|
-rasm. Ingliz tilni umumkasbiy va ixtisoslik fanlar mavzulari bilan o‘zaro bog‘liqligi
|
bet | 13/34 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #155602 |
Bog'liq 6. Qodirova G. Avtoreferat2-rasm. Ingliz tilni umumkasbiy va ixtisoslik fanlar mavzulari bilan o‘zaro bog‘liqligi
Xorijiy tilni kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish jarayoni quyidagi algoritmik ketma-ketlikda olib boriladi:
Ta’lim shakllarini belgilab olish (ma’ruza, amaliy, mustaqil ta’lim, to‘garak);
Amaliy mashg‘ulotda talabalarning til kompetentligini rivojlantirish (Rotation, Experience exchange metodlari);
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotida sotsiolingvistik va pragmatik kompetentligini rivojlantirish (qisman izlanishli, tadqiqotchilik);
To‘garakda tadbirkorlik, boshqaruv, tashkilotchilik kabi bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish (CDIO, hikoya zanjiri, interfaol ta’lim texnologiyalari);
Xorijiy tilni kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishda turli-tuman samarali metod va texnologiyalardan foydalanildi.
Bizning loyihamiz CDIO algoritmi yordamida ta’lim loyihasini amalga oshirish, loyihalash faoliyatini amalga oshirishga mos keladi. CDIO standartlari amaliyotga yo‘naltirilgan vazifalarni rivojlantirish, shu jumladan, ta’lim loyihasi asosida bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish jarayonini tashkil etishda auditoriyalar, texnik uskunalar, faol va interaktiv metodlari foydalanish, natijalarni monitoring qilish amalga oshiriladi (1-jadval).
1-jadval
CDIO ning asosiy bosqichlari
CDIO bosqichlari
|
Bosqichlar
|
C (conceive) – O‘ylash
|
1-bosqich.
O‘rganish ehtiyoji. Muammo, maqsad va vazifalarni belgilash. Muammoni hal qilish yo‘lini ishlab chiqish.
|
D (design) – Loyihalash
|
2 bosqich.
Muammoni yechimini aniqlash qobiliyati.
Harakatlar va natijalarni rejalashtirish. Ta’minot resursi.
|
I (implement) – Amalga oshirish
|
3 bosqich.
Amaliyot o‘tash. Loyihani ishlab chiqishni nazorat qilish. Baholash va qaror qabul qilish.
|
O (operate) – Boshqarish
|
4 bosqich.
Loyiha sifatini baholash.
Refleksiya, sozlash.
Xatolar ustida ishlash. Qayta aloqa.
Bajarish.
|
CDIO algoritmi yordamida bo‘lajak muhandislarni xorijiy til bo‘yicha darslarining yangi arxitekturasini qurish mumkin. O‘qitish jarayonida nafaqat predmet, balki kasbiy tayyorgarlikning ijtimoiy mazmuni ham quriladi, bu esa umummadaniy va shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Biz tadqiqot davomida bo‘lajak muhandislarni xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish jarayonida «ADDIE» texnologiyasidan foydalandik.. «ADDIE» atamasi - ingliz tilidagi so‘zlarining bosh harflaridan olingan qisqartma so‘z hisoblanadi (.3-rasm).
|
Analiz, tahlil - Tahlil bosqichi o'quv muammolari va maqsadlarini aniqlaydi, o'quv muhiti va o'quvchilarning mavjud bilim va ko'nikmalarini aniqlaydi.
|
|
| |