Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashning pedagogik-psixologik diagnostikasi




Download 202.5 Kb.
bet4/11
Sana30.05.2023
Hajmi202.5 Kb.
#67286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-ISTE\'DODLI BOLALARNI ANIQLASH VA ULARNI TARBIYALASH
7-Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi, Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar, 3.3, 4-ma\'ruza, 8. Zardushtiylik iyerarxiyasi, Abdullayeva Shahrizoda, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bortkuzatuvchilarni ishga taklif qiladi, акмал қарши даъво ариза, Doc1

1.2. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashning pedagogik-psixologik diagnostikasi.


Pedagogikada ―Shaxs‖ tushunchasi pisixologiyda ―Shaxs‖ tushunchasidan farqli o’laroq u shaxsning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo’lishi, munosabat o’rnatishi natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Shaxsning psixik xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va h.k.), hayotda o’z o’rnini topa olishi, uning Vatani, xalqning ravnaqi yo’lida og’ishmay, e‘tiqod bilan xizmat qilishi, imonli bo’lishi shaxsni shaxs darajasiga ko’taradi. Bunday sifatlarni ro’yobga chiqishi tarbiyaga
bog’liq bo’ladi. Lekin hamisha shuni unutmasligimiz kerakki, shaxs tushunchasi - bir butun (yaxlit) tushunchadir. Odamning ma‘naviy qiyofasini chuqur bilish uchun uning faqat psixik xususiyatlarini o’rganishgina emas, balki shaxsning
fuqaro sifatidagi, jamoat arbobi sifatidagi, xodim sifatidagi xususiyatlarini va shu kabi tomonlarini ham yaxshi tasavvur etish zarur. Ayniqsa har qanday ayrim ruxiy jarayonni yoki shaxsning ayrim xususiyatini (masalan, kuzatuvchanlik, iroda, xarakter va shu kabilarni), umuman odamning ma‘naviy qiyofasi xarakteristikasi bilan bog’lamay turib o’rganib bo’lmaydi. Shaxsni o’rganish — juda murakkab, qiyin ish.
Bu to’g’rida L. N. Tolstoy chuqur va yaxshi fikr bayon qilgan edi: ―...men sizni birinchi marta ko’rib turibman, boshingiz, qo’llaringiz, oyoqlaringiz barcha odamlarnikiday, yuzingiz bichimi shunaqa yoxud o’zgacha. Buni men ham ko’rib turibman, hamma ham ko’radi. Ammo mana, agar men ko’nglingizga yo’l topolsam, shu joyga qo’l sola olsam (u mening yelkamga qo’lini- qo’ydi, ikkinchi qo’lini ko’ksimga qo’ydi), agar o’sha joyda bor bo’lgan narsani oshkora qila (tashqariga chiqara) olsam men kishini hayajonlantira olaman, ko’ziga yosh oldira olaman, barcha hislarini qo’zg’atib yubora olaman, ko’zga ko’rinmas odamni ana shunday yaqqol shaklda ko’rsata olaman, u holda men chinakam san‘atkor bo’laman‖.Psixolog ham, pedagog ham ayrim shaxs xususiyatlarini o’rganib, bilib olar ekan, taxminan ana shunday ish qilmog’i kerak.
Har bir odamning qiyofasi bor, ya‘ni u shaxsdir, deb yozgan edi ajoyib rus tanqidchisi V.G.Belinskiy, har bir odam nimasi bilandir boshqa odamlarga o’xshaydi va nimasi bilandir ulardan farq qiladi. Har bir odam mislsiz (yagona) shaxsdir.
Shaxsning ijtimoiy tabiati odamning psixik faoliyati o’rganilar ekan, hamma vaqt shuni ko’zda tutish kerakki, kishining tevarak-atrofdagi muhitga, boshqa kishilarga va shaxsan o’ziga munosabati o’zi yashayotgan jamiyatning xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Har bir odam jamiyatning boshqa a‘zolari bilan muayyan munosabatlarda bo’ladi. Xuddi shu munosabatlar odam shaxsini tarkib toptiradi—odam shu jamiyatda qabul qilingan va rivojlantirilgan ahloq qoidalarini, urf-odatlarni, ahloq normalarini o’zlashtirib oladi, bilimlarni, malakalar va mehnat ko’nikmalarini o’zlashtiradi.
Shaxsning voyaga yetishida psixik xususiyatlar odam asab sistemasining xususiyatlariga bog’liq bo’ladi, ammo asab sistemasi bu psixik xususiyatlarni oldindan belgilab bermaydi, psixik xususiyatlar tug’ma emas, ular biologik xususiyatlar bilan bog’liqdir. Odam tayyor xarakter va qiziqish-havaslar bilan, tayyor mayllar, muayyan qobiliyat va shu kabilar bilan dunyoga kelmaydi. Bu xususiyatlarning hammasi asta-sekin, hayot jarayonida hosil bo’lib, tarkib topa boradi.
Shaxsning voyaga yetishida tarbiya hal qiluvchi rol o’ynaydi. Odam psixik jihatdan o’sa borgan sari shaxsning voyaga yetishida o’z-o’zini tarbiyalash, ya‘ni odamning o’z shaxsiy sifatlarini takomillashtirishga qaratilgan ongli ishi ham katta ahamiyatga ega bo’ladi. Chunonchi, odam o’z oldiga irodasini, diqqatini o’stirib borish, xotirasini mustahkamlash, kuzatuvchanlik qobiliyatini o’stirish vazifasini qo’ymog’i mumkin. Shu maqsadga erishish uchun odam muayyan mashqlarni bajaradi, to’siqlarni yengib o’tadi, zo’r berib ishlaydi va, shu tariqa, ko’ngildagi natijalarga erishadi. O’z-o’zini tarbiyalash yo’li bilan ko’pgina psixik
sifatlarni, ancha takomillashtirish, shaxsning ba‘zi kamchiliklarini
kamaytirish mumkin.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun astoydil, sabot bilan intilish, muntazam mashqlar va mehnat tufayli mo’jizakor ishlar qilish mumkin. Shu bilan birga, bu sharoitda o’z-o’zini tarbiyalash va shaxsning o’z-o’zini qayta tarbiyalashi mumkin. O’z saviyasi va malakasini oshirish borasidagi ish hamisha odamni juda mamnun qiladi, uning irodasini kuchaytira boradi. Odamning o’z-o’zini tarbiyalash va o’z-o’zini kamolotga yetkazish jarayoni oila, maktab, yoki jamoat tashkilotlarining tarbiyaviy ta‘siri bilan mustahkamlab boriladigan bo’lsa samarali bo’ladi. Agar odamning o’z-o’zini tarbiyalash borasidagi shaxsiy maqsad va vazifalari bilan ijtimoiy tarbiyaning maqsad va vazifalari bir-biriga to’g’ri kelsa, yanada yaxshi bo’ladi: u holda shaxsiy narsa bilan ijtimoiy narsa bir-biriga zid bo’lmay, balki birga qo’shilib ketadi. Yoshlar o’z shaxsiy baxtini ijtimoiy masalalarning hal etilishi bilan bog’laydigan bo’lsalar, masalan, kommunistik jamiyatning ilg’or quruvchilari bo’lish maqsadida yuqori mutaxassislik darajasiga erishishga intiladigan bo’lsalar, juda soz bo’ladi.
Har bir kishiga yuzaki-beparvo qaramay, balki g’amxo’rlik-mehribonlik bilan qarash uni yaxshiroq bilib olishga va anglashga imkon beradi. Ayniqsa tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchining bir-birini yaxshi anglashi belgilab qo’yilgan maqsadga erishishni osonlashtiradi, yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi. Bu holda tarbiyalanuvchi o’z tarbiyachisiga beixtiyor yordam qiladi, kerakli psixik sifatlarni tarkib toptirish jarayonini tezlashtiradi. Bordi-yu, tarbiyalanuvchi tarbiyaviy tadbirlarga qiziqmaydigan (beparvo qaraydigan) bo’lsa, ayniqsa bunday tadbirlarning tagigacha yaxshilab tushunib yetmay, bunga qarshilik o’rsatadigan bo’lsa, mutlaqo yomon bo’ladi.
