• Innovatsion oqitish usullari deganda nima tushuniladi
  • Innovatsion o'qitish turlari




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/266
    Sana23.01.2024
    Hajmi4,29 Mb.
    #143747
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   266
    Bog'liq
    11-son PM Ped Psixolo

    Innovatsion o'qitish turlari. Bugunga kelib ko'plab o'qituvchilar o'z darslarini imkon qadar an’anaviy 
    o'qitish usullaridan farqli tashkil qilishga harakat qilmoqdalar va o'z talabalari uchun turli yondashuvlarni 
    topib, ularning o'qitishda ko'proq ishtirok etishlari imkonini berishmoqda. Hozirgi kunda ta'lim sohasi shu 
    qadar tez o'zgarmoqdaki, o’qituvchi o’z darslarini doimo zamonaviy strategiyalarga moslashtirishi kerak 
    bo’lmoqda. 
    Quyidagi ro’yxatda dunyo mamlakatlari oliy ta’limlarida qo’llaniladigan ba’zi innovatsion o'qitish 
    turlari berilgan: 

    interfaol darslar 

    virtual haqiqat texnologiyasidan foydalanish 

    o'qitishda AIdan foydalanish 

    aralashtirilgan o'rganish 

    3d bosma 

    dizayn fikrlash jarayonidan foydalanish 

    loyihaga asoslangan ta'lim 

    so'rovga asoslangan ta'lim 

    boshqotirma 

    bulutli hisoblash bo'yicha o’qitish 

    teskari guruh 

    tengdoshlar o’qitishi 

    hamkasblar teskari aloqa 


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
    50 

    o'zaro mashg'ulotlar 

    individual o’qitish 
    Innovatsion o'qitish usullari deganda nima tushuniladi? 
    O‘qitishning innovatsion usullari – bu darsda eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanish yoki 
    o’qitishning eng so‘nggi tendensiyalaridan doimo xabardor bo‘lish emas, balki ta’lim berish va o’qitish 
    usullaridir.
    O’qitishning innovatsion usullari talabalarga ko'proq yo'naltirilgan yangi o'qitish strategiyalaridan 
    foydalanishga qaratilgan. Ushbu innovatsion g'oyalar talabalarni dars davomida o'z guruhdoshlari va 
    o'qituvchi bilan faol ishtirok etishga va muloqot qilishga undaydi. Talabalar ko'proq harakat qiladilar, lekin 
    bu ularning ta’lim olishga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi va bilim darajalarini o’sishiga olib keladi. 
    An'anaviy o'qitishda asosan o’qituvchi talabalarga qancha bilim berishiga e’tibor beriladi, innovatsion 
    o’qitishda esa talaba o’qituvchi tomonidan berilayotgan bilimning qanday miqdorini o’zlashtirishi 
    mumkinligi asosiy mezon qilib olinadi. 

    Download 4,29 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   266




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish