“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
133
o‘quv jarayonining asosiy elementi bo‘lib qoladi, lekin uning vazifalari, tashkil etish shakli turlicha bo‘lishi
mumkin [4].
Tarixni o‘qitish fanning mavhumligi tufayli qiyin bo‘lishi mumkin. Abstraktlik shundan iboratki,
o‘tmishdagi voqealar haqiqiyligi uchun qayta ishlab chiqilishi va qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas va
harakatlarning sabablarini tekshirish uchun ochiq bo‘lmaydi.
Tarixni samarali o‘qitish,
shu jumladan, mavzuni hayotga qaytarish va uni o‘quvhcilarning intellektual
va hissiy qobiliyatlarini jalb qilish bilan bog‘liq. Bu og‘zaki taqdimot yoki voqealarni aytib berish yoki
ma’ruzalarni ishlatishdan tashqariga chiqadi, lekin mazmun va o‘qitish san’ati haqida keng qamrovli
tushunchani o‘z ichiga oladi. Bu tushuncha o‘quvchilar tarixiy tushunchalarni o‘zlashtirishlari hamda tarixiy
fikrlash mahoratini oshirishlari uchun sharoit yaratishda muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, mavzuning
o‘ziga
xosligi shundaki, u o‘qituvchilarni o‘qitish samaradorligini oshirish uchun innovatsion yondashuvlarni
qabul qilishlari kerak [6].
O’quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, roli, shuningdek, o‘yin elementlari hamda
ta’limning o‘zaro uyg‘unligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan pedagogik o‘yinlar mohiyati, funksiyasi va
turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Pedagogik o‘yinlar yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish,
mustahkamlash, o‘quvchilarning ijodiy
qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik ko‘nikma,
malakalarini shakllantirish kabi masalalarni yechishga qaratiladi. Ular yordamida o‘quvchilar turli
holatlardan o‘quv materialini tushunish, uning negizida ma’lum ko‘nikma, malaka va sifatni o‘zlashtirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi [7].
Fikrimizni mantiqiy davom ettirgan holda biz mualliflik texnologiyalari bilan tanishib o‘tamiz:
O‘quvchilarni tarix fanining ajralmas jihatlari bo‘lgan hukmdorlar yoki qahramon shaxslar, sanalar,
atamalar,davlatlar kabi muhim jihatlarning o‘ziga
xos sifati, xususiyati, farqini tushunib yetishida asosiy
vosita bo‘la oladigan
«To‘g‘ri top!» o‘yin usulini tanishtirib o‘tamiz. Bu o‘yin
usuli mavzuning
xarakteridan kelib chiqib qo‘llanadi.
Mаzkur о‘yin usulidаn fоydаlаnish bо‘yichа nаmunа (1-jаdvаl) kеltirib о‘tаmiz. 1-kurs «О‘zbеkistоn
tаrixi» fаnining “IX-XII аsrlаrdа Mоvоrоunnаhrdа fаn vа mаdаniyаt ” mаvzusi аsоsidа tаyyоrlаngаn [8].