“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
108
vositalarini ham bir lahzada to‘xtatish mumkinligiga ishonadilar). Bolada o‘yinli
va real sharoitni farqlash maktabga chiqqach sekin-asta sodir bo‘ladi.
2. Bolaning butun diqqati o‘zi qilayotgan ishga qaratilgan bo‘ladi. Uning
e'tiborini qandaydir
predmet yoki odam tortsa, dunyodagi barcha narsani unutib,
o‘shanga intiladi. Unga yo‘lning narigi betiga o‘tgan o‘rtog‘iga yetib olish yoki
dumalab ketgan o‘yinchog‘ini olish harakatlanayotgan mashinadan ko‘ra
muhimroq.
3. Bola yo‘lda o‘z xatti-harakatlariga mas'uliyatni his qilmaydi. Uning bu
harakati o‘zi yoki harakatning boshqa a'zolari uchun
qanday oqibatlarga olib
kelishi mumkinligini ehtimol qilmaydi. Harakat davomida, ayniqsa, piyoda
yurganida shaxsiy xavfsizligi haqida o‘ylamaydi. Bolalarni yo‘l harakati
qoidalariga o‘rgatish dastavval oilada boshlansa, maktabgacha ta'lim muassasalari
va maktabda davom ettiriladi. Demakki,
bu ham ota-onalar, ham tarbiyachi, ham
o‘qituvchilarga muayyan vazifa yuklaydi. Yo‘l-transport hodisalarini tahlil qilish
shuni ko‘rsatdiki, jarohatlar uch sabab:
• bir tomondan bolalarning bu ulkan harakatlanuvchi moslamalardan
cho‘chishlari, boshqa tomondan hali qo‘rquv nimaligini bilmay unga intilishlari;
• kuzatishni bilmasliklari, e'tiborsizliklari;
• kattalar tomonidan bolalar axloqining yetarlicha nazorat qilinmasligi tufayli
sodir bo‘larkan.
Bularning oldini olish uchun bolada nafaqat yo‘l
qoidalariga amal qilish
intizomini, balki unda yo‘l harakatining namunali axloqini shakllantirish darkor.
Buni amalga oshirish uchun jumladan:
• Svetoforning ranglari nimalarni anglatishi haqida to‘liq tushuncha berish;
• Agar trotuar yo‘l yoqasida bo‘lsa, farzandingizning qo‘lidan tutib yurish;
• Bolani keta turib mashinalarning qaerdan chiqayotganini kuzatishga
o‘rgating;
• Yo‘ldan o‘tayotib, avval transport harakatlanadigan qismi, (svetofordagi
belgi) ga qarang, bolaga har bir
harakatingizni izohlab berish;
• Bola bilan yurganda faqat piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘ting,
garchi mashinalar bo‘lmasa-da, shunga amal qiling. Chunki sizning
harakatingiz bola uchun taqlid namunasi bo‘lib qoladi; • Bolani hatto
mashina kam harakat qiladigan joylarda ham ehtiyot bo‘lishga undang,
chunki tor ko‘cha yoki biror hovlidan mashina chiqib qolishi ehtimoli
borligini tushuntirish;