|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 186/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
205
Oddiygina sanashni bilgan past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi ham rasmdagi
daftarlarlarni ketma-ket sanab, ularning umumiy miqdorini topib oladi va masala
yechimini aniqlaydi.
2-masala.
Sport to‘garagiga 9 ta futbol va 6 ta basketbol to‘pi sotib olindi. To‘garak
uchun hammasi bo‘lib nechta to‘p sotib olingan?
Masalaga xos chizma ko‘rinishi:
Bularning chizmasini chizish natijasida to‘plarning ko‘rinishi dumaloqligi va
doira geometrik chakliga o‘xshashligini bilib oladi. Bolalarning geometrik
bilimlarni egallashiga ham erishiladi. Rasm va chizmalarning boshlang‘ich
ta’limdagi roli o‘quvchilarning abstrak tafakkurini ham rivojlantirishdan iboratdir.
Bundan tashqari rasm va chizmalardan foydalanish o‘quvchilarni
aktivlashtiradi, ularning e’tiborini, diqqatini qo‘zg‘atadi, o‘rganilayotgan
materialni puxtaroq o‘zlashtirish imkonini beradi.
Yechish: 9 + 6 = 15 (ta) Javob : 15 ta to`p.
Rasm va chizmalardan foydalanish samarali bo‘lishi uchun eng oldin
nazariyaning u yoki bu masalasi qaralayotganda foydalaniladigan rasm va
chizmani tanlashda o‘ylab ko‘rmoq kerak.
Umumlashtiruvchi masalani o‘quvchilar qanday qabul qilishlarini kuzatib
boruvchi, o‘quvchilarning qanchasi xulosani qo‘shimcha mustahkamlashga
muhtojligini aniqlab boruvchi o‘qituvchilargina har ko‘rsatmali ilovalar sonini
aniqlay oladigan o‘qituvchi har doim har xil ko‘rsatmali qo‘llanmalarni butun
sinfda yoki ayrim o‘quvchilarga qo‘shimcha ko‘rsatishidir. Shu bilan birga rasm va
chizmalardan haddan tashqari ko‘p shug‘ullanish o‘quvchilarni passivlashtirishi
ular tafakkurining rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Har xil ko‘rgazmali qurollar bilan yetarlicha ta’minlash juda muhimdir. Bu
o‘rinda doimo psixologlar tomonidan ifodalangan qoidani esda tutish kerak:
o‘quvchilarda to‘g‘ri umumlashtirishlar tarkib toptirishning zaruriy sharti
beriladigan o‘quv materialining xususiyatlarini o‘zgartirmay saqlagan holda
turlantirishdan iborat.
Amaliy masalalarni 3 bosqichli yechish usuli orqali quyidagilarga erishiladi:
1) O‘quvchilarga amaliy masalalarni dehqonchilikka, savdoga, tejamkorlikka
oid masalalar kabi guruhlashlashga ajratish o‘rgatilganda, ular ongida har bir
|
| |