Kinoyadan chizilgan shakl
Kinoyaning ham shakli bo'ladimi? Tavba, uning
shakli qanaqa bo'ladi?
Suvdan holva-chi? Suvdan holva yasaydiganlar
bo'lgandan keyin, xo'sh, kinoyadan shakl yasaydi-
ganlar topilmaydi deysizmi? Buning qanday bo'lishi-
ni davlat xavfsizlik qo'mitasining ichki qamoqxonasi-
da yotganlar biladi.
Qamoqda yotganimga mana bir necha oy bo'lgan
bo'lsa, nimalarga duch kelmadim!
Bugun meni tergovchimning tanish xonasiga emas,
1-bolim boshlig'i Konyuxovning oldiga olib kirish-
di. Konyuxov qotma, yuzidan zahar tomib turadigan
odam edi. U meni, xo'sh, qalaysan, deb mehribonlik
qilgandek ahvol so'rab, yasama bir tabassum bilan ku-
tib oldi. Orada o'tgan bir oz ko'ngilsiz jimlikdan keyin
mahhuslar uchun burchakka qoVilgan maxsus kursi-
ga o'tirishga ishora qilib, «Xo'sh, nimalarni oyiading,
qani, gapir chi», deb rnuloyimlik bilan gap boshladi.
«Kafansiz ko'milganlarn
_ 65
- Men dushman bo'lmasam, gunohim bo'lmasa,
nega ushlab o'tiribsizlar, - deyishdan boshqa nima
ham derdim. - Men shu choqqacha nima ish qilgan,
nimaiki yozgan bo'lsam, sovet davlati, Stalinga mehr,
sadoqat uyg'otishga xizmat qildim. Buni faqat kitob-
xonlar emas, tanqidchilar ham doston va she'rlarim-
da kuylanganini tan olib, ijobiy baholagan bo'lsalar
bu dushmanligimmi? Mening kimligimga shular dalil
bo 'lolmaydimi?
- Asarlaringda yozganing o'z dushmanligingni
niqoblash uchun qilingan!
Mana qilgan mehnatingning bahosi! Qadri!
- Qaysi aybimni niqoblaganman? Sovet xalqiga o'z
xizmatim bilan keltirgan foydamdan nahot ziyonim
ko'p bo'lsa!
Konyuxovning meni chaqirishidan maqsadi,
tergovchining gaplarini rad etishga urinishingning
foydasi yo'q, u ko'ndirolmasa, mana men bor, bizdan
qochib qutulolmaysan, deyish edi.
Xuddi shuni tasdiqlagandek eshikdan polkovnik
Kozerov kirib keldi. Konyuxov unga:
- Xalq dushmani Yusupovni so'roq qilyapman, -
deb m a l u m qildi.
Bunga javoban u:
- Xo'sh, jinoyatlarini tan olyaptimi?
- Yashiiyapti!
- Unda tergovni cho'zaberadi, yotaberadi. Shafqat-
siz fosh qilinglar. Tergovni davom ettiring! - dedi-da,
Kozerov shundan boshqa gap aytmasdan, qandaydir
qog'ozlarga sirli nazar solgandek bo'lib chiqib ketdi.
Dushmanligim nimadan iborat? O'ylab-o'ylab oxi-
riga yetolmasdim. Mabodo odam o'ldirgan bo'lsam,
qamoqning bu azoblariga chidab, o'zimni qiynab
o'tirmay, taqdirga tan berib, iqror bo'1 ardirn qo'yar-
dim. Men o'zimni gunohkor deb bilmasam, axir, qay-
si gunohimni bo^nimga olaman? Qaysi gunohimni!
66 Shukrullo
Konyuxovning menga birinchi savoli:
- Jinoyatchi Yusupov, qani iqror qilib ayt-chi, so-
vet davlatiga qarshi kimlar bilan til biriktirib, qanday
ishlar olib borgansan? Ochiq, yashirmasdan aytsang
jinoyating yengillashadi. Oilang bilan ko'rishishga
ruxsat beramiz. Peredacha olishingga ruxsat etamiz,
suding ham tezlashadi.
- Gunohim bo'lsa, aytaber. Aybim bo'lsa, otsala-
ring ham roziman!
- Biz seni otmaymiz. Sud hukm qiladi! Bizning va-
zifamiz sening jinoyatingni fosh qilish!
- Qaysi jinoyatimni axir?
- Do'stlaring bolganmi?
- Albatta bo'lgan.
- Kimlar?
Mening do'stlarim kimligi bularga nega kerak
bo'lib qoldi? Qaysi birini aytasan?
Bu fikrim hali bir joyda qaror topmasdan «Xiva»
kinosiga o'rnatilgan radio karnayidan kelayotgan
musiqa ovozi tinib, qulog'imga uzuq-yuluq «G'oyaviy
dushmanlarimiz kosmopolitlar...» yana shunga o'x-
shash, qamalganlar haqida, hatto, Mirzakalon, Hamid
Sulaymonlarning nomlari aytilgani elas-elas eshitilib
qoldi. Eshitganimga ming pushaymon yedim. Ko'nglim
xufton bolib, umidlarim yakson qilindi. Demak, Akmal
Ikromov, Fayzulla Xo'jayev, Abdulla Qodiriylar qamal-
gan kezlarda omma orasida ularga qarshi nafrat uyg'o-
tuvchi qanday muhit uyushtirilgan bolsa, radiodagi
hozirgi bu eshittirish ruhi ham o'shaning davomidek
edi. Bu eshittirishdan keyin meni qamashlaridan maq-
sad naqadar jiddiy ekanini o'ylamasdan ilojim yo'q edi.
Nahotki, meni ham o'shalardek xalq dushmani qilib
umrimni qamoqda chiritsalar! Nahotki, o'shalar qatori
otib oldirsalar! Nahotki, radiodan bu gaplarni eshitgan
xalq, mening do'stlarim, qarindosh-uruglarim shunga
ishonib «xalq dushmanlariga nafrat», deyishga tillari
|