“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
47
4-rasm. Namunaning uzilish jarayonining virtual stendi
Uchinchi bosqichda uzilgan namunaning o‘lchamlari ikkinchi marotaba o‘lchanadi
va dastlabki
o‘lchov natijalaridan farqi aniqlanadi.
Keyingi “O‘zingizni tekshirib ko‘ring” nomli oynada dastlabki va tajribadan keyin olingan namuna
o‘lchamlarini kiritib boshlang‘ich kesim yuza va absolyut uzayishlarni hisoblashadi.
Kuchlanishlar va
mustahkamlik chegarasini mustaqil o‘zi hisoblab, topilgan qiymatlarni kiritib ko‘rish orqali natijalar to‘g‘ri
yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirib ko‘rishadi (5-rasm).
5-rasm. O‘lchangan qiymatlarni kiritish va hisoblash oynasi
Bunday virtual ishlar, real laboratoriya uskunalarini kompyuter ekranida immitatsiya qilishi natijasida
real ob’ektni vizual akslantirishga va interfaol muloqot rejimida ishlashga imkon berdi.
Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda laboratoriya mashg‘ulotlarini
olib borish metodikasi
quyidagi imkoniyatlarni beradi:
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
48
1. Mexanik jarayonlar va qonuniyatlarni chuqurroq tushunish,
shuningdek, olingan bilimlarni
amaliyotda qo‘llash usullarini o‘rganish.
2. Ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish.
3. Talabalarning bilimlarini birlashtirish.
4. O‘quvchilarni shaxsiy kompyuterni o‘zlashtirishga undash.
5. Tajribalarni
bosqichma-bosqich bajarish, darsda muvaffaqiyatga erishish vaziyatini yaratish,
differensiyal o‘qitish metodlarini qo‘llash.
6. Talabalarni mustaqil ravishda multimedia modellarini yaratish uchun ularni qiziqtirgan har qanday
mavzu bo‘yicha tadqiqot qilishga undash, natijani vizual ko‘rish.