|
-rasm. Bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish modeli
|
bet | 12/34 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #155602 |
Bog'liq 6. Qodirova G. Avtoreferat1-rasm. Bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish modeli
Ta’limning sanab o‘tilgan shakllarini amalga oshirish uchun o‘quv materiallarini ishlab chiqish va takomillashtirish zarur. Ta’lim vositalari sifatida kompyuter, proyektor, darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv uslubiy ta’minot, tarqatma materiallarni keltirish mumkin. Ushbu jarayonda bo‘lajak muhandislarda rivojlangan motivatsiya darajalari: salbiy, neytral, ijobiy amorf, ijobiy kognitiv, ijobiy faol quyidagi bosqichlarda shakllantirildi.
Birinchi bosqich (variativ rivojlanish bosqichi) yangi bilimlarni o‘zlashtirishga diqqatni jalb etish, motivasiyani oshirish hisobiga yangi bilimlarni o‘zlashtirishning boshlang‘ich bosqichida “talaba-talaba” o‘zaro ta’sirlashuvini ko‘zda tutadi. Ikkinchi bosqich (faol o‘qitish bosqichi) da fikrlashning ratsional apparatini qo‘llash (o‘qituvchi tomonidan “o‘qituvchi-talaba” ko‘rinishidagi o‘zaro ta’sirlashuv shakllanadi. Uchinchi bosqich (ijodiy mustaqillik bosqichi) o‘zlashtirilgan bilim, egallangan ko‘nikma va malakalar asosida bilvosita o‘qituvchi rahbarligida yangi obyektlarni yaratish, kashf etishni ko‘zda tutadi.
Bo‘lajak muhandislarga xoirijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish texnologiyalaridan biri bu - «ADDIE» texnologiyasidan foydalanildi. «ADDIE» atamasi - ingliz tilidagi so‘zlarining bosh harflaridan olingan qisqartma so‘z hisoblanadi.
Bo‘lajak muhandislarga xoirijiy tillarni o‘rgatishga qiziqtirishni amalga oshirish uchun CDIO texnologiyasidan foydalanildi. CDIO standartlari amaliyotga yo‘naltirilgan vazifalarni rivojlantirish, shu jumladan, ta’lim loyihasi asosida bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish jarayonini tashkil etishda auditoriyalar, texnik uskunalar, faol va interaktiv metodlaridan foydalanish, natijalarni monitoring qilish amalga oshiriladi.
“Hamkorlikda o‘qitish” metodi. Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi – biror bir narsani birga bajarish emas, balki hamkorlikda o‘qish va o‘rganishdan iborat.
“Rotation” metodi. Rotasiya metodi talabalarga mashg‘ulot davomida turli rollarni belgilashdan iborat bo‘lib, ular turli xil tajribaga ega bo‘lishlari mumkin.
“Experience exchange” metodi. Tajriba almashish metodi talabani mazkur ta’lim yo‘nalishiga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni boshqa hududdagi o‘qish joyida (shu jumladan, boshqa mamlakatlarda) qisqa muddatli o‘tkazish rolini virtual muhitda ijro etishni va keyinchalik o‘zlashtirgan bilimlarni amalda qo‘llashni o‘z ichiga oladi
Baholash blokida bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlanganligi sifati tegishli usullar va nazorat materiallari asosida o‘lchanadi.
Texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida interfaol texnologiyalar asosida xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlanganlik darajasini ob’ektiv baholash uchun uning har bir bosqichini asoslovchi, shakllantiruvchi va yakuniy tashxisdan o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi bo‘lajak muhandislarda xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlanganligining quyidagi mezonlari (motivasion, kognitiv va faoliyali) va darajalarga (past, o‘rta, yuqori) ajratamiz.
Natijada xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasi rivojlangan bo‘lajak muhandis tayyorlanadi.
Yaratilgan modelning ushbu bloklari kompleks o‘zaro ta’sirlashuvi interfaol texnologiyalar asosida texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishini ta’minlaydi
Kasbiy faoliyat mazmunini belgilovchi fanlar bloklarini tahlil qilish orqali bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishda quyidagi fanlarni integratsiyalashni amalga oshiramiz:
1-blok: Gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar blokidan: Xorijiy til.
2-blok: Umumkasbiy fanlar: Nazariy mexanika. Materiallar qarshiligi.
3-blok: Ixtisoslik fanlari: Ichki yonuv dvigatellari.
4-blok: Qo‘shimcha ixtisoslik fanlari. Avtotransport vositalarini diagnostikalash (2-rasm)
|
| |