Hammasi ichdan jim... Tili kesilgan
Go'yo gung odamdek chiqmasdi sasi.
Balki gunohkorman, balki nurdek pok!
Kim ham jur'at etar bilishga sirin!
Kimga arz aylasin, kim bo'larpanoh?
Yoki Stalinga ochsinmi dilin!
Yo'q, undan hayiqib boqardi mutlaq!
Qo'rqqaniga qalbin ocharmidi xalq!
O'sha davrlarda Stalinni qanchalik yuksakka ko'ta-
rib maqtamaylik, boshqalarni bilmadim-ku, uning
qahri qattiqligini qalbimdan his qilardim. Qahri qattiq-
lik inson uchun yaxshi fazilatmi? Balki shu sababmi,
tengdoshlarim, o'sha davr shoirlari Stalin haqida o'n-
lab she'rlar yozgan bolishlariga qaramay, mening esa
Stalinga bag'ishlangan bironta ham maxsus she'rim
yo'q edi. Tergovchi hali meni shu jihatdan ham gunoh-
kor qilmasa degan xavf ham yo'q emas edi.
Qadimda boylar, xonlar, xoqonlar odamlarga jabr-
zulm qilgan, xalq xo'rlangan, derdik. To'g'ri! Ammo
u nimadan iborat edi? Boylar mehnatkashlarning
haqiga xiyonat qilardi, dehqonlarga suv bermasdi,
yerlarini tortib olardi! Yana? Kambag'allarning qizla-
rini o'zlariga xotin qilib olganlar. (Xotin bo'lgandan
keyin u cho'ri emas, albatta kelgusi merosxo'r bo'lar-
di.) Yana qanday jabr-zulm, xo'rlashlar bolgan?.. Qa-
ma-qamalar-chi?
Qadimda qamoqxona Toshkentning qayerida bo'l-
ganini hech kim aniq aytib berolmaydi. Chunki o'g'ri-
ning o'zi bo'lmasdi. To'g'ri, bo'lardi, bo'lganda ham
bitta-yarimta ot o'g'risi bo'lardi. Bir yil, ikki yilda bit-
ta-yarimta o'g'irlik bo'ladimi, bolmaydimi, buning
uchun maxsus qamoqxona, maxsus mirshabxona
yo'q edi. Shuning uchun bitta jazo - xalq ichida olo-
mon qilish bolgan.
Zindonlar-chi? Zindonlar bolgan. Zindonlar pod-
sholar yashagan poytaxtlarda bolgan. Unga qan-
cha odam sig'ardi! Ikki-uch yil mobaynida bir necha
odam zindon qilingan degan gapning o'zi ham eshit-
gan quloqqa u mahallarda dahshatli tuyilardi. Endi-
chi? Nima desam?.. Hozirgi vaqtda qamoq degan so'z
odamlarga kurort, sanatoriy degandek oddiy gap
bolib qolgan. Chunki qadimda biror xonlik, biror ho-
kimlikda bitta zindon, biror qamoqxona bo'lsa, endi,
har bir deparaning o'zida yuzlab, minglab odamlar
sig'adigan qamoqxonalar qilingan. Hatto, hozir ayrim
79
tashkilotlarning shaxsiy qamoqxonalari ham bor. Ma-
salan, melisaning o'z qamoqxonasi bor. Davlat xavfsiz-
lik qo'mitasining o'ziniki alohida! Qadimda gohida ot
o'g'risi uchrasa yoki bitta-yarimta pichoqlashgan bol-
sa, endi qamoqning ham, jinoyatning ham, jabr-zulm,
ins on xo'rliklarining ham ming bir xili paydo bolgan.
Men ertalab tergovdan qaytib kameraga kirsam,
oyoq qo^adigan joy qolmagan, to'rt kishilik kamera-
ga yigirmadan ortiq mahbus kiritilgan edi.
Karavotlarning tagiga oyoqlarini uzatib yetti-sak-
kiz odam yonboshlab yotardi, chalqancha ag'darilib
bolmasdi. Bo'sh joy yo'q. Ayrimlar burchak-burchak-
da cho'nqayib mudrardi. Men kameraga kirganimda
parash (mis tuvak) qo^adigan joy ham qolmagan edi.
Bir kechada bular qayerdan kelib qolgan?
Bular respublikaning turli viloyatlaridan ushlab
kelingan nemis, chechenlar, vatan urushi qatnash-
chilari, qari-qartang dindor o'zbek, yahudiy domlala-
ri edi. Bularning ayrimlarini Toshkent qamoqxonasi-
da yotganlar bilan yuzma-yuz qilishga olib kelingan
bolsa, ayrimlarini qamoqda yotganlar bilan jinoiy
aloqasi bolgani uchun birga sud qilish uchun kel-
tirilgan. Bular orasida o'n yil-o'n besh yil qamoq
muddatini tugatib, qayta qamalganlar ham bor edi.
Ter hidi, maxorka, keksaroq odamlarning kechki ho-
jatga chiqarish vaqtigacha ham chidamay tuvakka
bo'shashlaridan paydo bo'lgan sassiq havodan nafas
olib bo'lmasdi. Nima chora! Hatto temir panjara qilin-
gan tuynuk orqasidagi oyna ham yil bo^i ochilmasdi.
Bir yil, ikki yildan beri sud qilinishini kutib, qa-
moqxonaning beradigan bir cho'mich sole oshi yoki
baliq sho'rvasi bilan kun kechirgan sho'rliklar otadi-
mi, osadimi, tezroq sud qilib beradiganini berib, bu
azobdan qutulsak, deb intizor kutib yotardilar.
Oradan qancha vaqt o'tdi - yodimda yo'q. Kamera-
dagi odamlar asta-sekin ketib siyraklasha boshladi.
80
STPv-J
Shukrullo
Kamerada uch kishi qoldik. Biri kolxozda mexani-
zator bo'lib ishlagan yosh yigit, ikkinchisi Nasriddin
Xo'jayev edi.
Axir bu odam o'zini sovet hokimiyatini tiklaganlar-
dan biri men deb hisoblaydi. Mana endi shunday bir
odam qo'lida bir parcha uvadani qumga bulg'ab, kame-
raning bir burchagiga qoyilgan mis tuvakning hojatga
chiqilgan paytda tomgan dog'laridan tozalab o'tirib-
di. Men unga bu ishni siz qilmang, deyishimga qara-
masdan u «kemaga tushganning joni bir, buni qilish
qamoq qoidasi ekanmi, hammamiz barobarmiz», deb
iltimosimga ko'nmasdi. Bu odam Sovet qonunini, buy-
ruqni muqaddas bilgan, har qanday buyruqni boyin
tovlamay bajarishga o'rgangan kishilar toifasidan edi.
Grajdanlar urushi, bosmachilarga qarshi kurashda
ham qoliga qurol olib chiqqanlar ham shunaqa odam-
lar emasmi! Paxta mustaqilligi uchun kurashda, hatto
kishilarning ko'rpa-yostig'idagi paxtalarni uyidan olib
chiqib davlatga topshirishda jonbozlik ko'rsatgan-
lax-chi? Shular! Mulkdor, dindor, hatto, ilmli odam-
larni sho'roga haqsiz qilib quloq qilish davrida birinchi
bo'lib mahallalardagi yig'inlarda so'zga chiqqan, qo'l
ko'targanlar ham shular emasmi? Shular-ku! Endi ni-
mani oyiayotgan ekan. Xayolida nimalar bor! Nahotki,
endi dushman bo'lib chiqsa?! O'zi jon chekib qurgan
imoratni aqli raso biror inson hech mahal o'z qo'li bi-
lan o'zi yoqadimi? Uning qulashini, barbod bo'lishini
istaydimi? Shunday bolsa, nega bu odam qamoqda?!
Men-ku yoshman. Partiyasizman, sovet davlatiga
bunchalik xizmatim hali singuncha yo'qdir. Ammo
umr boyi jonini shu yo'lga tikib, qoshdan qovoq qay-
tarmay, hamma buyruqni bajarib kelgan, sochiga oq
tushgan bu keksa kommunistning gunohi, nahotki,
qamalish darajasida og'ir bo'lsa!..
Tuvakka pardoz berish bu - bir nafaslik xo'rlik.
Ammo qamoqning senga bir kun ham tinchlik ber-
«Kafansiz ko'milganlarn _ 81
maydigan azoblari ham bo'ladi. Bu qandala-yu, ka-
naga talanish. Ayniqsa, qandala degan qon so'ruvchi
hasharot shunday joni qattiq bir ofatki, mahbuslarga
na kunduzi, na kechasi tinchlik beradi. Odatda ka-
meralarda chiroq kecha-kunduz, yil boyi yoqiq tura-
di. Qorong'ida mahbuslar qochishga biror tayyorgar-
lik ko'rmasin, yoki o'zini o'zi bir narsa qilib qoymasin
uchun ataylab yoqib qoyilgan. Odatda kechasi paydo
bo'ladigan qandalalar yoruqqa o'rganib qolgani uchun
kechasi ham, kunduz kunlari ham devorlardan, shift-
lardan sen o'tirgan joyga sakraydi. Bu balodan har
oyda bir ikki kungina qutulish imkoni bo'lardi. Bu-
ning uchun nazoratchilar choygumlarda keltirib ber-
gan qaynoq suvni karavotlarimiz ustidan quyardik.
Qandalalar hovuch-hovuch semon polga to'kilardi.
O'rdak laqabli nazoratchi xotin dam-badam temir
eshikning darchasidan mo'ralab:
- Parashda dog' qolmasin. Tezroq qimirlalaring,
suvni ko'p sarflama! - deb bir necha bor buyruq be-
rib turardi. Xotin bo'lsa ham nihoyatda qahri qattiq,
rahmsiz edi. Ammo unga sen kimu, men kim deya-
olasanmi? Bu huquq qayoqda! Ular senga inson deb
qarashadimi? Mutlaqo!
Bir oy, ikki oyda kameralarga kirib turadigan
vrach yoki turma boshlig'i ham atrofga nazar solib,
kameraning qishda muzlab qolgani yoki yozning is-
sig'ida sasib, bijg'ib ketganini emas, asosiy e'tiborni
burchakda turgan mis tuvakning dog'i bormi, yo'q-
ligiga qaratadi. Bundan maqsad senga g'amxo'rlik
emas, aksincha, senlardan ko'ra mana shu tuvak biz
uchun e'tiborli, senlar shuni tozalashga loyiqsizlar,
demoqchi bo'lardi. Tuvakda biror dog' topsa, seni
karserga tashlab jazolashni yoki uydan keladigan oz-
mi-ko'pmi nasibadan mahrum qilishni mo'ljallardi.
O'sha kuni nazoratchi tushki ovqat vaqtida Nas-
riddin Xo'jayevga yuklarini yig'ishtirib chiqishga tay-
yorlanishni buyurdi.
82
Shukrullo
Narsalarini yig'ishtirishga yordamlashdim.
Shu kungacha nihoyatda kamgap, hamma sirini
ayta bermaydigan Nasriddin Xo'jayev yuklarini tay-
yorlab, ketar oldida:
- Kecha menga qo^gan aybnomalar bilan tanishib
chiqdim. Ishimni sudga oshirishgan. Gunohim bo'l-
masa ham endi sud qilishadi. Oramizdan yaxshi-yo-
mon gap o'tgan bo'lsa unutinglar! Endi qayta ko'rish
nasib etadimi, yo'qmi! Xayr!
Menga qarab aytgan gapi:
- Sen umidsiz bolma! - degani bo'ldi.
|