54 _ _ _ Shukrullo
mi, cholning aytganicha har kuni unga koTcnorisi-
dan oz-ozdan bera boshlashdi. Kolcnorini ichib olishi
bilan, dunyo ko'ziga tor bo'lib, ko'ngliga hech narsa
sig'may, gaplashish ham yoqmay, nola qilib yetgan
odam birdan tetiklanib, ruhi o'zgarib tilga kirib, qamoq
azoblarini bir dam unutib, o'zining yoshliklari, qilgan
maishatlari, hatto «Yusuf va Zulayho» qissalaridan bil-
ganicha rivoyatlar ayta boshlardi. Kayf tarqalishi bilan
bu ko'tarinki ruh ham asta-asta so'nayotgan sham-
dek pasayib yana ohu-vovoylo, yana yig'i boshlanardi.
Uning birdan-bir tashvishi, shu yoshimda, yetmish-
dan oshganimda meni sud qilsalar, o'liklarim kafan-
siz, qay yerlarda qolib ketadi, deb qayg'urish edi.
Men uni qayerdadir ko'rganimni aytib, nega qamal-
ganlarini so'radim. Menga tanish ko'ringan bu mo^sa-
fid sho'rlikning javobi meni dahshatga solib qo^di:
Toshkentning Navoiy ko'chasidagi qadimgi Qator-
terak degan joyda, 1945- 1950-yillarda shundoqqina
ko'cha yuzida, mahaila aholisi uchun qilingan kich-
kinagina choyxona bo'lardi, choyxonaning ko'chaga
qaragan oynavonli derazasining pastki bir ko'ziga
ochilib yopiladigan taxta eshikcha qilingan bo'lib,
bu odam besh-o'n pachka papiros, ularning yoniga
qurut qo^ib sotib, shundan tushgan daromad bilan
kun ko'rguvchi Ilyos ota bo'lib chiqdi. Uning kimli-
gini bilgach, shu odamni ham xalq dushmani qilib
qamashganidan hayratga tushib, nima gunoh qila
qolgan edingiz, qamashdi, degan savolimga:
- Men sovet hukumatini ag'darmoqchi bo'lgan-
man, - degan javobni qildi. Bu, albatta, hech kim
ishonmaydigan g'azab bilan aytilgan kesatiq edi.
Yetmishdan oshgan, savodsiz, uning ustiga nogi-
ron, giyohvand bir odamdan eshitilgan bu gap kimni
hayratga solmaydi! Kimni ishontiradi! Shu odamgaki
rahm-shafqat qilmay, xalq dushmani deb qamagan
bo'lsalar, unda...
«Kafansiz ko'milganlar» 55
Uning bu gapiga biror javob qilmay, hayratga tush-
ganimni ko'rib:
- Axir, men, keksaygan, giyohvand, bugun aytgan
gapim ertaga esdan chiqadigan bir odamdan, choyxo-
nada o'tirib, hukumatga qarshi qanday igVo, tuhmat
gaplarni aytgansan, desa, xo'sh, men nima deyishim
kerak? A w a l o bularni aqli bo'lsa, hukumatga qarshi
gap qanaqa bo'ladi-yu, qarshimasi qanaqa bo'ladi,
nimaligini o'zim bilmasam-u kelib-kelib shu savolni
menga beradimi, o'zing o*yla! Choyxona bu - karvon-
saroydan ham battar joy. Unga kimlar kirib chiqmay-
di, nima gaplar bo'lmaydi. Kim bilan nimani gaplash-
ganman, kim nima degan, qaysi biri esimda!.. Men
nodon, Xudo urgan bo'lmasam, tanish-bilish yaqin-
laring kim, desa, yonimda kolxoz do'konining sotuv-
chisi Hakimjonni, choyxonaning yonida turadigan,
ertadan kechgacha choyxonadan chiqmaydigan Ho-
midxonni aytamanmi! Shu gapim sabab bo'lib, mana
endi ularni ham xalq dushmani sanab menga sherik
qilib qamashibdi. Nahotki bizlar hukumatni ag'dar-
sak! Nahotki, shunday katta davlat, shuncha askar,
shuncha quroli bilan bizlardan qo'rqib o'tirsa! Bu
yog'ini so'rab nima qilasan, bolam!
Qamoqda o'tirgan odamning ko'ngliga kulgi sig'-
maydi. Ammo cholning gaplarini bir artist sahnadan
aytayotgan deb tasawur qilsang, beixtiyor kulmay ilo-
jing yo'q. Axir sovet davlatini yiqitmoqchi bo'lgan bu
giyohvand chol kimu uning atrofidagi hamfikrlari kim?
Bularning gapining ta'siri nima bolardi! Nahotki xalq
shularning ta'siriga berilib, gapiga ishonib, ketidan
ketsa! Xayolimga Don Kixot kelib, qamoqdaligim bir-
dan xotiramdan kotarilib, o'zimcha kuldim. Bu gap-
larni eshitib nima ham deysan. Men unga taskin berib:
- Ota, siz, bola- chaqa, orzu-havas, bu dunyoning
maishatini ko'rgansiz, hukumatga insof bersa hech
gapmas. Sizlarni nima qilardi, chiqarib yuboradi,
mana bizlar, dunyoga kelib nima ko'rdik, bizlarga
jabr, - desam, u:
- Kimdan eshitgan bo'lmay, bu badbaxt qamoqqa
tushgan borki, 25 yildan kam muddat bermaydi, -
deydi. - Senlarga 25 yil berganda ham umr bersa,
yoshsanlar, endi 30 yoshga kiribsan, 55 da qutulib
chiqasan, men yana necha yil yashayman, senga
emas, menga jabr, o'liklarim qay yurtlarda qolib ke-
tadi! - deb, meni yosh umrimning xazon bo'lishi-yu
unga achinish emas, o'zining o'ligi qay yurtda qoli-
shining g'amini qilib nafsoniyatimga tegib ranjitgan
bo'lsa ham, lekin ikkinchi yoqdan keksaygan chog'da
bunday baxtsiz bo'lganiga achinardim.
Axir mushuk o'lsa ham kishi achinadi, uni kimdir
ko'madi! Ammo lagerda, tutqunlikda o'lsang, seni it
o'ligicha ham qadring bo'lmaydii
Cholning, o'liklarim qay yurtlarda qolib ketadi,
deb qayg'urishida, kindik qoni to'kilgan yerdan, o'z
yurtidan ayrilish, o'z vatanining bir kaft tuprog'i na-
sib etmasligidan nolish bor edi. Ha, darvoqe, ozmun-
cha odamlar o'z yurtining bir siqim tuprog'iga zor
bo'lib, begona yerlarda yitib ketdilarmi! Bu o'limdan
qo'rqish emas, o'z yurtiga mehr-u muhabbat edi.
Ilyos otaning noliganicha ham bor edi. Bu orada
uning kayfi tarqab ruhi o'zgara boshladi. Kayf xumo-
ri, haqsizlik azobi qo'shilib, cheksiz bir alam bilan Il-
yos otaning Xudoga nolishi yuraklarni larzaga solib
otilib chiqardi:
|