; g) reklama; d) xaridorlar uchun turli imtiyozlar yaratish. 
O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida 
xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy 
o‘rin tutali. Xususiylashtirish natijasid, birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, 
ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. 
Raqobatchilik muhitini vujudga keltirishdagi vazifalar xususiylashtirilgan korxonalarga 
ma’lum davr davomida o‘zining oldingi faoliyatini saqlab qolish talabini bekor qilish hisoblanadi. Bu 
chiqarilayotgan mahsulot tarkibini tubdan o‘zgartirish, talab katta bo‘lgan, ichki va tashqi bozorda 
raqobatlasha oladigan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. 
Bu tadbirlarni amalga oshirilish mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida 
korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga imkoniyat yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar 
raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan 
raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shaklini o‘zgartirib boradi.
Ma’lumki raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat-bozorning 
asosiy sharti, aytish mumkinki, bozorning asosiy qonunlaridan biridir.
Bu muxim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jixatlarni yoritib berish raqobat to‘g‘risidagi 
fikrlarni yanada boyitadi. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini o‘z manfaatlarini to‘laroq 
yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshi daromad topish, o‘z mavqeini mustaxkamlash, o‘z qobiliyatini 
namoyon etish va imijga ega bo‘lish uchun boshqalar bilan kurashishdir. Bozorda firmalar resurslarni 
arzonroq olish va tovarlarni qimmatroq sotishga intiladilar va foydani qo‘proq olish uchun 
kurashadilar. Raqobat bozor iqtisodiyotining eng muxim belgisi, rivojlantirish usuli xisoblanadi.
Raqobat strategiyasi raqobat kurashining uzoq davrga muljallangan bosh yuli va yo‘l-
yo‘riqlarini ifoda etadi. Strategiyaning maqsadlari tez kunda foydani maksimallashtirish, oz foyda 
bilan qanoat qilgan holda o‘z bozorini kengaytirish yoki raqibni bozordan siqib chiqarish, yangi 
bozorga sekin-asta kirib borish kabi masalalarda xarakat yo‘llarini belgilashdan iborat. Strategiyaga 
qarab kurash taktikasi (usullari va shakllari) tanlanadi.
Raqobat bozor iqtisodiyotini xarakatga keltiruvchi mexanizm, uni olg‘a eltuvchi kuch 
xisoblanadi.
Xullas, raqobatda unumdorlikni oshirish va sifatni yaxshilashga intilish iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlaydi. Raqobat qizg‘in joyda iqtisodiy o‘sish jadal boradi, u sustlashgan sharoitda esa iqtisodiy 
turg‘unlik yuz beradi.
Yana shuni ta’kidlash lozimki milliy iqtisodiѐtning raqobatbardoshligi korxona va 
tarmoqlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi hisobiga shakllanadi. Shuningdek, ularning muvaffaqiyatli 


478 
harakati milliy iqtisodiѐtning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish jaraѐnlariga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Ya’ni, korxonalarda ishlab chiqariladigan tovarlarning raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash orqali 
korxonaning eksport salohiyati ortib borib, raqobatbardosh bo‘lishiga erishiladi. Korxonada ham 
raqobatbardoshlikni ta’minlash orqali tarmoqning raqobatbardosh bo‘lishi buning natijasida esa 
mintaqa hamda mamlakatning ham raqobatbardoshligi oshib boradi. Shuni ta’kidlash joizki, 
iqtisodiѐtning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda klasterlarni tashkil 
etish, rivojlantirish orqali milliy iqtisodiѐtning yanada raqobatbardosh bo‘lishiga erishish mumkin. 
Chunki klasterlar zamonaviy innovatsiya va iqtisodiy o‘sishning sifat omili bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy mexanizmlarning samaradorligi, hududning investitsion jozibadorligi hamda 
ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi va tizimli faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi orqali mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanib, milliy iqtisodiѐt raqobatbardoshligini oshirishga dasturulamal 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Xulosa qilib ta’kidlash lozimki, korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining yanada 
takomillashtirilishi va ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash borasidagi yangi samarali chora-
tadbirlarning ishlab chiqilishi respublikaning iqtisodiyoti raqobatbardoshligini ta’minlashga va uning 
tashqi bozordagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish