Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

1-
 
rasm. Korxona boshqaruvi samaradorligiga ta’sir etadigan omillar. 
Shuning uchun avtomobil transporti korxonalari o‘zaktivlari va professional yetukliklari 
hamda transport xizmatlari bozorida barqaror rivojlanishga asoslangan raqobat ustunliklariga ega 
bo‘lishga intilishdi. Korxona uchun investision faoliyatning juda muhimligini belgilovchi muhim
omillar mavjud. Birinchidan, bu mamlakat va jamiyatning turli manfaatlari mutanosibligini inobatga 
olish zarurligi tufayli investision xavflar ta’sirini kuchaytiradi noaniqligini pasaytiradi.Ikkinchidan, 
tarmoq kompleksining ko‘plab tarmoqlari, transport operatorlari faoliyatiga nisbatan tashqi davlat 
nazorati o‘rnatiladi, investision rejalarni nazorat qilish va boshqalar. Uchinchidan, transportn 
kompleksiga ta’sir ko‘rsatadigan muhim omil ularning o‘ta yirik kapital sig‘imidir.
Va nihoyat, boshqa omil - transport korxonalari uchun doimiy ravishda yangi transport 
vositalari, tashish va servis texnologiyalari, ta’mirlash uskunalariga sarmoya kiritishda texnologik 
qoloqlik hamda bunday vositalar bozorida taklifning cheklanganligi investision faoliyatda qiyinchilik 
tug‘diradi.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ―Qaysi davlat faol investisiya siyosatini 
yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investisiya – bu 
iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi,desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Respublika iqtisodiyotga kiritilayotgan investisiyalar to‘g‘risida gapirganda, albatta respublikamiz 
iqtisodiyotini rivojlantirishda investisiya loyixalarini amalga oshirishning roli to‘g‘risida to‘xtalib 
o‘tish lozim va quyidagilar bilan bilan izohlanadi:
Birinchidan, sanoat sohasida balki keng miqyosdagi iqtisodiyotga investisiya loyixalari ishlab 
chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, dunyo savdo bozoriga mo‘ljallangan 
maxsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab 
Korxona boshqaruvi samaradorligiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
Investision rivojlanish 
darajasi
Erkin bozor raqobati
Tashqi iqtisodiy 
aloqalar
Investision 
faoliyat


135 
chiqarishni yulga qo‘yish va buninguchun iqtisodiyotning ustivor soxalarini moliyalashtirish, 
aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; korxonalarning eskirgan 
ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiytexnik bazasini modernizatsiyalaydi va texnik qayta 
qurollantiradi va x.k. Mamlakatimizda asosan investisiya loyixalari, avvalo ustivor tarmoqlarga, 
ya’ni neft sanoati, transport, energetika, yer osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, 
telekomunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishga, va ularni keng 
qayta ishlashga, rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Mustaqil taraqqiyotimiz davrida transport sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim 
tarmoqlaridan biriga aylandi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investisiyalar xajmining o‘sishi korxonalarni texnik texnologik qurollantirishga va ishlab 
chiqarishning sifat va miqdor jihatdan o‘sishiga, mamlakatimiz eksport hajmining ko‘payishiga 
hamda ish o‘rinlari bilan ta’minlashga yordam beradi Investisiyalar korxonalarni rivojlantirish, 
mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning bosh omillaridan biridir. Investisiyalar deganda 
yangiishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlayotgan quvvatlarni saqlab turish va rivojlantirish, ishlab 
chiqarishni texnik tayyorlash, foyda olish hamda (atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy kabi) 
boshqa yakuniy natijalarga erishish maqsadida turli dasturlar yoki alohida tadbirga (loyiha)larga 
sarflanadigan mablag‘ tushuniladi.
Investisiyalar o‘z ichiga foyda (daromad) olish va ijtimoiy samaraga erishish maqsadida 
tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlariga sarflangan pul mablag‘lari, shuningdek, maqsadli bank 
omonatlari, paylar, aksiyalar, boshqa qimmatbaho qogozlar, texnologiyalar, mashina va uskunalar, 
lisenziyalar (shu jumladan, tovar belgilari), kreditlar, har qanday boshqa mulk va mulk huquqlarini 
hamda intelektual boyliklarni oladi. Demak, investisi tushunchasi «Investisiya faoliyati to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunida ta’rif berilganidek, iqtisodiy yoki boshqa faoliyat ob’yektiga sarf 
qilinadigan moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularni tasarruf qilish huquqini ifodalaydi. Moliyaviy 
mohiyatiga ko‘ra, investisiyalar daromad olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga sarflanadigan barcha 
turdagi aktiv (vosita)lardir. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, investisiyalar — asosiy va aylanma kapitalni 
yaratish, 
kengaytirish 
yoki 
rekonstruksiya 
qilish 
va 
qayta 
qurollantirish 
uchun qilinadigan xarajatlardir va bu esa o’z o’rnida muhim bir jarayondir. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish