“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
204
M.Yu.Yuldasheva
Toshkent shahar
XTXQTMOHM
katta o‘qituvchi
(99) 876-91-19
mamurayuldasheva.ueep@gmail.com
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AMALIY
XARAKTERDAGI MASALALARNI YECHISHNING NOAN’ANAVIY
USULLARI.
Amaldagi darsliklarda masalani turli xil usulda yechish uchun ba‘zi bir
masalalar shartlarida ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bois boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
boshqa masalalarni turli xil usulda yechishga ko‘pincha e’tibor bermaydilar. Lekin,
bunday ishlarni tizimli ravishda olib borish o‘quvchilarni matematikaga bo‘lgan
qiziqishlarini orttiradi. Bunday holatlar maktablarda o‘rganilganda o‘qituvchilar
masalalarni turli xil usulda yechganda ko‘p vaqt olishini va barcha o‘quvchilar
ishtirokini ta’minlash qiyinchilik tug‘dirishini ro‘kach qiladilar. Haqiqatan ham,
dastlab bu ish ko‘p vaqtni oladi. Lekin ma’lum bir muddat o‘tgandan so‘ng
o‘quvchilarni o‘zlari masalani turli xil usulda yechishga o‘zlari harakat qiladilar va
uni sidqidildan bajaradilar.
Amaliy xarakterdagi masalalarni an’anaviy usulda yechilganda, o‘qituvchilar
birinchi
navbatda, oddiy arifmetik usuldan foydalanishni ma’qul ko‘radi. Bunda
masalalar bir yoki ikki arifmetik usul orqali yechiladi.
Masala ustida ishlash
jarayonini yanada puxta amalga oshirish uchun zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan
unumli foydalangan holda, shu bilan bir qatorda,
turli
noan’anaviy usullar, ko‘rgazmali va amaliy metodlardan ham foydalanish mumkin.
1 – 2-sinf matematika darsligida berilgan amaliy xarakterdagi masalalarga
murojaat etish orqali ularni shakl hamda chizmalardan
unumli foydalangan holda
bajarish usullarini tahlil qilib o‘tamiz.
1-masala.
Nargizaning onasi 8 ta katak, 3 ta bir chiziqli daftar olib keldi. Nargizaning
onasi hammasi bo‘lib nechta daftar olib kelgan?
Masala shartidan kelib chiqib, unga mos chizmalar sinf doskasiga chiziladi.
O‘quvchilar doskadagi ushbu rasmlarni ko‘radi va tushungan holda masalani
yechish ishini amalga oshiradi. Daftarlar sonining 2 guruhdagi jamlanmasi bir
umumiy yig‘indi shakliga keltiriladi.
Yechish: 8+3=11 (ta) Javob: 11 ta daftar.