|
O‘QITUVCHI SHAXSI VA KASBIGA QOʻYILADIGAN ZAMONAVIY TALABLARBog'liq 11-son PM Ped PsixoloO‘QITUVCHI SHAXSI VA KASBIGA QOʻYILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR
Fayziyeva Umida Asadovna,
Buxoro davlat universiteti dotsenti, p.f.f.d (PhD)
Maqolada o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlar, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismlari, shaxsiy
va kasbiy sifatlarni egallash bosqichlari, pedagogik maqsadning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: o‘qituvchi, kasbiy sifatlar, shaxsiy sifatlar, pedagogik faoliyat, ta’lim, tarbiya.
СОВРЕМЕННЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К ЛИЧНОСТИ И ПРОФЕССИИ ПЕДАГОГА
В статье рассматриваются личностные и профессиональные качества педагога,
составляющие педагогической деятельности, этапы приобретения личностных и профессиональных
качеств, конкретные характеристики педагогической цели.
Ключевые слова: учитель, профессиональные качества, личностные качества, педагогическая
деятельность, образование, воспитание.
MODERN REQUIREMENTS FOR THE PERSON AND PROFESSION OF THE TEACHER
The article examines the personal and professional qualities of the teacher, the components of
pedagogical activity, the stages of acquiring personal and professional qualities, the specific characteristics
of the pedagogical goal.
Key words: teacher, professional qualities, personal qualities, pedagogical activity, education,
upbringing.
Kirish. Pedagogik faoliyat o‘ziga xos tarixiy-ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyat bo‘lib, u
insonni hayot, mehnat, ijtimoiy turmushga tayyorlash va eng avvalo, yosh avlodni mustaqil faoliyat
ko‘rsatib, mamlakatda, jamiyatda muvaffaqiyatli mehnat qilib, ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shug‘ullana
oladigan inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi. Jahonning pedagogik faoliyatga
tayyorlanadigan o‘quv muassasalarida, avvalo, bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion, kreativ, akseologik,
akmeologik salohiyatini ta’minlash, kasbiy kompetentligini yuksaltirish, pedagogik-psixologik bilimlar
asosida pedagogik faoliyatning ilmiy-nazariy va amaliy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish yetakchi
o‘rinni egallaydi.
|
| |