Tarbiyaviy ishda muvaffaqiyat qozonish uchun bola shaxsining voyaga yetish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan sabablarni yaxshi bilish zarur. Maktabda tarbiyalanuvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarni yaxshi bilish, bolalar mehnati va bo’sh vaqtidan foydalanish qanday uyushtirilganligi va boshqa ko’pgina narsalarni hisobga olish kerak. O’quvchining hayoti ana shu barcha munosabatlar asosida tashkil topadiki, buni bilish, anglash va muayyan yo’lga solish kerak. Buni bilmay turib kishini tarbiyalash haqida ham, unga ta‘sir etish to’g’risida ham, o’z-o’zini tarbiyalash xususida ham jiddiy gapirib bo’lmaydi.
Tarbiyaviy ishning ahamiyati — uning samarali bo’lishida, amaliy natijalaridadir. Shaxsni voyaga yetkazish — odamning ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo’lgan ish-harakatlari va hatti-harakatlarini tarkib toptirish demakdir.
Shaxsni tarbiyalashda jamoa ayniqsa muhim rol o’ynaydi. Jamoada odamning g’oyaviy yo’nalishi tarkib topadi, uning faoliyati va xulq-atvori tartibga solinadi, xarakterining kommunistik xislatlari tarbiyalanadi, turli qobiliyatlarining o’sishi uchun zarur bo’lgan sharoit yaratiladi.
Jamoa o’quvchilarni qayta tarbiyalash va ularni o’tmish sarqitlaridan halos qilish uchun katta imkoniyatlarga egadir. Lekin, shunga qaramasdan, ayrim kishilarda shaxsga xos ba‘zi kamchiliklar va salbiy sifatlar sezilar ekan, buning sababini kollektivning, jamoatchilik kuchlarining ta‘siridan yetarli foydalanmaslikdan axtarish kerak.
Jamoaning o’z a‘zolariga tarbiyaviy ta‘siri shu kollektivning g’oyaviy yetukligiga, uyushqoqligi va jipsligiga bog’liq bo’ladi.
Shaxsning biror maqsadni ko’zlashi murakkab ruhiy tushunchadir, bu tushuncha asosan odamning maqsadlari va intilishlarini ko’rsatadi. Odamni bilib olish uchun qanday motivlar va ehtiyojlar ana shu maqsad va intilishlariga imkon berishini, odamning o’z xulq-atvorida va umuman faoliyatida qanday qiziqish-havaslarga amal qilayotganligini bilish zarur.
Odam o’z ehtiyojini hamisha biror narsadan qoniqmaslik yoki biror nima yetishmasligi tarzida ko’ngildan kechiradi. Odamning ehtiyojlari xilma-xil bo’ladi. Odamning kun ko’rishiga bevosita imkon beradigan moddiy ehtiyojlar bor: bu — ovqatga, kiyim-kechakka, turar joy va shu kabilarga bo’lgan ehtiyojlardir. Mana shu ehtiyojlar bilan bir qatorda odamda ma‘naviy ehtiyojlar
— boshqa odamlar bilan aloqa qilish ehtiyojlari, mehnatga ehtiyoj, madaniy ehtiyojlar (kitob va gazeta o’qish, teatrga, kinoga borish, radio eshitish, televizor
ko’rish va shu singari ehtiyojlar) bor.
Odamning ehtiyojlari shaxsiyat jamiyati ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining mahsulidir. Shu taraqqiyot jarayonida odamlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlari yuzaga kelib, tobora o’zgara va murakkablasha bordi.Qiziqish-havaslar deganda odamning narsalarga va ob‘ektiv voqelik hodisalariga munosabatini tushunmoq lozim, bu munosabat ana shu narsa va hodisalarni bilishga yoki ularni o’zgartirishga intilishda ifodalanadi.
Ehtiyojlar bilan qiziqish-havaslar o’rtasida ma‘lum birlik mavjud va ular o’zaro bog’langan bo’ladi. Odamning qiziqish-havaslari ehtiyojlar asosida yuzaga keladi va tarkib topadi. Barqaror qiziqish-havaslar va o’z navbatida ba‘zan yangi ehtiyojlarning paydo bo’lishiga o’ng’aylik berishi mumkin. O’qishda, muzikada, rassomlikda, sport va shu kabilarda goho madaniy ehtiyojlar shu tariqa paydo bo’ladi.
Keng va tor doiradagi qiziqish-havaslar, chuqur va yuzaki qi- ziqish-havaslar bo’lmog’i mumkin, bunday qiziqish-havaslar ko’p jihatdan shaxsning qanday maqsad ko’zlashini ko’rsatadi. To’g’ri ba‘zi odamlar qiziqish-havaslarining tarqoqligi bilan xarakterlanadi, u holda, bunday kishilarda aniq muayyan maqsadni ko’zlash. yo’q, deymiz.
Lekin odam faqat o’zi bevosita ehtiyoj sezgan ishni qilish bilangina cheklanib qolmaydi va u o’zini qiziqtiradigan narsa bilan shug’ullanibgina kifoyalanmaydi. Shaxsning xulq-atvori ma‘naviy motivlar bilan, vijdoniy burch hissi, ijtimoiy burchlar va shu kabilar bilan ham belgilanadi.
Odam xulq-atvorining axloqiy motivlari doimo ma‘naviy ideallarda ifodalanadi.
Garchi onda-sonda bo’lsa-da, qanday bo’lmasin ma‘naviy prinsiplari, ahloqiy negizlari bo’lmagan odamlar ham uchraydi. Bu holda biz axloqsiz shaxs haqida gapiramiz, odobsizlik uning buzuq xatti-harakatida yaqqol ko’rinadi. Bizning jamiyatimiz bunday kishilarni qoralaydi, ularni tanqid qiladi va ayni mahalda ularning odobli bo’lishi, shaxsiy qadr-qimmati uchun kurash olib boradi.
Ma‘naviy ideal odamning o’z faoliyati va xulq-atvorida amal qiladigan namunadir. Ma‘naviy ideallar shaxsning dunyoqarashi bilan belgilanadi. Har bir tarixiy davrning o’z ideallari o’ziga xos ideal shaxs obrazi bor, bu obrazda odamlarning eng muhim xislatlari va maqsadlari mujassamlanadi.
Shaxsning ma‘naviy qiyofasini, uning ruhiy yaxlitligini tarkib toptirishda uning o’tmishi, turmush tajribasigina emas, balki uning kelajagi, ya‘ni har bir odamning istiqboli ham katta ahamiyatga egadir. Shaxsni voyaga yetkazishda istiqbolni ko’zda tutish kerak.
O’z tarbiyalanuvchilarining ruhiyatini fahmlab ola bilish, ularning temperamenti (mijozi), xarakteri, odatlari, qiziqish – havaslari, qobiliyatlari to’g’risida chuqur va keng tasavvurlarga ega bo’lish o’qituvchi uchun muhimdir. Mana shu tasavvurlar va bilim, keng ma‘lumotli bo’lish — pedagogning muhim qobiliyati hisoblangan psixologik kuzatuvchanlik va farosat samarasidir.
Yaxshi o’qituvchi o’z o’quvchilarini hamisha biladi, nimalarning ular uchun qiyin bo’lishini payqaydi, bu qiyinchiliklarning oldini oladi va kimlarga yordamlashish zarur bo’lsa, o’shalarga ko’mak beradi. U o’z o’quvchilariga nisbatan hamma vaqt odillik bilan (haqqoniy) ish ko’radi. Odillik (haqqoniylik) o’qituvchi shaxsning xislati bo’lib, o’quvchilar buni juda qadrlashadi. Maktab bolalari o’z o’qituvchisining bilimga va hatti-harakatlarga baho berishdagi haqqoniyatsizligini hech qachon kechirmaydi. Ularning fikricha, eng yomon o’qituvchi — haqqoniyatsiz o’qituvchidir.
Qobiliyatli o’qituvchi yaxshi tajribani o’z sharoitiga muvofiq ravishda qayta ishlab chiqadi. O’qituvchining ijodi topqirlik ko’rsatishda, o’qitishning turli usullarini topishda namoyon bo’ladi. Katta ijodiy tashabbus ko’rsatadigan va faqat bilimdongina bo’lmay, balki o’z qo’li bilan ko’pgina ishlarni ham qila oladigan o’qituvchi hamisha o’quvchilarning muhabbatini jalb etadi va taqlid qilish uchun namuna bo’ladi. Pedagoglik odobi (nazokati) ilg’or o’qituvchisi shaxsining muhim bir sifatidir.Pedagoglik odobi tarbiyalanuvchilarga ustalik bilan, to’g’ri muomala qila bilishda, ularga tegishli ta‘sir ko’rsata bilishda namoyon bo’ladi.
Hamma vaqt, har kanday sharoitda o’zini dadil tutish (o’zini yo’kotmaslik) o’qituvchi uchun muhimdir. O’qituvchining hozirjavobligi, muayyan bir vaziyatga qarab darrov ish ko’ra bilish va shu vaziyatda o’zini qanday tutish kerakligini hal etish qobiliyati katta ahamiyatga egadir.
O’qituvchilik ishi yaxshi tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishni talab etadi o’quvchilar kollektivini boshqara bilish, ularning mehnatiga rahbarlik qila bilish kerak. O’qituvchining tashkilotchilik qobiliyati dastavval uning darsni qanday o’tkazishda aniq ko’rinadi: bu to’g’ri planlashtirilgan dars ham, shu planni birmuncha aniq bajara bilish hamdir.
O’qituvchining ta‘lim-tarbiyaviy ishida to’g’ri, ravon, madaniy nutq juda katta ahamiyatga egadir. Bundan tashqari o’qituvchining nutqi ba‘zi bir sifatlar bilan farq qilmog’i kerak, bu sifatlar uning nutqini pedagogik tusga kiritadi. Bu muayyan bir masalaki hal etish maqsadida so’zlanadigan nutqdir. O’qituvchi yangi topshiriqlarni bayon qiladimi, bularning bajarilishini tekshiradimi, bolalarni biror narsaga ishontirmoqchi bo’ladimi, biror ishni ma‘qullaydimi yoki biror tanbeh beradimi barcha hollarda layoqatli o’qituvchining nutqi aktivligi, jo’shqinligi va samimiyligi bilan, gapirilayotgan narsaga ishonchi bilan ajralib turadi. Shu sababli o’qituvchining nutqi juda ta‘sirli bo’ladi. Nutq intonatsiyasini egallash ham o’qituvchi uchun muhimdir.
Ideal o’qituvchida juda yaxshi o’qituvchi bilan juda yaxshi tarbiyachining fazilatlari uyg’unlashib (qo’shilib) ketadi.
Pedagogika kursining muhim metodologik muammolaridan biri bu shaxs tarbiyasi va uning rivojlanishi muammosi hisoblanadi.
O’sib va rivojlanib boruvchi shaxs tarbiya ob‘ekti hisoblanadi. Butun hayoti davomida shaxsning rivojanish jarayoni davom etaveradi.Bu jarayonda u turli o’zgarishlarni, jismoniy, psixik, miqdor va sifat o’zgarishlarni o’z boshidan kechirib boradi. Shaxsda bo’ladigan jismoniy o’zgarishlarga uning bo’yini o’sishi,
vaznini og’irlashib borishi, suyak va mushak sistemalarini, ichki organlari va asab sistemasini o’zgarib borishi kiradi. Psixik o’zgarishlar esa, uning aqliy rivojiga aloqador bo’ladi va shaxsda shaxsning psixik sifatlarini shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo’lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi.
Odam bolasining rivojlanishi bu muhim jarayon sanaladi. Ma‘lumki, hayoti davomida shaxs jismoniy va psixik tomondan o’zgarib boradi. Lekin bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham psixik jihatdan o’sishi, o’zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta‘sir etishi natijasida bola jamiyat a‘zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida o’ziga munosib o’rin egallaydi.
Bolaning kamolotiga, ruhiyatiga, fe‘l-atvori shakllanishiga qanday omillar ta‘sir etadi? Pedagogika bola tarbiyasiga, uning shakllanishiga biologik omil, ijtimoiy omil va tarbiya ta‘sir etadi, deydi. Bu muammo pedagogikada azaldan munozaraga sabab bo’lib kelayotgan masala hisoblanadi.
