“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
46
Shundan so‘ng laboratoriya ishining bajarilishi
ketma-ketligini kuzatib borib, o‘zlari ham bevosita
bajarib ko‘rishadi. Jarayon
uch bosqichda bajariladi, birinchi bosqichda cho‘zilishga sinalayotgan material
namunasining dastlabki o‘lchamlari olinadi (virtual stendda uning harakatini ko‘rish mumkin).
Ikkinchi bosqichda talabaning o‘zi bevosita namunani
qurilmaga joylashtirib, materialning
mustahkamligini aniqlash uchun namunaga tashqi yuklamani namuna uzulgunga qadar asta-sekin
va uzluksiz
oshirib boradi. Mazkur jarayon vaqtida yuz beradigan maksimum yuklama kuchi material
mustahkamligining o‘lchovi hisoblanadi.
Mexanika
nuqtay nazaridan qaralganda, bunday animatsiyalarni vizual ko‘rish natijasida talabada
ob’ektlarning harakati xususidagi tasavvurlari shakllanadi va nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish
darajasi
oshadi.
3-rasmda materiallar namunalarini cho‘zilishga sinash bo‘yicha animatsion virtual stendning oyna
ko‘rinishi keltirilgan bo‘lib, u sinov qurilmasi maxsus namunani ushlovchi (ushlagich), cho‘zuvchi kuchni
beradigan moslama, kuchni o‘lchovchi dinamometr va cho‘zilish diagrammasini
chizadigan koordinatalar
tizimidan tashkil topgan [3].