«Kafansiz ko'milganlar» 41
• •
da Usmon Nosir xalq dushmani bo'lib qamaldi, degan
gap tarqaldi. Komsomollar yig'ilishida uni la'natlab,
kimning qo'lida kitoblari bo'lsa yoqib tashlashni
taTcidlashdi. Shunday qildik. Bor bilganim shu!
Bunda kishini gunohkor qiladigan nima bor!
Ammo mening to'g'ri ko'ngillik bilan, haqiqatni boya-
masdan aytgan gaplarimdan tergovchi o'zicha xulo-
salar chiqarib, yetti uxlab tushimga kirmagan, men
aytgan gaplarimning butun teskarisini yozgan edi.
O'qib yoqa ushlaysan! O'zingni qayerga qoyishingni,
dodingni kimga aytishingni bilmay qolasan!
«Men xalq dushmani, ashaddiy millatchi, sovetlar-
ga qarshi harakatlari uchun qamalib ketgan Abdulla
Qodiriy, Cho'lpon, Usmon Nosirlarning millatchilik,
hayotimizdan nolishdan iborat, pessimistik asarlarini
sevib o'qib, ularning millatchilik, sovet davlatiga qar-
shi, tuhmatdan iborat g'oyalarini o'tirishlarda tanish-
larim orasida bilim yurtida o'qigan davrimdan targ'ib
qilib kelganman» kabi mutlaqo tuhmatdan iborat, oy-
lab topilgan uydirmalardan iborat gaplarni o'qidim.
Bunga qanday qilib qol qoyasan! Bunga qol qoyish
ularga qoyilgan gunohlarni boyningga olish bilan ba-
robar edi. Demak, Cholpon, Usmon Nosirlarga nima
ayb qoyilgan bolsa, meni ham shu bilan ayblamoq-
chi. Bundan chiqariladigan xulosa bitta: ularning taq-
diri bilan sening ham taqdiring bir deyish edi.
Qanday dahshat! Axir, ularning taqdiri nima bilan
tugagan! Nahotki!.. Shu kuni tergovchi menga sovet-
larga qarshi tashviqotda ayblashdan tashqari yana
bitta aybnoma - millatchi degan moddani qoydi!
Tergovchining yozganlariga qo'l qoyishdan oldin
ularni o'qib chiqib, bu yerdagi qamoqda yotgan odam-
lar biror jinoyat va biror qilgan gunohlari uchun emas,
KGB xodimlari tomonidan oldindan o'zlari to'qib-bi-
chib, o'zlari oyiab qoygan uydirma jinoyatlarni zo'rlab
o'tkazish uchun qamalganlariga imonim komil bo'ldi.
42 Shukrullo
- -
Mening millatchiligim nimadan iborat? Usmon Nosir
she'rlari, Abdulla Qodiriy asarlarini o'qiganimmi? Bu
asarlardagi millatchilik nimadan iborat? Usmon Nosir-
ning qaysi she'rida millatchilik bor? Biror misol bormi?
Ammo tergovchi buni aytmasdi. Millatchilik ruhidagi
biror she'ri bolmasa, uni o'qiganim uchun nega men
millatchi bo'laman? Bunga tergovchi javob bermasdi.
Axir, men Abdulla Qodiriyni ham, Cho'lponni ham,
Usmon Nosirni ham ko'rmagan, ular qamalganida
men 16 yoshli bola bolib, ularni suhbatlarida bo'l-
magan bolsam-da, ularning millatchi ekani-yu, sovet
davlatiga qarshi g'oyalarini qayoqdan bilishim mum-
kin? Bilmagan narsamni nima deb targ'ib qilaman?
She'rlarini maqtaganim uchun men ham millatchi
boladigan bolsam bu - butunlay asossiz! Men uning
she'rlarini ko'pchilik qatori yod olib maqtagan bol-
sam, bu uning millatchilik, yigloqi ruhda yozilgani
uchun emas, aksincha, kishilarning qalbini, shodlik
va dardlarini ifoda eta olgani uchun, maftun qilgani
uchun maqtaganman!
Usmon Nosirning yodimda qolgan she'rlarini xoti-
ramdan o'tkazdim:
Yurak, sensan, mening sozim,
Tilimni nayga jo'r etding.
Ko'zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko'krak,
Sevinching toshdi qirg'oqdan.
Tilim char char, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Shu misralari ko'nglimdan o'tdi-yu, o'zimni tu-
tolmay beixtiyor ko'zlarimga yosh keldi. Ho'ngrab
yigladim! Axir, hayotdan olgan sevinch va shodliklari
|