Raximjonov Bekmurodjon Baxtiyorjon o'g'li




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Raximjonov Bekmurodjon Baxtiyorjon o'g'li 
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi boshlig'i, TDTU 
SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYATINING 
SAMARADORLIGINI OSHIRISH 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
hamda aholi turmush darajasi sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xususan, 
mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida innovatsion texnologiyalarni qoʼllash hozirgi 
kunda dolzarb masalalardan biridir. Chunki, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va xizmat 
koʼrsatish jarayonida qoʼllash mehnat unumdorligini oshirish bilan birgalikda tovar va xizmatlarning 
sifatini yaxshilash imkonini beradi.
 
Biroq milliy hamda hududiy miqyosda innovatsion siyosatni shakllantirish va amalga 
oshirishda innovatsion faoliyatning institutsional asoslari mavjud boʼlishi va uning muntazam tahlil 
qilinishi lozim boʼlib, bu borada roʼy berishi mumkin boʼlgan oʼzgarishlarni bilish, ularning 
hususiyatlarini anglash va zaruriy choralarni koʼrish imkoniyatini beradi. Yaʼni, milliy 


138 
iqtisodiyotning oʼsishiga innovatsion texnologiyalar taʼsir koʼrsatmay, balki uning asosini tashkil 
qiluvchi institutlarning ham oʼziga xos oʼrni mavjud boʼlishi lozim.
 
Mamlakatimizda innovatsiyalarning keng joriy qilinishi orqali iqtisodiyotda tarkibiy 
oʼzgarishlarni amalga oshirish, eksportga yoʼnaltirilgan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish 
va uni texnik – texnologik jihatdan yangilash orqali raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish, yangi 
hududlarni egallash shu bilan birga mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni kuzatishimiz mumkin. Mazkur yoʼnalishdagi chora – tadbirlarni sanoat sohasiga 
tadbiq qilish orqali sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini oshirish, uning natijasida yangi 
mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni yolga qoyish bilan aholi turmush tarzini yahshilash bilan 
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qoʼshadi.
 
Shu boisdan, sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini samarali tashkil etishda 
raqobatdosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning eksportini rivojlantirish hamda uning 
salohiyatini oshirishda marketing tizimidan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa sanoat 
korxonalarida innovatsion faoliyatini strategik tahlil qilib, uning salohiyatini oshirish borasida 
toʼplangan ilmiy tajribalardan foydalanish zaruratini belgilaydi.
 
Bugungi kunda sanoatda 100 dan ortiq tarmoq boʼlib, ulardan 6 tasi negiz tarmoqlar (yoqilgʼi 
– energetika, togʼ - kon, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq – ovqat) hisoblanadi. Shular 
qatorida sanoatning mamlakat iqtisodiyotidagi oʼrni yana shu bilan belgilanadiki, u iqtisodiyot 
rivojining umumiy yoʼnalishini belgilab, fan – texnika taraqqiyotining ilgʼor yutuqlarini birinchi 
boʼlib oʼzida qoʼllaydi va boshqa tarmoqlarni ishlab chiqarish vositalari bilan taʼminlovchi asosiy 
tarmoq boʼlgani uchun ularga fan-texnika yutuqlarining kirib borishiga zamin yaratib beradi. 
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari sanoatida qoʼllanilayotgan avtomatlashtirish, 
robotlashtirish va kompyuterlashtirish kabi fan – texnika yutuqlari Oʼzbekiston sanoatida ham keng 
qoʼllanilmoqda. Natijada, respublikamiz hozirgi kunda jahon bozoriga nafaqat xom ashyo 
mahsulotlari, balki tayyor sanoat mahsulotlari yetkazib beruvchi mamlakatga aylanmoqda. Bugungi 
kundagi yuqori texnologiyali, ilm talab mahsulotlar, hamda jahon standartlari talablariga javob 
beruvchi avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, sanoat va maishiy elektronika, aloqa 
texnikalari va boshqa murakkab mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mamlakat boʼlib hisoblanadi. 
Oʼzbekiston sanoatida yuqoridagi mahsulotlar bilan birga elektr energiya, gaz, neft, koʼmir, benzin, 
poʼlat, elektrodvigatellar, transformatorlar, akkumlyatorlar, kabellar, ekskavator, koʼprikli 
koʼtargichlar, yigiruv mashinalari, oltingugurt kislotasi, mineral oʼgʼitlar, sunʼiy tolalar, sement, turli 
qurilish materiallari, marmar, granit, gazlamalar, kiyim-kechak, paxta moyi, un, guruch, meva-
sabzavot konservalari, vino mahsulotlari va boshqalar ishlab chiqariladi. Shu boisdan ham, sanoat 
tarmoqlari muhim oʼrin tutib, alohida vazifalarga egaligi bilan ajralib turadi. 
2023 yillar YaIMda sanoat korxonalarining ulushi (2017-2022 yillarda sanoatning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 21,1 foizdan) 26,7 foizgacha ko‘paydi. Bu davrda sanoat mahsulotlarini ishlab 
chiqarishdagi o‘sish 41,3 foizni tashkil qildi. Demak, bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi 
bosqichida innovatsiyalarni joriy etish, milliy korhonalar raqobatbardoshligini oshirish, ularning 
iqtisodiy mustaqilligini va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri 
hisoblanadi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raximjonov Bekmurodjon Baxtiyorjon o'g'li

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish