128
moslashtirish
tezkorligi
Raqobatbardoshlikni oshirish
Korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash
E.V.Goncharovaning fikriga kо‘ra, korxonaning innovatsion
faolligini kuchaytirish
yangiliklar ishlab chiqish va joriy qilishga qodir bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash
bilan chambarchas bog‘liq. Kadrlar salohiyatini kuchaytirish tizimini takomillashtirish, mavjud
mehnat resurslaridan
oqilona foydalanish, katta mehnat stajiga ega bо‘lgan xodimlarni qayta
tayyorlash, shuningdek, bozor iqtisodiyoti qonunlarini biladigan va mavjud vaziyatda yaxshi yо‘l
topa biladigan yangi avlod kadrlari tayyorlashni takomillashtirish zarur.
Korxonada kadrlar resurslarini baholashni joriy qilish xodimlarning tarkibida sifat
o‘zgarishiga
erishishga, ishchi kuchidan foydalanishda moslashuvchanlikni oshirishga va sanoat
korxonalarida innovatsion faoliyatni kuchaytirishga,
shu jumladan, ish o‘rinlarini almashtirish
hisobiga imkon beradi. Kadrlar salohiyatini baholash eng innovatsion faol xodimlarni aniqlashga,
shuningdek, har bir xodimning
innovatsion faollikni oshirish, samaradorlik, unumdorlik va sifat
ko‘rsatkichlarini bajarishga ko‘shadigan
hissasidan kelib chiqib, har bir xodimga beriladigan
mukofotlar miqdorini hisoblash imkonini beradi. Shunday qilib, korxonalar innovatsion faoliyatiga
ta’sir etish mexanizmini yo‘lga qo‘yish uchun, birinchidan, korxonalar innovatsion faolligiga faol
ta’sir etadigan asosiy omillar ro‘yxatini aniqlash,
ikkinchidan, ularning o‘zgarishi korxonalar
innovatsion faolligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash,
uchinchidan, innovatsion sohada zarur
natijalar qo‘lga kiritish maqsadida u yoki bu omilning ta’sirini o‘zgartirishga imkon beradigan chora-
tadbirlar ro‘yxatini tuzish zarur.