127
ta’minlash uchun о‘z faoliyatida ma’lum о‘zgarishlar, innovatsiyalar kiritishga majbur qiladi.
Bunday holda, korxona raqobatli ustunlikni ta’minlaydigan samarali innovatsiyalarni amalga oshirish
va faol innovatsion faoliyatni amalga oshirish yо‘li bilan bozorda yetakchi holatni egallashga intiladi;
- innovatsion faollikni asoslab beradigan boshqa bir muhim sabab korxona va tashkilotlarning
yuqori foyda meyori olishga intilish hisoblanadi. Innovatsiyalar innovatsion faoliyat natijasi sifatida
ularni amalga oshirish tashabbuschisi bо‘lgan korxonalarga bozorda vaqtinchalik monopol holat
egallashga imkon beradi (boshqa korxonalar shunga о‘xshash innovatsiyani amalga oshirish vaqtiga
qadar), ya’ni narxlarni tartibga solish va oqibatda, qо‘shimcha foyda olish imkoniyati paydo bо‘ladi;
- innovatsion faoliyat va uni amalga oshirish natijasida olinadigan natija korxona faoliyati
kо‘lamini oshirishga xizmat qiladigan asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Chet el olimlarining tadqiqot natijalarini tahlil qilish asosida korxonalarning innovatsion
faoliyatiga tо‘sqinlik qiluvchi va osonlashtiradigan quyidagi omillar yig‘indisini keltirib о‘tish
mumkin. Ushbu jadvalning ijobiy tomoni sifatida innovatsiya sohasiga ta’sir kо‘rsatadigan
omillarning keng doirasi e’tiborga olinishi, salbiy tomon sifatida esa kо‘rib chiqilayotgan iqtisodiy
tizim darajasiga qarab yuqorida aytib о‘tilgan omillarning bо‘linishi mavjud emasligini kо‘rsatish
mumkin. Ushbu masalani yoritishda turli mualliflar sanoat korxonalarining innovatsion faolligiga va
amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarga ta’sir etadigan turli muammolar va omillarni ajratib
kо‘rsatadi, bu esa ushbu faoliyatning samarali motivatsiya tizimlarini barpo etish uchun asos bо‘lishi
lozim.