|
Jizzax viloyati Baxmal tumani 31-umumiy o`rta ta`lim maktabi filialining
|
bet | 36/61 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 4,3 Mb. | | #238026 |
Bog'liq 3-SINF MATEMATIKA TO\'GARAK 34-SOATLIK.1docMMIBDO``:__________________________
_____________________________________________________________________________________________________________
Sana:________________
Mavzu: Kesmani teng bo‘laklarga bo‘lish
Mashg`ulotning maqsadi:ta`limiy: Kesma, to’g’ri to’rtburchak, tasmalarni teng bo’laklarga bo‘lish usullari haqida bilim berish. T.k.1 so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;F.k.1. a + b, a - b, a • b, a : b ko‘rinishdagi ikki o‘zgaruvchili ifodalarning qiymatini berilgan sonlar orqali topa oladi;
Tarbiyaviy: Sport bilan shug`ullanishni targ`ib qilish, ish bajarishda tozalikka, ozodalikka, tartibga rioya qilishga o`rgatish. T.k.3. o‘rganilgan mavzu doirasida o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish; o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay olish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash F.k.3: sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullarining samarali ekanligini tushuna olish.
Mashg`ulotning turi:Yangi bilim beruvchi:
Mashg`ulotning metodi: savol javob, tushuntirish
Mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar.kitob
Mashg`ulotning borishi.
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish,
davomatni aniqlash,
o`quvchilarni o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish,
aylanma daftarlarni almashtirish.
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan Mashg`ulotda “Takrorlash” yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib no`to`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beraman.
III. Yangi mavzu bayoni:
1-misol. a) Kesmaning umumiy uzunligini o‘lchang. Kesma nechta teng bo‘laklarga bo‘lingan? Har bir bo‘lak uzunligi necha cm ga teng?
b) 10 cm li to‘g‘ri chiziq chizing. Uni 4 ta teng bo‘ laklarga bo‘ling, so‘ng kesma uzunligini millimetr hisobida toping.
10 sm = 100 mm : 4 = 25mm
2 – masala. Yangi maktab ochilishi bayram tadbirida 600 cm li tasma teng 3 bo‘lakka bo‘lib kesildi. Har bir bo‘lakning uzunligini toping.
Yechish: 600 : 3 = 200 Javob: 200 sm.
3-masala. Ariq bo‘yining 240 m qismiga olcha ko‘chati ekish rejalashtirilgan. Har 2 metrga bir tup ko‘chat ekilsa, jami necha tup ko‘chat ekiladi? Har 3 metrga ekilsa-chi?
|
| |