Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Ish vaqti: 
1. Haydovchilar uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan 
oshmasligi kerak. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish 
haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida 
kundalik ish (smena) muddati barcha haydovchilar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
 
2. Haydovchilarga tungi vaqtdagi ishlarning muddati soat 22 — 00 dan to soat 6 — 00 gacha 
bo‘lgan vaqt hisoblanadi. Agar haydovchi uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining 
kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham 
shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, 
xususan ishlab chiqarish uzluksiz bo‘lgan joylarda, shuningdek bir kun dam olinadigan olti kunlik 
ish haftasi sharoitida smena bo‘lib ishlanayotgan joylarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga 
tenglashtiriladi. 
3. Haydovchilarning bir sutkadagi boshqaruv davri to‘qqiz soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim. 
4. Hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish soatlarining normal miqdoridan 
oshib ketmaydigan shart bilan ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinishi mumkin. Bunda hisobga 
olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa o‘n ikki soatdan ortib 
ketmasligi lozim. 
5. Shaharlararo tashishlarda haydovchining avtotransport vositasida o‘n ikki soatdan ortiq 
bo‘lishi ko‘zda tutilgan hollarda, haydovchi dam olishi uchun joy jihozlangan bo‘lishi va reysda ikki 
nafar haydovchi bo‘lishi lozim. 
6. Haydovchining ish vaqti tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 
liniyaga chiqish oldidan va liniyadan qaytgandan so‘ng ishlarni bajarish vaqti
shaharlararo tashishlarda borish yoki qaytish maskanida, smena boshlanishi oldidan va 
yakunlanganidan so‘ng yo‘lda (to‘xtab turish joyida) ishlarni bajarish uchun tayyorgarlik va 
yakunlash ishlarini bajarish vaqti
haydovchilarni bir smenada besh daqiqaga qadar reysoldi tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqti; 
avtotransport vositasining liniyada harakatlanish vaqti; 
to‘xtab turish vaqti: yuk ortish va tushirish punktlarida, yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish 
joylarida, maxsus avtotransport vositalaridan foydalanish joylaridagi vaqti
haydovchining aybisiz bo‘sh turib qolingan vaqti; 
yo‘nalishdagi yakuniy punktlarda qatnov jadvalida ko‘zda tutilgan qisqa muddatli to‘xtagan 
vaqti. 
7. Haydovchilar shaharlararo tashishlarda avtotransport vositasining uzluksiz bir yarim soat 
boshqaruvidan so‘ng o‘n besh daqiqa yoki to‘rt yarim soatdan so‘ng qirq besh daqiqa dam olishi 
uchun to‘xtashlari kerak. 
8. Sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarda texnologik jarayondagi 
tashishlarda band haydovchilar uchun smena grafiklari xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlardagi 
ishlarning smena grafiklariga muvofiq bo‘lishi lozim. 
9. Haydovchilar shaharlararo yuk va yo‘lovchilar tashish ishlarini bajarish uchun reyslarga 
jo‘natilganda (haydovchi grafik bilan belgilangan smenada doimiy ish joyiga qaytishga ulgura 
olmaganda), haydovchilarga tashuvchi tomonidan topshiriq (jadval, grafik) bilan belgilangan vaqt ish 
vaqti sifatida hisobga olinadi 


556 
10. Ish vaqtidan tashqari ishlar haydovchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. 


Download 9,47 Mb.
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish