«Kafansiz ko'milganlar» 67
borsa! Xo'sh, dushmanligi nimadan iborat, aytinglar,
deydigan biror mard topilmasmikan!
Abdulla Qodiriy yoki Usmon Nosir qamalganda
ularning gunohi nima deganmidik, axir o'zimiz? Yo'q,
bunday mard topilishiga ishonmayman! Himoya qilish
u yoqda tursin, hatto u nima gunoh qilgan, men bil-
mayman, deb aytishga ham jur'at etmasalar kerak.
Onam hayot bo'lganda onam, otam hayot bolgan-
da otamgina menga achinib, dod-faiyod qilishlarigi-
na mumkin bolardi. Bu zamon shunday zamonki...
Xo'sh, qanday zamon? Qani gapir, desalar, qaysi mard,
«Odamlardan bir-biriga ishonch, oqibat ko'tarilgan, har
kim faqat o'zini o^lab qolgan zamon», deb ayta olardi!
Xo'sh, men uchun qayg'uradigan kim qoldi! Kim?
Qaysi mehribonim? Ikki beva opam, xotinim, bo-
la-chaqamdan boshqa yaqinlarimdan kim bor? Oh,
sho'rlik xotinim! Oldidagi ikki yosh bola, yana qor-
nidagi bilan 25 bahorni endigina ko'rgan juvonning
holi ne kechdi! Undan boshqa kimdan umid qilay!
Nihoyatda dahshatli ko'ngilni g'ash qiluvchi xayol-
larimni tergovchi Suxanovning eshikdan kirib kelishi
bo'lib yubordi. Buning paydo bo'lishi esa yana ham
ko'ngilsiz, yana ham qayg'uliroq edi. Nazarimda, u
aytganlarimga seni o'zim ko'ndirolmasam kapitan
Konyuxov bor, u ham ojizlik qilsa, polkovnik Kozerov,
shunda ham ayblaringni tan olmasang, hali qarab
tur, generallar, butun bir organ bor, bu changaldan
qayoqqa qochib qutulasan? Sendek dushmanlarni il-
homlantirgan Markazqo'mning sobiq birinchi kotibi
Akmal Ikromov nima bo'ldi! Buyuk yozuvchiman de-
gan Abdulla Qodiriyning qo'lidan nima keldi! O'sha-
larni ham tavbasiga tayantira olgan bizlarni kim deb
o^laysan! Ularning oldida sen kim bo'psan, dush-
manligingni bo'yningga olaber - degandek tuyildi.
Usmon Nosir she'rlarini o'qiganim, uni maqta-
ganim uchun meni ham ularning ta'siridagi shoir
deb millatchilikda ayblab, bitta modda bilan ayblab
bo'lishdi. Endi sovet hukumatiga qarshi targ'ibotda,
sovet hayotidan norozilikdagi «jinoyatlarimni» fosh
qilishga o'tishdi.
Qayerda qanday gaplar gapirganman, kimlar bor
edi, sovet hayotidan kuluvchi qanday latifalar aytgan-
man, shularni surishtirishga otildi. Bundan kuzatilgan
maqsad, sovetlarga qarshi yashirin tashkilot tuzmoq-
chi bo'lgansizlar, degan aybni boynimga qoyish edi.
Sovetlarga qarshi tashkilot tuzishda ayblandingmi,
tamom, bu tuzoqdan qutulishing qiyin. Chunki sen-
dan biror ayb topolmaganda ham tashkilot a'zolari-
ning birortasiga tanishliging, aloqang bor bo'lsa bo'ldi,
tashkilot a'zosi sifatida jinoyatchi qilish uchun yetarli.
Sovet hukumatining siyosatiga qarshi targ'ibotda
va tashkilot tuzishda ayblash uchun men aytmagan
shunday narsalarni o'ylab topishibdiki, yo tavba, na
ularda mantiq bor, na aqlga to'g'ri keladi. Butun bir
davlat tashkiloti haqiqat va aql oldida andisha qil-
masdan shu ahvolga tushganidan kulging kelsa, yo'q
narsalarga seni ishontirmoqchi bo'lganlaridan qahr-
lanmasdan ham ilojing qolmasdi.
Meni ayblash uchun endi shunday bir gunoh topish-
diki, bunday qaraganda nihoyatda kulgulikdek ko'rin-
sa ham, ammo buning tagida bitta odamning umrini
qamoqda chiritish uchun yetarli jinoyat yotardi.
Stalin dohiy darajasiga ko'tarilgan bir zamon,
unga til tekkizishdan ko'ra katta gunoh topib bo'l-
masdi. Unga til tekkizgan odamni o'zinigina emas,
shu bahona avlod-ajdodi sochidan tirnog'igacha
qilichdan o'tkazilardi.
Mana bugun meni dohiy Stalinning so'zini masxa-
ralab, kinoya bilan aytgansan, deb ayb qoyishmoqchi
bolishdi. Go^o men tengdosh yozuvchi do'stlarim-
dan birining to^ida Stalinning urushdan keyin ayt-
gan «Turmush yaxshilanib qoldi, hayot quvnoq bo'lib
|