«Kafansiz ko'milganlar» 25
Bunday gaplarni aytish tergovchining ko'nglidagi
ishni qilish bo'lardi. O'sha kuniyoq qo'ygan butun
ayblarimizga o'zi iqror bo'ldi, deb tergovni tugatadi.
Sudga oshiradi. U esa muddatidan ilgari tergovni tu-
gatgani, mahorati uchun yana bir yuksak darajaga
ham ega bo'ladi.
Yukimni ko'tarib qamoqxona hovlisida kutib tur-
gan «Cherniy voron» mashinasiga chiqdim. Endi qa-
yerga olib borishmoqchi? Xayollarim qaror topguncha
ham bo'lmay, mashina ikki-uch daqiqali masofani
bosmasdan to'xtab, yana qandaydir temir darvoza-
ning ko'ngilsiz sharaqlab ochilib-yopilishi eshitildi.
Yuklarimni orqalab, mashinadan tushdim. Miltiq
tutgan nazoratchining qo'lingni orqaga qil, to'xta, at-
rofga qarama, bu yoqqa yur, degan buyrug'i ostida
yerto'laga tushdim. Bu yertola ikki yog'i temir eshik-
lardan iborat uzundan-uzoq qamoqxona edi. Meni
bir xonaga kirgizishdi.
Tavba, inson tabiati shu qadar ajoyibki, kameraga
kirib, unda o'tirgan bir-ikki mahbusga ko'zim tushi-
shi bilan, qamoq azoblari bir dam unutilib, ko'nglim-
da kutilmagan qandaydir ravshanlik paydo bo'ldi.
Bu yolg'izxonadan chiqib odamlar bilan uchrashga-
nimdanmi, yoki qorong'i tor xonadan kengroq xona-
ga o'tganimdanmi, bilmadim, shu zahoti xayolimdan
ozodlik vaqtimda eshitganim kulgili bir rivoyat o'tdi.