“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
107
Cafarova Dilorom Alisherovna
Buxoro shaxar 22-maktab o’qituvchisi
YO‘L HARAKATINI O’RGATISHDA KREATIV YONDASHUV
Texnika asrini ortda qoldirib, olg‘a intilarkanmiz, hyech birimizga sir
emaski, avtoulov bugungi kunda nafaqat dabdaba yoki hashamat belgisi, balki
harakatlanish uchun qulay vositaga aylanib ulgurdi. Shu sabab yildan yilga
transport harakatining jadallashuvi tobora ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida,
ta'lim tizimi oldiga maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarni yo‘l
harakatining savodli hamda intizomli ishtirokchilari sifatida tarbiyalash vazifasini
qo‘yadi. Xo‘sh, yo‘l harakati hodisalarida bolalar jarohatining omillari nimalardan
iborat bo‘lishi mumkin, degan haqli savol tug‘iladi. Olib borilgan tadqiqotlar
natijasi o‘laroq, quyidagilarni keltirish o‘rinli deb o‘ylaymiz.