«Kafansiz ko'milganlar» 15
• •
Ubaydulloxon Rossiyaning shaharlaridan biri-
da 1905-yilda huquq maktabini bitirgan, advokat
bo'lgan, juda bilimdon, zamon siyosatidan boxabar
odam edi. Lev Tolstoylar bilan xat olib, xat yozishgan.
1917-yilda Qo'qon muxtoriyatining rahbarlaridan
biri bo'lgan. (Albatta, Ubaydulla akamning Qo'qon
muxtoriyatining rahbarlaridan biri ekani u yoqda
tursin, menga qarindosh ekanini bularga aytgudek
bo'lsam, hamma ayblarni yig'ishtirib qo'yib, meni
qamash uchun shuning o'zini dastak qilardi qo'yar-
di). Oradan bir-ikki yil o'tmayoq, uning karomat qilib
aytgan hamma gaplari to'g'ri chiqdi.
Mamanbeyning eshik qoqib, turli bahonalar bilan
kelishidan qutulib bo'lmadi: hali arzimagan qoro-
vul puli, hali hovli soliqlari tolangan-tolanmaganini
tekshirish bahonasi bilan paydo bo'laverdi. Tolash
muddatidan bir kun o'tgan bo'lsa bas: uyimizni tin-
tuv qildirib, sandiq bormi, boloxonami, molxonami -
hammasini ostin-ustin qilib falon muddatgacha tola-
masanglar hammasi davlatga o'tkazilishini tayinlab,
vahima solib ketardi. Kunlarni vahimada o'tkazardik.
U vaqtlarda sandig'ingdan uch-to'rt kiyimlik mato
chiqsa bo'ldi, quloq qilish uchun bahona bo'laverar
edi. Onamning birdan-bir tashvishi uyimizdagi kitob-
lar, ayniqsa Qur'onni u yerdan olib bu yerga, kishi
ko'zi tushmaydigan yerga berkitish edi. Chunki o'sha
vaqtda savodi bor, hatto masjidga chiquvchilar ham
quloq qilingan. Uyimizda Navoiy, Bedildan tortib So'fi
Olloyor bayozlarigacha, Amir Umarxon davridagi
«Majmuat-ush shuaro»gacha bor edi. Bu kitoblar Ma-
manbeyning ko'ziga tushib boshimizga balo bo'lmas-
ligi uchun kunlardan bir kuni hammasini hovlimiz-
ning bir chekkasiga o'ra qazib ko'mganimiz esimda.
1960-yilda o'ra qilingan joyni umid bilan kavlab ko'r-
dim, tuproq tagidan kitoblar o'rnida hovuch-hovuch
kepaklar olib yig'ladim.
U yillar shunday bir davr ediki, butun huquq
Mamanbeyga o'xshagan kitob nimaligini bilmagan
savodsizlar ixtiyoriga berib qo'yilgan edi. Hatto o'sha
yillar «pastdan yuqoriga ko'tarish» siyosati qo'llanib,
oddiy ishchimi, qorovul bormi, rahbarlik ishlariga
ko'tarilavergandi. Hatto maktab qorovuli Qosim aka
degan savodsiz bir odamni 1920-yillarning oxirida
men o'qigan «Shayx Sa'diy» maktabiga mudir qilib ta-
yinlab, bir necha tillarni va fanlarni biladigan Jamil
afandi, Yahyo afandilarni esa quvg'in qilib, ayrimla-
rini qamashgandi. Mamanbeydeklarning aytgani ayt-
gan, degani degan zamonlar edi.
Ilm, ma'rifat egalari oyoq osti bo'lib, umrini
choyxonada o'tkazgan, maktab, tarbiya nimaligidan
mutlaqo bexabar, hatto qo'l qo*yishiii ham bilmagan
odamlar izzat-ikromda bo'lsa, aqli raso kishilar bu
qanday siyosat demaydimi?
Tergovchining menga sovet tuzumidan norozili-
ging, dushmanlik faoliyating haqida o'zing ayt, degan
savoli sabab bo'lib yoshlikdan boshimdan kechirgan
bir-biridan ko'ngilsiz, yuqoridagidek adolatsiz voqea-
lar xayolimdan o'ta boshladi. Axir bu nohaqliklar
kishida norozilik uyg'otadimi, yo'qmi? Axir otam
tekinxo'r, o'g'ri yoki savdogar bo'lmasa (savdogar-
lik ham gunoh emas, axir u ham mehnat), xalqning
bolalarini emlab, ofatdan saqlab qolish uchun halol
mehnat qilib topgan puliga boloxonalik imorat solgan
bo'lsa, xo'sh, nega endi u qurgan tayyor joyga bir be-
gona odam tekindan-tekin kirib yashashi kerak? Bu
zo'rlik emasrai! Bunday adolatsizlikka kim rozi bo'la-
di? Bunday adolatsizlikdan nafratlanish nahotki so-
vet tuzumidan norozilik, jinoyat hisoblansa!?
Kechagina tergovchi, otamning kasbini emchi bo'l-
gan deyish o'rniga, o'zicha qayerdandir o'ylab, domla
deb yozdi. Bu yolg'on-ku!
Bordi-yu, otam emchi emas, domla bo'lganda
nima bo'libdi? Uning kimga ziyoni bor? Dindor odam
«Kafansiz ko'milganlar» 17
yomon-u dindan qaytgan yaxshi, hukumatga sa-
doqatli bo'ladimi? Axir e'tiqodsizlikdan ko'ra nimaga-
dir ishonib, e'tiqod qoVib yashash afzalroq-ku. Lev
Tolstoy xudojoy bo'lgan, dindor bo'lgan, uni zararli
odam deb bo'ladimi? Bordi-yu, dindorlar sovet ki-
shilarini buzadi, deydigan bo'lsak, axir odamlar ham
ba'zilar o'ylagancha, darhol har bir narsaga ishonib
ketaberadigan darajada sodda bo'lmasalar kerak! Bu
oltin emas, temir degan bilan ishonib, temir ekan deb
tashlab ketabermaydi. Menimcha e'tiqodga emas,
e'tiqodini yo'qotgan, nafsi uchun, manfaati uchun
har ko'chaga kirib ketaberuvchilarga qarshi kurash-
moq afzalroq emasmi, deb o'z-o'zimcha o^lardim.
Qamoqning yakka xonasida o'zim bilan o'zim ku-
rashib, o^lagan bu fikrlarimni tergovchiga aytib
bo'larmidi? Dindorlikda ayblamaydimi?
Faqat 1920 - 1937-yillar emas, yaqin-yaqinlarda
ham diniy e'tiqodi uchun, eskicha fikrlashda, feodalizm
qoldig'i sifatida ayblanib minglab emas, million-million
kishilarni qamab, surgun qilganlari hammaga ayon-
ku. Shular hukumatning siyosatidan rozimi? E'tiqod
uchun kishini dushmanga chiqarib bo'ladimi?
O'zi tug'ilgan tuprog'idan mahrum bo'lib, quloq qi-
linib Sibir, Ukrainaga yuborilgan bechoralar bu ado-
latsizlikdan nolimaganmikan? Tilida aytmasa ham
dil-dilidan bu siyosat, bu hayotdan rozi bo'lganmi?
O'z mehnati bilan boy bo'lish gunohmi? Boy bo'lsa,
dushman sanalaberadimi?
Haqiqatni aytmaslik bu - xiyonat. Ammo ayt-
sang-chi!.. Xayol seni ming yoqqa olib ketadi. Ba'zan
qanchalik chidamli, mard bo'lsang ham adolatsizlik
alami, chirqirab qolgan farzandlaring, oilang ko'z ol-
dingdan o'tib bu xo'rlikdan ko'zlaringga yosh quyilib
keladi. Qamoqda birdan-bir hamrohing xayol-xayol!..
Sening bunday uzluksiz xayollaringni faqat o'zini o'zi
osib qo'ymadimi, yoki devorni teshib qochishni mo'ljal-
fAfc^-
18
Shukrullo
layotgani yo'qmi, deb nazoratchining dam-badam te-
mir eshikning tugmadek teshigidan qarashigina buza-
di, qamoqda ekaningni eslatib turadi. Nazoratchi meni
nima bilan mashg'ul ekanimni bir oz kuzatgach, eshik
tuynukchasini ochib, ism-sharifimni so'rab, yuklarim
bilan chiqishga tayyorlanishimni aytdi.
Yo tavba! Yuklarim bilan qayerga olib borishmoq-
chi! Balki, uyimdan olib ketayotganda ba'zi narsa-
larni aniqlab, gunohing bo'lmasa, erta-indin qo'yib
yuborish ham mumkin, biz bir narsa deyolmaymiz,
deganlaridek, nahot uyga qaytarsalar! Ey Xudo!
Ammo tergovchining, bu yerga begunoh kishi-
lar olib kelinmaydi, degan so'zi yodimga tushdi-yu
umidlarim chil-chil sindi. Xo'sh, endi qayerga olib
borishmoqchi? Uydan ko'tarib kelgan ko'rpa-yostiq,
yana nimalarnidir o'rab turib, birdaniga o'pkam to lib
ko'zlarimga yosh keldi: xotinim sho'rlikning olti yo-
shidan xuddi mendek ko'rpa-yostiq orqalab yurishi
ko'z oldimdan o'taberdi. Taqdirimiz sho'rligiga yigla-
dim. Uning poyezdma-poyezd, daryoma-daiyo kezib,
quvg'inlikda kechirgan azob-uqubatlari, baxtsizliklari
esimga tushdi-yu o'zimga emas, ma'suma mushtipar
xotinimning taqdiriga yigladim. Ko'z oldimdan uning
baxtsiz o'tmishi emas, fojiali buguni, kelajagi o'ta
boshladi. Nahot kelajagi ham otmishidek qaro bolsa!
Xotinim bilan to'y oldidan tanishib orzu-havas,
avlod-ajdod, ota-ona haqida gap ketganda ko'zlarida
mo'lt-mo'lt yosh bilan bir necha yildan beri ota-ona-
sining o'lik-tirigidan darak yo'qligi, olti yoshidan bu-
yon darbadarlikda boshidan kechirgan nohaqliklar,
dahshatli kechinmalarni aytarkan, uni eshitgan in-
sofli odam shu hayotdan rozi bo'ladimi?
Ko'chish. Darbadarlik. Yangi qabr.
|