|
OʻZBEKISTONDA OʻQISH VA YASHASHDA CHET ELLIK TALABALARNING Pdf ko'rish
|
bet | 223/266 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,29 Mb. | | #143747 |
Bog'liq 11-son PM Ped PsixoloOʻZBEKISTONDA OʻQISH VA YASHASHDA CHET ELLIK TALABALARNING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOSLASHUV SHARTLARI
Nazarova Manzura Mustafo qizi,
Buxoro davlat universiteti
Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi tayanch doktoranti
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda oʻqish va yashashda chet ellik talabalarning ijtimoiy-psixologik
moslashuv shartlari, moslashuv tushunchasining mohiyati ochib berilgan boʻlib, ushbu tushuncha vaziyat va
uning xususiyatlari oʻzgarishi bilan bogʻliq jarayon, adaptiv subyektning harakatlari moslashish uchun
uning oʻzi ustida ishlashi bilan bogʻliq jarayon sifatida tushuntirilgan. Chet ellik talabalarni adaptatsiya
holatiga moslashtirish, ularning yangi muhitda yashash va tahsil olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin
boʻlgan stresslarini yengib oʻtishga boʻlgan ehtiyojining oshishi bilan bogʻliq psixologik xizmatlarni
koʻrsatish Oʻzbekiston zamonaviy oliy ta’limini xalqarolashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida
aytib oʻtilgan. Oʻzbek xususiyatlarini yaxshi tushunadigan va qabul qiladigan mutaxassislar, shu bilan
birga, raqobatbardosh chet ellik kadrlarni tayyorlashda psixologiyaning oldida turgan muhim vazifalar
sanab oʻtilgan. Chet ellik talabalarda oʻzga yurtda tahsil olish mobaynida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan
turli xil moslashuv toʻsiqlari va xalqaro talabalarning Oʻzbekistonda ta’lim olish va yashash uchun
moslashuvining muvaffaqiyatli rivojlanishiga qanday toʻsiq boʻlishi mumkinligi aytib oʻtiladi. Axborot aloqa
buzilishlari, fiziologik toʻsiqlar, siyosiy, diniy va kasbiy farqlar kabi tushunchalarning turli xil talqinlari
ijtimoiy-psixologik moslashuvning asosiy toʻsigʻi sifatida keltiriladi.
Kalit soʻzlar: adaptatsiya, axborot aloqa buzilishlari, hissiy toʻsiq, fiziologik toʻsiq, psixologik toʻsiq,
til toʻsigʻi, diksiya, gender toʻsigʻi, adaptiv ta’lim, inklyuziv ta’lim.
|
| |