«Kafansiz ko'milganlar» 21
• •
narsasi yo'q. Unga bir kigiz, bir ko'rpa, bir yostiq va bir
ko'rpacha ajratdi. Uy-ro'zg'or buyumlaridan bizga juda
kam berilgan edi. Hatto qozon ham bittagina berilgan.
U ham bo'lsa o'rtacha dekcha edi. Yolga olingan oziq-
ovqatlar poyezddayoq tugagan. Otam ikki-uch erkak
bilan Ptaxovka degan qishloqqa ovqat qidirib ketdilar.
Ukamning ahvoli og'irlasha boshladi. Onam er-
ta-yu kech ukam bilan ovoralar. Doktor yo'q. Begona
yurt. Uchinchi kuni nihoyat otam Ptaxovkadan bir
doktor topib keldilar. Dori berdi. Lekin foydasi bo'l-
madi. Nihoyat oltinchi kuni kechasi vafot etdi. Bu-
tun qishloq aholisi yig'ildi. Ertalab dafn qilindi. Unga
bir siqim ona tuprog'i nasib etmadi. Birinchi qabr
paydo bo'ldi. Shu joy «Musofirlar mozori» deb atal-
di. Musofirlar mozoriga birinchi bo'lib mening ukam
Abdulaziz qo'yildi. Bu biz uchun juda og'ir kun bo'l-
di. Go'rkov ham, yuvg'uvchi ham yo'q. Xushvaqt aka
esa shu mozorga qarab turadigan bo'ldi. Ukamning
qabrini Xushvaqt aka o'zi qazib o'z qo'li bilan qabrga
qo'ydi. Shunday qilib bizning musofir shahridagi og'ir
hayotimiz boshlandi.
Oradan 6 oycha o'tgach, Xushvaqt akaning kam-
piri Savri xola ham vafot etdi. Savri xolani ukamning
yoniga qo'ydilar. Shu-shu, Xushvaqt aka mozordan
chiqmay qoldi.
Biz bilan ketganlar ichida Amirsaidovlar oilasi
ham bor edi. (Ular hozir ham bor.) Ulardan Amiril-
laxon, Hamidxon akalar 3-4 tilni biladigan o'qimishli
kishilar edilar. Tez orada harakat qilib maktab ochib,
o'zlari shu maktabda o'qituvchi bo'lib ishlashdi. Ami-
rillaxon aka nemis, fransuz, rus tilidan dars berar,
Hamidxon aka esa (hozir 85 yoshda) ona tili, adabi-
yotdan dars bera boshladilar. Quloq qilinganlar 3000
xonadon bo'lib, ular janubiy Ukraina rayonlarida
paxta yetishtirish ishiga safarbar qilindi.
Biz yashagan yerda yoz mayin bo'lsa ham qish qat-
tiq kelarkan. Qor bo'roni, shamollar. O'rta Osiyo sha-
roitida yashab, yupun yurishga o'rgangan xalq ora-
sida sovuqda yuz ruhlarini, oyoq-qo'Uarini sovuqqa
oldirganlar ko'p edi. Yoqilg'i topish qiyin, uyni isitish
azob (pechlarga poxol yoki tikonli o'tlar yoqilar, uni
ketma-ket yoqmasa sovib qolar edi). Shu qiyinchilik
yillari kasalliklar, ayniqsa zotiljam ko'payib, ko'plar-
ni olib ketdi. Musofirlar mozoridagi qabrlar soni ham
tobora ko'payardi.
1933-yil bahori og'ir keldi. Ocharchilik boshlandi,
toliqib chiqqan xalq bahorda holdan ketib, ochlikdan
qirila boshladi.
Shuning uchun otam otxonaga ishga kirdilar. U yer-
da otlarni boqish uchun beriladigan kepak bilan bir
amallab, olmay yozga chiqdik. Ammo, ayniqsa, qozoq,
turkmanlarga qiyin boldi. Ularda na biror bisot, na til-
la, na kumush bor edi. Ular sho'ra otni qaynatib yeb,
shishib yoppasiga qirila boshladilar. Qishloq aholisi
juda siyraklashib qoldi. Kunda o'nlab o'liklar ko'milar
edi. Shu og'ir kunlardan birida bizga hamroh bo'lib qol-
gan Xushvaqt aka ham tif kasali bilan vafot etdi. Otam
uni ko'mdilar, boricha ma'rakalarini otkazdilar.
Ochlik, qimmatchilik asta-sekin qahatchilikka ay-
landi. Pulga ham narsa topish qiyin bo'lib qoldi. Shu
kunlarda Torgsin degan magazin ochildi. Unda tilla
va kumushgagina qand va un berar edi. Oyimlarning
kelinliklarida olib qo^gan zirak, uzuklari shunda jo-
nimizga ora kirdi. Ularni Torgsinga topshirib, un va
qand oldilar. Bu ham qanchaga yetardi? Bisotda bori
tamom bo'ldi.
Bizning yonimizda otamning Ortiqov Qo'shoq aka
degan yaqin o'rtoqlari bolib, uning xotini, uch o'g'li
va bir qizi bor edi. Qiyinchilikda xotinlari, so'ng qiz-
lari vafot etdi. Uch o'g'il bilan Qo'shoq aka qoldi (Or-
tiqov Abdurahmon - hozir Toshkent Davlat Texnika
universitetining professori, falsafa fanlari doktori,
Ortiqov Abdurahim - Toshkent Davlat iqtisodiyot
|