«Kafansiz ko'milganlar»
5
- Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir degan yozuvchi-
larni eshitganmisan? Fayzulla Xo'jayev, Akmal Ikro-
movdek buyuk rahbarlarni-chi? Ularni kim otgan?
Nega? Bilasanmi?.. Mana yoningda o'tirgan Shuk-
rullo «xalq dushmani» bo'lib, necha yilga hukm qi-
lingan, necha yil qamoq lagerlarida o'tirib chiqqan,
bunga ham ishonmaysanmi? Bir necha o'limlardan
qanday qilib qolgani, xo'rliklarini eshitganmisan?
Yigit yelka qisdi.
Nahotki hozirgi bu avlod buyuk iste'dod, bilim so-
hiblari bo'lgan bobolarining vatanga, xalqiga xoinlik-
da ayblanib otilganiga ishonib kelgan bo'lsalar!
O'tirganlardan biri bu avlod qonli tarixini bilib
qo'ysin, gapiring, degandek menga qaradi.
Aytib bering, deyish oson. Har qanday dahshatli, fo-
jiali voqealarni ham ertak eshitgandek eshitish mum-
kin. Ammo qamoqlarda tilka-pora bolgan bu yurak,
qaqshagan bu asablar tuhmat va haqoratlar azobini
qayta xotirlashga endi bardosh bera olarmikanlar!