partiya safiga sidqidil bilan kirgan edi-ku! Taqdiri
nima bilan tugadi? U qamalmadi, ammo shu e'tiqod
bilan yashab, oqibatda nima topdi?..
Nasriddin Xo'jayev garchand menga qamalish sa-
babini aytmagan bo'lsa ham, tog'avachchamning feli-
60 Shukrullo
^ ^
ga, e'tiqodiga qiyos qilib, buning qamalishi-yu Baho-
vuddin akaning nechuk qamalmaganidan o'zimga
xulosa chiqardim,
Tog'amning o'gli Bahovuddin aka partiyaga kir-
gach, xuddi butun orzu-armonlariga yetkazadigan
Xumo qushini ushlagandek, uy-joy bormi, uylanib
bola-chaqa qilish bormi, qarindosh-urug'u barchasi-
dan kechib, hukumat nimani buyursa, shuni qilib
qayerga bor desa, o'sha yoqqa ketaberdi. 1924-yillar-
da oziq-ovqat otryadiga qo'shilib qishloqma-qishloq
dehqonlardan don yiqqani ketdi. Bosmachilikka qar-
shi kurashga yuborganida joni bilan bu ishga ham
kirishdi. Keyinchalik kolxoz, sovxozlarda goh mudir,
goh partkom bo'lib ishlab, o'n-o'n besh yilda biror
sabab bilan Toshkentga kelganda qarindosh-urug'la-
rinikiga kirib o'tadigan bo'ldi. Bu yillarda ota-ona-
dan qolgan ichkari-tashqari hovli-joy qarovsiz, qish-
da qor bosib kuralmay, yozda suv toshib qaralmay,
uylarning tomi bosib, eshik, derazalarini ko'chada-
gilar tashib keta boshladi. Qarindosh-urug'larning:
«Bahovuddinxon, hovli-joyingizni yo soting, yo ko'-
chib keladigan bo'lsangiz kelganlaringizda u yoq bu
yog'iga qarab turing», - degan maslahatlariga u:
- Kommunistlarga xususiy mulk kerakmas, xusu-
siy mulkchilikka qarshi kurashishimiz kerak! - de-
gan javobni qilardi.
U sovet davlati manfaatidan bo'lak hamma narsa-
dan kechgan, o'zini shu g'oya yo'lida qurbon qilishga
tayyor, baxtini shu yo'lda topishga ishongan odam
edi. Bundan boshqa dinni ham, Xudoni ham, as-
tag'furillo, tanimay q o l g a n edi.
Uning otasi - mening tog'am Nuriddin maxsum
dindor, xattot bo'lib, o'z mahallasidagi Baland maschit
peshtoqlarini Navoiy baytlari, Qur'on oyatlari bilan
xolis bezagan kishi bo'lgan. Bobomiz esa Zayniddin
maxsum Shayxontohur madrasasining mudarrisla-
61
i idan biri bolib, Toshkent aholisi orasida o'z e'tiqodi
bilan e'tibor qozongan tabarruk shaxs bolgan.
Bobomiz Zayniddin maxsum din va e'tiqodga shu
qadar sodiq odam bolganki, hatto xaloyiq shahar qo-
xiligiga tayinlamoqchi bo'lganda ham e'tiqod oldida
amaldan kechib, rozilik bermagan. E'tiqodga sodiqlik,
shaxsiy manfaatidan ko'ra ko'pga xizmat qilishni afzal
ko'rish jihatidan Bahovuddin ham buvamizga tortgan
edi. Ikkalasi ham amal, davlatga hirs qoymagan edi,
ammo umrlarining yakuni, oqibati o'xshash bo'lmadi.
Zayniddin maxsum bobomiz vafot etganda, eshi-
tishimcha, tobutlariga yopilgan malla tabarruk, deb
bir parchadan talash-talash bo'lib ketgan ekan.
Bahovuddin maxsum-chi?
Bahovuddin maxsum 20 - 30-yillar qishloqma-qish-
loq, rayonma-rayon kezib partiya topshirig'ini bajarib,
qayerga yuborsa, bosh tortmay borib, 1974-yili to'rt
qiz, bir o'g'il va musofirchilikda topgan xotini bilan
bizlarning uyga ko'chib keldi. Boshqa qayerga boradi?
Uy-joy maydonga aylanib, ko'chaga allaqachon qo'shi-
lib bolgan. Shuncha yil xizmat qilib orttirib kelgan bi-
soti, bolalaridan tashqari bir necha ko'rpa-yostiq, bit-
ta sholcha, besh-o'nta piyola, choynak.
Yoz bag'ri keng deganlaridek, yoz oylari bizlarniki-
da yashab, qishga yaqin ijaraga olib qo'shnimiznikiga
ko'chib o'tishdi.
Shuncha yil qishloqlarda jonini jabborga berib
ishlab, hovli-joy qilishga loyiq biror narsa orttirib kel-
gandir desam, qayoqda, ko'tarib kelgan sholcha-yu,
ko'rpa-yostiqdan bo'lak narsa ko'rinmadi. Hukumat
ishga joylashganidan keyin uy va'da qilibdi.
Omadi kelib uncha-muncha odam pul berib kirol-
maydigan, juda daromadli, yog'liq joyga, Toshkentda-
gi go'sht-yog' kombinatiga boshliq bo'lib ishga tayin-
landi. Lekin bu yerda uzoq vaqt ishlamadi, bir-ikki
yilga yetar-yetmas vaqt ichida ariza berib o'z xohishi
bilan bo'shadi. Men undan:
62 Shukrullo
- Axir, hammaga ham nasib etmaydigan oz-
mi-ko'pmi sariyog', go'sht, kakao, kolbasa uyingizga
tekinga kelib, tirikchiligingiz o'tib, maoshingizga yor-
dam bo'lib turgan edi. Shunday daromadli joydan bi-
rov ket demasa, nega ariza berdingiz, - desam:
- O'zim bo'shamasam, qamalib ketishim kerak
edi. Mening uyimga direktor fondidan deb shofer
tashlab ketadigan ulushlar mutlaqo qonunda yo'q
edi. Bunday qonunsizliklar muovinim, buxgalteriya-
dagilar uchun ham odatiy ish bo'lib, hatto biror ish-
chi uyga quruq qaytmas ekan. Axir bu davlat mulkini
talon-toroj qilish-ku! O'g'rilik-ku! Bir aytdim - bo'l-
madi, ikki aytdim tushuntirolmadim, chora ko'rishga
majbur bo'ldim. Yo'q, aksincha bolib chiqdi. Endi,
muovinlarimu injenerlar mening ustimdan ayb topib,
gunohkor qilib turli idoralarga ariza yoza boshlashdi.
Tuhmatga o'tishdi. Qarasam, bular ko'pchilik. Yuqo-
ri tashkilotlardagi rahbarlarning ham mening ishdan
ketishimga mayli bor. Halollik, o'g'rilik, davlat mulkini
talon-toroj qilish haqidagi gaplarimga ular ensasi qo-
tib qaragandek... Men bu yerda bolsam, ularga hech
kim tegmaydi. Demak, hammasining tili bir, kuni
shu yerdan o'tib turgan. Bitta o'zim qanday qilib bu-
lar bilan kurasha olaman! Dunyo tamom bo'ldi. Halol
odam qolmadi! Bu gapni senga aytdim. Bu gaplarni
aytsang, dushman ko'rinasan. Ishdan ketishimning
sababi shu! - deb javob berdi. Men unga yaqin isho-
narli qarindosh bo'lganim uchun u yillar bo^i ko'ng-
lida yig'ilib qolgan dardlarini ochiq, yashirmasdan
aytib soldi: - Bizlar inqilobni nima uchun qilgan edik,
ukam? O'g'ri, muttahamlarni ko'paytirish uchunmi?
