Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlarn 
_ 69 
qoldi», degan so'zini masxaralab kinoya bilan aytgan 
rmishman. Bu tuhmatdan iborat emish. Nimasi tuh-
mat! Kinoyami, yoki to'g'ri ko'ngilda aytganmanmi, 
buni qayoqdan bilding! Kinoya qilib aytgan bo'lsam 
ham to'g'ri aytganman. Chunki to'y bo'lishiga qara-
masdan dasturxonda yeydigan narsa yo'q edi. Axir, 
i irush vaqtida, bitta koyiagimiz ikkita bo'lishi u yoqda 
tursin, hatto butun ko'ylakning o'zi bolmagan. Axir 
men o'zim biror uzoqroq joyga toy-tomoshaga borib, 
yotib qolgudek bo'lsam chiroqni o'chirmaslaridan ye-
chinolmasdim. Chunki, garchand koyiagimning yoqa-
si, galstugim bo'lsa ham koyiakning orqasi yo'q edi... 
Urush vaqtida zavod bormi, fabrika bormi, hamma-
si jangga kerakli narsa ishlashga qaratilgan edi. Bir ki-
yimlik chit - anqoning urug'i. Topilganda ham uncha-
muncha odam kiyolmasdi. Oddiy kalish degan narsa 
nima, u ham yo'q bo'lib ketgan-da. Hunarmandlar 
uylarida bo'z to'qiy boshlashdi. Bozorlarda rezinkadan 
qolda quyilgan, tishi yo'q, zilzambil quyma kalishlar 
sotilardi. Yemak-ichmak, tirikchilikka zarur narsa-
larni topib bir amallab kun kechirish xalqning o'ziga 
tashlab qoyilgan. Urushga bormay qolgan oilalar o'zi 
yemasa ham, ichmasa ham jangga ketgan aka-ukasi-
mi, erimi, farzandimi, olmay omon qaytishining dar-
dida ochlikka ham, yalang'ochlikka ham chidardi. 
Axir, bir oyda bir odamga to'rt yuz gramm yog' be-
rilardi. Kuniga qanchadan to'g'ri keladi? Bir oyga bir 
kiloyu ikki yuz grammdan don berilardi. o y i a b ko'r-
sa, bu narsalar rosmana yeyman, degan odamga bir 
haftaga ham yetar-yetmas masalliq-ku. Orzu-havas, 
toy-tomosha qayoqda! Faqat urush yillaridamas, 
urushdan keyingi dastlabki yillarda ham birovning 
oldiga qoyishga bir burda ortiqcha non topilmasdi. 
Shuni farovon hayot deb bo'ladimi? Mening aybim 
haqiqatni aytganimmi? Shuning uchun qamash ke-
rakmi? 


70 Shukrullo 
Urush tugashi bilan xuddi osmondan darhol noz-
ne'mat yog'ilgandek, hamma yoq obod, hamma yoq 
farovon desak, kim ishonardi!.. Mantiqqa sig'adimi? 
Urush tamom bo'ldi. Kimdir otasidan, kimdir far-
zandidan ayrildi, kimlardir bedarak ketdi. Xonadon-
larda, qarindosh-urug'larnikida dod-faryodlar ko'ta-
rildi, kishilarning qalblaridan ayriliq alamlari, ko'z 
yoshlari hali arimay turib, ularning dardlariga dard-
kash bo'lish o'rniga hayot quvnoq bo'lib qoldi, desak 
insoniylik boladimi? 
Stalinning urushdan keyin «Hayot farovon bolib 
qoldi», degan gapi esimda. Aytganman. Inkor qilmay-
man. Meni taajjubga soladigan narsa shuki, bu gapim-
ni qaysi do'stim yetkazgan, bundan qat'i nazar, ammo 
bu gapni men to'g'ri ko'ngil bilan aytganmanmi yoki 
kinoya qilibmi, nima bilan isbot qiladi, yoki o'sha vaqt-
da basharam qanday holatda bolganini suratga olib, 
tovushimni magnitofonga yozib olgan ekanmi? 
Yo'q, tergovchini qiziqtirgan narsa buni isbotlash 
emas, uni qaysi ma'noda aytganligim ham emas, ular 
uchun eng muhimi - shuni aytganimni tasdiqlatib 
olish edi. Bundan chiqaradigan xulosa esa ularning 
o'z qo'llarida edi. Ya'ni xalqlar dohiysini masxaralash, 
uning so'ziga ishonchsizlik, degan aybni qo'yish edi. 
Tergovchi mening bu gaplarimdan quyidagi xulosa 
chiqarib yozgan edi: 
«Stalinning gaplarini aytishdan maqsadim faqat-
gina sovet davridagi hayotdan norozilik, uni qora-
lashgina emas, odamlar orasida xalqlar dohiysining 
so'ziga ishonchsizlik tug'dirishni ham ko'zda tutgan 
edim... Men o'zim shoir bo'laturib sovet davrida bitta 
koyiakka yolchimadim, mana shuning o'zi ham do-
hiy ning so'zini masxaralab aytganimning isboti bo'la-
di..." va hokazo, va hokazo. 
Buni o'qib, bunday aybnomani eshitib, insof bilan 
aytganda, nima deyish mumkin! Mening aytganla-
rimdan shu xulosa chiqadimi! 



Download 1,31 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish