• I-bob. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari.
  • o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo‘llari




    Download 202.5 Kb.
    bet2/11
    Sana30.05.2023
    Hajmi202.5 Kb.
    #67286
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    8-ISTE\'DODLI BOLALARNI ANIQLASH VA ULARNI TARBIYALASH
    7-Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi, Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar, 3.3, 4-ma\'ruza, 8. Zardushtiylik iyerarxiyasi, Abdullayeva Shahrizoda, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bortkuzatuvchilarni ishga taklif qiladi, акмал қарши даъво ариза, Doc1
    o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo‘llari‖ deb nomlanadi. Kurs ishning maqsadi: Iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ular
    bilan ishlash yo’llari o’rganish.
    Kurs ishning ob’ekti: Boshang’ich sinflarda ta‘lim-tarbiya
    jarayoni.
    Kurs ishning predmeti: Boshlang’ich sinflarda iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo’llari mazmuni, shakli, metodlari.
    Kurs ishning vazifalari:
    1. Boshlang’ich sinflarda iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo’llari dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy jihatdan asoslash.
    2. Boshlang’ich sinflarda iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo’llari mazmuni, shakli, metodlari mavjud ahvoli va pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish.
    3.Boshlang’ich sinflarda iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo’llari bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
    Kurs ishning metodlari: nazariy tahlil, pedagogik kuzatish, anketa, savol-javob, suhbat, ekspert baholash, pedagogik eksperiment.
    Kurs ishning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutq va asarlarida bayon etilgan mazkur mavzuga oid qarash hamda yondoshuvlar, O’zbekiston Respublikasi hukumati Oliy va o’rta maxsus ta‘lim Vazirligining qarorlari, buyruqlari, O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’grisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», Davlat ta‘lim standartlari, ta‘lim texnologiyasi nazariyasi, bixeoviorizm kamda shaxsni shakllantirish haqidagi falsafiy, pedagogik va psixologik ta‘limotlar, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalar.
    Kurs ishning tarkibiy tuzilishi: BMI kirish, 3 bob, 5 paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

    I-bob. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari.

    1.1. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashning pedagogik-psixologik ahamiyati.


    Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma‘naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida ularning sodir bo’lish sabablarini o’rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator ob‘ektiv va sub‘ektiv omillarga bog’liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo’lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
    Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob‘ekti va sub‘ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
    Ayni vaqtda, O’zbekiston Respublikasida pedagogik yo’nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta‘minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta‘minlashdagi o’rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e‘tirof etadi.
    Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo’lgan jarayon bo’lib, uning samarali bo’lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:

    1. muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;

    2. ilmiy farazlarning to’g’ri shakllantirilganligi;




    1. vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi;

    2. tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob‘ektiv yondashuv;

    3. tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi;

    4. tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib o’tish;

    5. tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

    Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo’nalishda, tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

    1. Pedagogik kuzatish metodi.

    2. Suhbat metodi.

    3. Anketa metodi.

    4. Intervyu metodi.

    5. Ta‘lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

    6. Test metodi.

    7. Pedagogik tahlil metodi.

    8. Bolalar ijodini o’rganish metodi.

    9. Pedagogik tajriba metodi.

    10. Matematik-statistik metod.


    Download 202.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 202.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo‘llari

    Download 202.5 Kb.