Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlashning nazariy va
amaliy masalalari, pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish
mexanizmlarini takomillashtirish masalalari respublikamiz olimlaridan X.Abdukarimov, M.Abdullajonov,
B.Adizov, Sh.Axrorov, U.Begimqulov, R.Djuraev, B.Djuraeva, X.Ibragimov, Sh.Majitova, Sh.Mardonov,
N.Muslimov, D.Nasriddinova, M.Mirsolieva, Sh.Olimov, B.Raximov, O‘.Tolipov, M.Urazova,
N.Egamberdieva, F.Yuzlikaev kabilar tomonidan tadqiq etilgan. Ta’lim jarayonini ilg‘or pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etish orqali o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash, o‘qituvchining
pedagogik kompetentligi, shaxsiy va kasbiy sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish borasida keng qamrovli
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilarni akmeologik yondashuv asosida
kasbiy faoliyatga tayyorlash, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga
qaratilgan ilmiy-nazariy va amaliy-metodik tavsiyalar yaratilmoqda.
Natijalar. O‘qituvchi faoliyati jarayonida o‘qitadi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi, tarbiyalaydi, o‘quv-
tarbiya ishlarini tashkil qiladi, Prezident, hukumat farmoyishlarini targ‘ibot qiladi, o‘z malakasini oshirish
uchun mustaqil bilim olishni rejalashtiradi, oqibat natijada o‘zi ham kamol topadi, o‘quvchilarni ham kamol
toptiradi. Pedagogik faoliyat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:
- pedagog shaxsini insonparvarlik yo‘nalishiga yega bo‘lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari
va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalab etishtirishga yo‘naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o‘qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga yega
bo‘lish;
- pedagogik qobiliyatga yega bo‘lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish,
kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan o‘qib olish);
- pedagogik texnikani yegallash, ya’ni o‘z-o‘zini boshqara olish, o‘zaro ta’sir etish va xamkorlikda
ishlashni uddalash.
O‘qituvchilik faoliyatining shaxsiy sifatlarining yana bir xususiyati o‘ziga bolalar haqidagi, ularning
psixologiyasi to‘g‘risidagi, maktab haqidagi, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va uning mazmuni,
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
69
metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil yetadi,
o‘qituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa, hech vaqt o‘z ishining chinakam ustasi bo‘la olmaydi,
yomon, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga o‘tmaydi.
Biroq, zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi-maxsus bilimlar
va malakalar-bolalarni kuzatish, ularning o‘sishdagi muhim narsalarni aniqlay olish, ularni rivojlantirish
yo‘llari va usullarini aniqlash, turli o‘zaro ta’sirini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni
ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo‘ladi.
Shunday qilib, pedagog-muallim o‘z shaxsiy va kasbiy sifatlariga quyidagi bosqichlarda erishishi
mumkin:
1. Pedagogika-psixologiya fanlarini chuqur o‘rganish.
2. Maxsus fanlar, ularni o‘qitilish metodikasini chuqur bilish.
3. Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etish va uni samarali o‘tkazish.
4. O‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish.
5. O‘z ustida mustaqil ishlash, malaka oshirish kurslarida o‘qib borish.
Pedagogik maqsadning o‘ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:
1. O‘qituvchining shaxsiga qoʻyiladigan talablar jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog
faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama
kamol toptirishga yo‘naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni
ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o‘tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy
imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.
2. O‘qituvchi shaxsi muntazam ravishda o‘quvchi-tarbiyalanuvchilarning shaxsiy faoliyatini
boshqarish bilan bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o‘z
faoliyati maqsadini va unga erishish yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o‘quvchilar
uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta’kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir,
ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi».
3. Pedagogik (ta’lim-tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham
murakkabki, pedagog maqsadi doimo o‘quvchi kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Buni anglagan holda,
mohir pedagoglar o‘z faoliyatining mantiqini o‘quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar.
Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagog shaxsining maqsadi o‘ziga xosligi o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to‘la anglab, o‘z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarining
“o‘sib”, uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondashishi;
- o‘quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga
aylantirish.
O‘qituvchi shaxsining o‘ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
1. Inson tabiatning jonsiz moddasi yemas, balki o‘zining aloxida xususiyatlari, ro‘y berayotgan
voqealarni idrok qilishi va ularga o‘zicha baxo beradigan takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada
ta’kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o‘z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy
xulqqa ega bo‘lgan ishtirokchisi hamdir.
2. Pedagog doimo o‘sib-o‘zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondashishda bir xil qolip,
shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib
turishni talab qiladi.
3. O‘quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof muhit, ota-ona, boshqa fan o‘qituvchilari, ommaviy
axborot vositalari ijtimoiy hayot ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‘zida
jamiki ta’sirlarga va o‘quvchilarning o‘zida paydo bo‘lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda
tutadi.
O‘quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko‘rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir.
Bunga erishish uchun pedagog o‘zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur.
O‘quvchilarni mehnat, muloqot, o‘yin, o‘qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning
asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o‘zining individual pedagogik tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini yegallash uchun, avvalo, ta’lim-tarbiya metodlarini
takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy xol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o‘z o‘quvchilarini
turli o‘quv ishlariga jalb qiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o‘qituvchi
tomonidan tanlangan tarbiyaviy metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir etadi.
O‘qituvchi shaxsining faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, xarakteri, o‘quvchilar bilan
muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda bularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
70
ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-harakati o‘quvchilarga qanday ta’sir
ko‘rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Shuning uchun
ham pedagogik mahoratni o‘qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni o‘qituvchi yuqori darajada
psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishini unutmaslik lozim.
O‘qituvchilik kasbining pedagogik, psixologik qirralarini tadqiq qilgan F.N.Gonobolin o‘zining
“O‘qituvchi haqida qissa” risolasida o‘qituvchi Vera Aleksandrovna Raush nomidan fikr yuritib mahoratli
o‘qituvchini quyidagicha ta’riflaydi. “Menimcha yaxshi o‘qituvchi bo‘lib etishish uchun eng avval haqiqiy
hayot kechirish, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan, to‘la qonli hayotga intilish kerak. Tabiatni o‘rganib,
uning qonuniyatlarini kuzatib borish, kitob mutoala qilish, musiqa tinglash, teatrlarga borish, sayohatga
chiqish singari ishlar bilan shug‘ullanish kerak. Keyinchalik boshqalarga ulashish uchun pedagogning qalbi
juda ko‘p narsani o‘zida singdirishi zarur. Shuning uchun men uzluksiz ravishda kitobga murojaat qilaman,
tabiatdan o‘rganaman, doimo o‘qiyman, astoydil o‘qiyman” [1,66].
Demak, o‘z kasbining mohir egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi muntazam o‘z ustida ishlashi, tabiatdan,
san’atdan, hayotdan, fandan bahra olib, rivojlanib, mukammallashib borgandagina maqsadga erishadi. Inson
psixologiyasining mohir ustasi F.N. Gonobolin ta’kidlaganidek, o‘qituvchi o‘zining butun kuch – quvvatini,
irodasini, bilimini, o‘zida bor hamma yaxshi narsalarini o‘z shogirdlariga, xalqqa beradi. Ammo, u o‘zida
bor narsalarning hammasini bugun, ertaga, indinga bersa-yu, o‘z bilimini, kuchini, quvvatini yana va yana
to‘ldirib bormasa, u holda o‘zida hech narsa qolmaydi. O‘qituvchi bir tomondan o‘zida borini berishi,
ikkinchi tomondan bulut singari, hayotdan, fandan, nimaiki yaxshi narsalar bo‘lsa olishga odatlanmog‘i,
xalqning eng ilg‘or kishilari bilan hamkorlikda ishlamog‘i lozim. Ana shunday bo‘lganda, u o‘z talabalariga
qancha ko‘p narsa bermasin, agar xalqdan, hayotdan, fandan oziqlanib, eng yaxshi xislatlarni o‘qiy olsa, u
holda, unda o‘z talabalari uchun bunday rizqli shiralar hamisha ortig‘i bilan mavjud bo‘ladi [1,67].
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqib, bugungi kunda ijtimoiy hodisa sifatida
o‘qituvchilik faoliyatning maqsadini quyidagilardan iborat deb atash mumkin:
- o‘quvchi - yoshlarning yosh xususiyatlarni inobatga olib, uzluksiz bilim olishga tayyorlash;
-ijtimoiy - iqtisodiy hayot qonuniyatlaridan kelib chiqib fanlarning ilmiy-nazariy asoslarini
yegallashga yo‘naltirish;
-har bir o‘quvchi - yoshning o‘ziga xosligi, individualligini inobatga olib ularni faol ijtimoiy -siyosiy
faoliyatga tayyorlash;
-o‘qitsh va tarbiyalash jarayonida o‘quvchi-yoshlarning mustaqilligi, tashabbuskorligi, erkin fikr
yuritishni to‘la yo‘lga qo‘yish;
-o‘qitishda ta’lim va tarbiyaning birligini ta’minlagan holda o‘quvchi-yoshlarda ilmiy dunyoqarash,
milliy mafkura, ma’naviy-siyosiy bilimdonlik asoslarini tarbiyalash; har bir mashg‘ulot, dars mazmunida
vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy o‘zlikni anglash ruhini singdirish;
-o‘quvchi - yoshlarning ilmiy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollanganligini nazorat
qilish, baholash va tahlil qilish;
-har bir mashg‘ulotda fanlaaro integratsiyani yo‘lga qo‘yish va o‘quvchi- yoshlarning barcha fanlarga
bo‘lgan qiziqishi, intilishi hamda ehtiyojini tarbiyalash;
-har bir darsda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali, mavzularning mantiqiy
bog‘liqligi, amaliy-ilmiy yo‘nalishini kuchaytirishga erishish va h.k.
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib aytish mumkinki, bugungi kunda pedagogik faoliyat
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ma’naviy-ma’rifiy hayotda muhim ahamiyat kasb etib, davlat miqyosidagi
ustuvor vazifani bajaradi. Shuni inobatga olib mamlakatimizda o‘qituvchi-murabbiylar tayyorlash
muammosi to‘g‘risida tadqiqotchi G.Isaevaning quyidagi fikr mulohazalarini misol tariqasida keltiramiz: “1)
har qanday davlatning asosini, jumladan, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishi taraqqiyotini
ham yoshlarning ta’lim-tarbiyasi belgilaydi. Yoshlarning barkamol fazilatlarga ega insonlar bo‘lib
etishishida tizimining barpo etilishi hal qiluvchi omildir; 2) o‘qituvchilarga zamonaviy bilim berish uchun
avvalo, o‘qituvchining o‘zi shunday bilimga ega bo‘lishi lozim; 3) uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida asosiy
ijrochilik, yetakchilik vazifasini o‘qituvchi-murabbiylar o‘taydi. Yoshlar kamol topishi darajasi ko‘pincha
o‘qituvchi-murabbiy shaxsining shakllanganligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir; 4) pedagogik faoliyatda
o‘qituvchi-murabbiy shaxsining barkamolligi jarayon samaradorligini belgilaydigan asosiy omillaridan
hisoblanadi”[2,61].
Mamlakatda huquqiy, ijtimoiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini qurish sharoitida
pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab yetilar yekan. Uning bilimdonligi darajasi
masalasi xam o‘ta muxim.
Bular quyidagilar:
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
71
|