• Nazariy qism
  • Dasturiy vositalar
  • Tashkiliy himoyalash vositalari
  • Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari
  • Jizzax politexnika instituti




    Download 20,04 Mb.
    bet91/102
    Sana30.05.2024
    Hajmi20,04 Mb.
    #257711
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102
    Bog'liq
    AKT fanidan LOBARATORIYA uslubiy ko\'rsatma

    17-LABORATORIYA ISHI


    DAVLAT BOSHQARUVIDA INTERAKTIV AXBOROT TIZIMLARI
    Ishdan maqsad: Ushbu amaliy ishni bajarish jarayonida talabalaraxborot xavfsizligida himoyalash usullari, axborotni kodlashtirish va kriptografik himoyalash usullari haqida nazariy hamda amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar.
    Nazariy qism: Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash deb, foydalanuvchilarni ruhsatsiz tarmoq elementlari va zahiralariga egalik qilishni man etishdagi texnik, dasturiy va kriptografik usul, vositalar, hamda tashkiliy tadbirlarga aytiladi.
    Fizikaviy texnik vositalar - bu avtonom holda ishlaydigan qurilma va tizimlardir. Masalan, oddiy eshik qulflari, derazada o’rnatilgan temir panjaralar, qo’riqlash elektr uskunalari fizikaviy texnik vositalarga kiradi.
    Dasturiy vositalar – bu axborotlarni himoyalash funksiyalarini bajarish uchun mo’ljallangan maxsus dasturiy ta’minotdir.
    Axborotlarni himoyalashda birinchi navbatda eng keng qo’llanilgan dasturiy vositalar hozirgi kunda ikkinchi darajali himoya vositasi hisoblanadi. Bunga misol sifatida parol tizimini keltirish mumkin.
    Tashkiliy himoyalash vositalari - bu telekommunikasiya uskunalarining yaratilishi va qo’llanilishi jarayonida qabul qilingan tashkiliy-texnikaviy va tashkiliy-huquqiy tadbirlardir. Bunga bevosita misol sifatida quyidagi jarayonlarni keltirish mumkin: binolarning qurilishi, tizimni loyihalash, qurilmalarni o’rnatish, tekshirish va ishga tushirish.
    Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari- bu hisoblash texnikasini rivojlanishi oqibatida paydo bo’ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida bo’lmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilarni obro’siga ziyon yetkazishi mumkin.
    Qonuniy himoyalash vositalari- bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy hujjatlar sanaladi. Ular bevosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni buzuvchilarning mas’uliyatlarini aniqlab beradi.
    Masalan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarida axborotni himoyalash guruhlarini tashkil qilish, ularning vakolatlari, majburiyatlari va javobgarliklari aniq yoritib berilgan.
    Hozirgi kunda ma’lumotlarni ruxsatsiz chetga chiqib ketish yo’llari quyidagilardan iborat:

    • elektron nurlarni chetdan turib o’qib olish;

    • aloqa kabellarini elektromagnit to’lqinlar bilan nurlatish;

    • yashirin tinglash qurilmalarini qo’llash;

    • masofadan rasmga tushirish;

    • printerdan chiqadigan akustik to’lqinlarni o’qib olish;

    • ma’lumot tashuvchilarni va ishlab chiqarish chiqindilarini o’g’irlash;

    • tizim xotirasida saqlanib qolgan ma’lumotlarni o’qib olish;

    • himoyani yengib ma’lumotlarni nusxalash;

    • qayd qilingan foydalanuvchi niqobida tizimga kirish;

    • dasturiy tuzoqlarni qo’llash;

    • dasturlash tillari va operasion tizimlarning kamchiliklaridan foylalanish;

    • dasturlarda maxsus belgilangan sharoitlarda ishga tushishi mumkin bo’lgan qism dasturlarning mavjud bo’lishi;

    • aloqa va apparatlarga noqonuniy ulanish;

    • himoyalash vositalarini qasddan ishdan chiqarish;

    • kompyuter viruslarini tizimga kiritish va undan foydalanish.

    Ushbu yo’llarning deyarli barchasini oldini olish mumkin, lekin kompyuter viruslaridan hozirgacha qoniqarli himoya vositalari ishlab chiqilmagan.
    Bevosita tarmoq bo’yicha uzatiladigan ma’lumotlarni himoyalash maqsadida quyidagi tadbirlarni bajarish lozim bo’ladi:
    -uzatiladigan ma’lumotlarni ochib o’qishdan saqlanish;
    -uzatiladigan ma’lumotlarni tahlil qiliщdan saqlanish;
    -uzatiladigan ma’lumotlarni o’zgartirishga yo’l qo’ymaslik va o’zgartirishga urinishlarni aniqlash;
    -ma’lumotlarni uzatish maqsadida qo’llaniladigan dasturiy uzilishlarni aniqlashga yo’l qo’ymaslik;
    -firibgar ulanishlarning oldini olish.
    Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda asosan kriptografik usullar qo’llaniladi.
    Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qo’llaniladi.

    Download 20,04 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102




    Download 20,04 Mb.