Ko’p asrlik ana shu munozara zaminida bir-biriga qarama-qarshi ikki nuqtai nazar vujudga keldi. Ulardan bir toifasi odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy biologik omillar hal qiluvchi rol o’ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o’tgan tug’ma xususiyatlargina rivojlanadi. Bu nuqtai nazar tarafdorlari tarbiyaning rolini cheklab qo’yadilar. Bu nuqtai nazar fanda biologik yo’nalish deb nomlanadi. Ularning vakillari Aristotel, Platonlarning fikrlaricha taqdir, tole har kimning hayotidagi o’rnini, mavqeini avvaldan belgilab bergan.
Odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo’lajak shaxsiga xos barcha xususiyatlarga ega bo’ladi, rivojlanish esa ana shu xususiyatlarning miqdoriy ko’payib borishidan iboratdir. Preformistlar ham naslning shaxs rivojlanishidagi roliga favqulodda yuksak baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini mutlaqo inkor etadilar. Bu nazariyaning yana bir yo’nalishi XX asrda keng tarqalgan bixeviorizm oqimi bo’ldi. Bixeviorizm oqimiga amerikalik pedagog va psixolog E. Torandayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o’tadi. Bu bilan E. Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta‘sirini inkor etadi, uni shaxsning xususiyatlariga ta‘sir etishdan ojiz deb biladi.

O’rta Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Abu Ali ibn Sinolar ham shaxs tarbiyasiga ta‘sir etadigan omillar ahamiyatiga e‘tibor berib kel-ganlar. Forobiy shaxs kamolotida ta‘lim-tarbiyaning muhimligini ta‘kidlab: ――Munosib shaxs‖ bo’lish uchun odamda ikki imkoniyat: ta‘lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta‘lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa, bu kishilar bilan muloqotda ahloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo’ldir‖... deydi.


Abu Ali ibn Sino etika va ahloqiy tarbiya masalalarini falsafiy-pedagogik asosda yoritib berishga harakat etadi. U ayniqsa oila tarbiyasida ota-onaning o’rniga alohida to’xtalib: ―Bola tug’ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo’yishi, so’ngra esa uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa oila baxtli bo’ladi‖ degan fikrni ilgari suradi.
Bola shaxsining rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta‘sir etadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta‘siri deganda ota-onalarga o’xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarni takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba‘zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochining, ko’zining, terisining rangi, bo’yi basti va boshqalar) ega bo’lgan holda dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham tug’ma o’tadi. Bu fiziologik xususiyat hisoblanadi.
Akademik I. P. Pavlovning ta‘limotiga ko’ra, bola bir qator tug’ma xususiyat va instinktlarga ega holda tug’iladi va bular shartsiz reflekslar gruppasini tashkil etadi. Bular orasida oshqozon refleksi (so’lak ajratish), muhofaza refleksi (issiqdan qo’lni tortish, yorug’dan ko’zini qisish, kabilar alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo bu xususiyatlar shaxsga ham, hayvonga ham taalluqlidir. Ayni vaqtda shaxslarga xos bo’lgan xususiyatlar ham irsiyat yo’li bilan o’tadi. Masalan, tanani vertikal
holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati — bular tug’ma imkoniyatlar bo’lib, ularning rivojlanishi uchun shaxs bolasi odamlar orasida yashab, ular bilan aloqa qilishi darkor. Bu psixik imkoniyatlarning chindan ham rivojlanmog’i, ro’yobga chiqmog’i uchun bola faqat o’sibgina qolmay, balki shu o’sish jarayonida shaxslar orasida yashamog’i, ulg’aymog’i va ijtimoiy hayotda ishtirok etmog’i kerak. Chunki shaxs biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi. Bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog’i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog’i kerak. Ana o’shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo’ladi. Fiziologiya va psixologiya fanining ko’rsatishicha shaxs bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatni ro’yobga chiqishi va rivojlanishiga ta‘sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya‘ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug’iladi. Tug’ma layoqat o’z holicha rivojlana olmaydi, go’yo u ―mudroq‖ holatda bo’lib, uning uyg’onishi - rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.
Agar bola o’z layoqatiga mos sharoitda o’sib, zarur faoliyat bilan shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo’lmasa yo’q bo’lib ketishi mumkin. Shuning uchun pedagogika layoqatning namoyon bo’lishi va qobiliyat sifatida rivoj-lanishi to’la-to’kis hayot sharoitiga va tarbiyaga bog’liq deb biladi.
Shaxs kamolotiga ta‘sir etadigan omillardan biri muhit deganda kishiga stixiyali ta‘sir etadigan tashqi voqealar kompleksi tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) kiradi.
Tabiiy (geografik) muhit (iqlim, tabiiy sharoiti va boyligi) so’zsiz shaxsning hayot tarziga, xarakteriga va mehnat faoliyatiga ta‘sir etadi. Masalan: tropik mintaqada hayot kechirayotgan shaxslarning hayot tarzi uzoq shimoldagi shaxslar hayot tarzidan farqlanadi, bu ularning hayot tarziga va ularning rivojlanishiga ta‘sir etadigan qator omillar bilan isbotlanadi.
Shu bilan birga shaxs kamolotida mikromuhit— oila sharoiti ham katta ta‘sir kuchiga ega. Chunki bola ko’z ochib ota-onasini, qarindosh-urug’ini ko’radi.
Uning intensiv jismoniy va psixologik rivojlanadigan davri oila ta‘sirida shakllanadi, xalqimizda ―Qush uyasida ko’rganini qiladi‖ degan naql bekorga aytilmagan. Oilaning hayot tarzi, undagi bola tarbiyasiga ijobiy ta‘sir etadigan tarbiyaviy muhit uning kamolatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bola kamolotida ijtimoiy muhit muhimdir. Chunki bu yerda ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar kishiga alohida ta‘sir qiladi. Ijtimoiy aloqasiz, odamlar bilan aloqa qilmasdan odam shaxs bo’la olmaydi. Bu xil munosabat natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi.
Shaxs kamolotiga ijtimoiy muhitning ta‘siri turli tarixiy davrda (formatsiyalarda) turlicha bo’ladi, turli sotsial guruhlarga ham turlicha ta‘sir etadi. Shunday ekan, hozirgi zamon pedagogika fani muhitga, uning shaxs rivojlanishidagi ta‘sirining roliga alohida e‘tibor beradi. Muhit tushunchasiga kiradigan ijtimoiy hayot voqealarining shaxsga ta‘siri g’oyat muhim ekanligini ko’rsatadi va ijtimoiy muhit abadiy emas, o’zgaruvchan deb qaraydi. Shuning uchun muhit shaxs taqdirini belgilab beradigan omil deb hisoblanilmaydi. Ammo uning ta‘sirini rad etmaydi.
Ammo tarbiya ta‘sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.
Shaxs kamolati irsiyat yo’li bilan orttirilgan va tabiiy layoqatlar bilan belgilanib qolmay balki, butun hayoti davrida uni qurshab olgan vo-qelik ta‘sirida orttirgan xususiyat va sifatlar bilan ham belgilanadi.
Shubhasiz tarbiya odamning ko’zi, sochi, terisining rangiga, uning badani tuzilishiga ta‘sir eta olmaydi. Lekin shu bilan birga tarbiya jismoniy taraqqiyotga ta‘sir etishi mumkin. Chunki maxsus tashkil etilgan jismoniy mashqlar orqali bolaning salomatligi mustahkamlanadi va chiniqtiriladi. Ma‘lumki, shaxsning tabiiy qobiliyati faqat tarbiya orqali, uni ma‘lum bir faoliyat turiga jalb qilish orqali rivojlanishi mumkin.
Ma‘lumki, bola layoqatini rivojlantirish uni qobiliyatga aylantirish va hayotga mos holda o’stirish uchun mehnatsevarlik va ishchanlik kerak.
Mehnatsevarlik va muttasil o’tirib ishlash kabi fazilatlar faqat tarbiya natijasida orttiriladigan fazilatlardir. Garchand shaxs kamolatiga ta‘sir etadigan omillar bir qancha bo’lsa ham lekin, maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining rahbarligida amalga oshiriladigan tarbiya jarayoni yetakchi hisoblanadi. Chunki, birinchidan, tarbiya ta‘sirida muhit ta‘siri bera olmagan fazilatlar o’zlashtiriladi va narsalar o’rganiladi, ya‘ni bilim, ma‘lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikmalar, malakalar ham maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali hosil bo’ladi.

Download 202.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 202.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashning pedagogik-psixologik diagnostikasi

Download 202.5 Kb.