• Biografik (tarjimai hol) metodi
  • Sotsiometrik metod.
  • Ikkinchi turida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi




    Download 202.5 Kb.
    bet6/11
    Sana30.05.2023
    Hajmi202.5 Kb.
    #67286
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    8-ISTE\'DODLI BOLALARNI ANIQLASH VA ULARNI TARBIYALASH
    7-Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi, Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar, 3.3, 4-ma\'ruza, 8. Zardushtiylik iyerarxiyasi, Abdullayeva Shahrizoda, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bortkuzatuvchilarni ishga taklif qiladi, акмал қарши даъво ариза, Doc1
    Ikkinchi turida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi.
    Uchinchi turdagi anketada sinaluvchiga yozilgan tыg’ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini o’ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
    Tarqatilgan anketalar yig’ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so’ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yыsinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi shaxs psixikasini o’rganish uchun boy ma‘lumotlar tыplash imkonini beradi. Birok, unda olinadigan ma‘lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo’lavermaydi. Bunday kamchilikka yo’l qo’ymaslik uchun anketa ichidati nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni pusxa ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
    Biografik (tarjimai hol) metodi. Shaxs psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma matlumotlar biografik metod orqali o’rganiladi. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, estaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi.
    Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: estaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o’rganilayotgan shaxs haqida to’la tasavvur etishga xizmat qiladi.
    Tarjimai hol ma‘lumotlari shaxs psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi.
    Biografik ma‘lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora etgani, o’zining uslubini yaratgan, kamolot chuqqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini o’taydi.
    Sotsiometrik metod. Bu metod kichik guruh a‘zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini ыlchashda qo’llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Bu usulda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali guruh a‘zolarining o’zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari maktabdagi o’quvchilar jamoasi, mehnat lagerlari, oliy maktablar, mehnat jamolari va turli muassasalarnnng xodimlari o’rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari, dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sababi shu metod yordamida ыrganiladi. Umuman olganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi xar xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlarni tadbiq etishda unumli foydalanish mumkin.

    Download 202.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 202.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkinchi turida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi

    Download 202.5 Kb.