Davlat mulkini hamma istagancha talon-toroj qili-
shi uchunmi? Haqiqatni aytsang, gunohkor bo'lish
uchunmi? Shuning uchun inqilob qilib, inqilobga jo-
nimizni tikib xizmat qildikmi?
U yonib, yig'lagudek bo'lib gapirardi. Har gapining
orasida kimdandir, nimadandir xavotirlangandek, «gap
«Kafansiz ko'milganlarn _ 63
shu yerda qolsin, bu gaplarni boshqalarga aytib bol-
maydi, aytsang, dushman ko'rinasan», - deb qo^yardi.
Kombinatdan bo'shagandan keyin bir necha oy
xayolchan yurdi-da, kunlardan bir kun men bilan
ko'rishib:
- Shaharda insof qolmabdi. Rahbarlar ham ga-
pingga quloq solmaydi, e'tibor berib eshitmaydi, xa-
romxo'rliklar odatiy narsa bo'lib qolganmi, arzi-do-
dingga chora izlash, kuyinish o'rniga parvo qilmay
qaraydi. Hali ham qishloqlarda insof bor. Mirzacho'l-
dagi kolxoz-sovxoz qurilishi ministrligiga qarashli
trestga partkom bo'lib tayinlandim. Maoshim kam
bo'lsa ham sog'lig'imga havoning yordami bolar, -
degan xabarni aytdi.
U yerda ham uzoq ishlamadi. Bola-chaqa Tosh-
kentda. Haftada bir kelib-ketib ishladi. Yotar-turar,
yeyar-icharda halovat bolmadi. Qishda o'pkasini
sovuqqa oldirib, zotiljam bo'lib qaytdi. Kasalxonada
uzoq yotmay vafot etdi. Jasadini olib kelishganda
kiyimlarining cho'ntagidan bitta besh so'mlik, bitta
uch so'mlik g'ijimlangan pul chiqdi.
Ta'na emas, axir tobutini o'rashga uyidan 4 metr
surp chiqmadi.
Bobosi Zaynuddin maxsum o'lganda tobutga yo-
pilgan mallani xaloyiq tabarruk deb yirtish qilib ol-
gan bo'lsa, tobutini butun shahar ko'tarib ketsa-yu,
davlat xizmati uchun jonini ayamay, mol-u mulk,
qarindosh-urug' demay xizmat qilgan bu odamni o'z
shahrida musofirdek mahallaning besh-o'n odami
olib borib joyiga tiqib kelsa!
Kamerada ikki mushtini tizzalariga tirab, boshini
quyi solgancha o'tirgan Nasriddin Xo'jayevga afsus
bilan tikilib, Bahovuddin akamning hayotini xayo-
limdan o'tkazar ekanman, garchand o'zi aytmagan
bo'lsa ham Nasriddin Xo'jayevni nega qamashgan-
larining sabablari menga ayon bo'la boshlagan edi.
64
Shukrullo
Buning sababi shuki, Bahovuddin aka nihoyatda
ehtiyotkorligi orqasida dardlarini mendan boshqaga
oshkor qilmay, ichida olib ketdi. Qamalishdan qutu-
lib qoldi. Nasriddin Xo'jayev jamiyatimizdagi nohaq-
liklarga qarshi oshkora kurashdi, ana shu uni qa-
moqqa yetaklab keldi.
Nasriddin Xo'jayev quyi solingan boshini go^o uni
kimdir chaqirgandek birdan ko'tardi-da, ikki panja-
sini tizzalariga musht bilan urib: «Tavba, adolat yo'q!»
- deb o'rnidan turib kamerada yura boshladi.
Nazoratchi eshik tuynukchasidan hojatga chiqish-
ga tayyorlanishni buyurdi. Eshik ochilib, tabarruk
yoshdagi bu odam bilan, nima chora, qanchalik ru-
han qiyin bolmasin, ikki yoqdan ikkalamiz tuvak das-
talarini ushlagancha kechki hojatga chiqa boshladik.
|